Mavzu: Etika va qadriyat muammosi, qadriyat turlari Ma’ruza rejasi


Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir. Axloq


Download 76.69 Kb.
bet2/6
Sana12.11.2023
Hajmi76.69 Kb.
#1767942
1   2   3   4   5   6
Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir.
Axloq deb jamiyatda kishilar o‘z xulq-atvorlarida, munosabatlarida amal qiladigan prinsiplar, normalar va qoidalar majmuiga aytiladi.
Axloq – ijtimoiy hodisa, ijtimoiy ong, jamiyat ustqurmasi, ma’naviy madaniyatining maxsus shakli. U doimo ijtimoiy borliq, ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar, ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Shu bilan birga, axloq o‘z rivojlanishida nisbiy mustaqillik xarakteriga ham ega bo‘ladi.
Axloqning tarkibini quyidagi qismlar tashkil etadi:
1. Axloqiy ong - vojiblik (luzumiylik), ezgulik, adolat haqidagi g‘oyalar, tasavvurlar, qarashlar, nazriyalar majmui.
Axloqiy ong ijtimoiy borliqni, axloqiy munosabatlarni aks ettiradi.
Axloqiy ongning tarkibini quyidagi shakllari tashkil etadi: axloqiy normalar, axloqiy an’analar, xulqlar, axloqiy odatlar, axloqiy marosimlar, axloqiy his-tuyg‘ular, axloqiy e’tiqodlar, axloqiy sifatlar, axloqiy qarashlar, axloqiy ideallar, axloqiy hukmlar.
2. Axloqiy munosabatlar – axloqiy norma va prinsiplar asosida kishilar o‘rtasida amal qiladigan aloqalar.
3. Axloqiy praktika (amaliyot) – axloq normalarining hayotda bevosita amalga oshirilishi, bajarilishi.
Axloqning jamiyatda, inson hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati uning funksiyalarida o‘z ifodasini topadi:
Regulyativ funksiya – eng asosiy funksiya bo‘lib, jamiyat a’zolari xulq-atvorlarini moslashtirish, boshqarishdan iborat.
Baholash funksiyasi – axloq normalari va etika kategoriyalari orqali xulq-atvorlar to‘g‘risida hukm chiqarish (yaxshi-yomon, axloqli-axloqsiz, adolatli-adolatsiz, vijdonli-vijdonsiz va h.k.).
Bilish funksiyasi – axloq ijtimoiy ong shakli sifatida ijtimoiy hodisalar, munosabatlar, kishilar xulq-atvorlarini bilib olishning muhim vositasi hisoblanadi.
Tarbiyaviy funksiya – axloq inson xulq-atvorlari, irodasi va dunyoqarashini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Axloqning mohiyati va vujudga kelishi to‘g‘risida turli nazariyalar mavjuddir.
Diniy-teologik nazariya (Platon, F.Akvinskiy, Avgustin, neotomizm) vakillari axloqni g‘ayritabiiy g‘oya, ilohiy ruh, xudo bilan bog‘lab qo‘yadi, uni xudo yaratgan deydi.
Sub’ektiv idealistik nazariya (Kant, Max, Yum, neopozitivizm) axloqni shaxs ongi, aql-irodasi mahsuli deb qarab, uning ob’ektiv asoslari va ijtimoiy mohiyatini inkor etadi.
Biologik nazariya (Ch.Darvin, Sh.Leturno, K.Kautskiy) axloqning ijtimoiy mohiyati va ob’ektiv asoslarini inkor etib, uning oliy rivojlangan hayvonlar instinktidan iborat qilib qo‘yadi.
Axloqning mohiyati va taraqqiyot qonunlarini ilmiy-materialistik etika to‘g‘ri tushuntirib bera oladi. Bu ta’limotga ko‘ra, axloq ijtimoiy hayotda, jamiyatda, insoniy munosabatlar doirasida vujudga kelgan va mavjud bo‘ladi. U ijtimoiy-tarixiy praktika, mehnat, ijtimoiy munosabatlar taqozosi ostida vujudga kelgan va taraqqiy etib bergan. Turli jamiyatlarda axloqning turli tarixiy shakllari mavjud bo‘lgan. Axloq taraqqiyotining bu tarixiy shakllari turli ijtimoiy-tarixiy davrlar, konkret jamiyatlar hayoti, ulardagi ijtimoiy guruhlar, sinflarga xos manfaatlar, munosabatlarni ifodalagan, ular uchun xizmat qilgan. Shuningdek, axloq normalari va prinsiplari barcha jamiyatlar, ijtimoiy guruhlar, umuman insoniyat uchun qadrli, qimmatli bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlar, g‘oyalarni ham o‘z ichiga olib, rivojlantirib kelgan. Shu asosda axloqiy progress sodir bo‘lgan. Uning ob’ektiv mezoni bo‘lib shaxsning axloqiy yetukligi, uning erkin, ongli va ijtimoiy faol hatti-harakatlari hisoblanadi. Jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda axloqiy progress ham murakkablashib, boyib boradi.
Axloq falsafasining hozirgi kunda umumjahoniy global muammolarni hal qilishdek muhim vazifasi ham borki, u haqda alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Bu muammolardan biri, eng muhimi, sayyoramizda etosfera - axloqiy muhit davrini yaratish bilan bog‘liq.
2.Etikaning kategoriyalari (muhabbat va nafrat, baxt va baxtsizlik kabi), axloqiy tamoyillar va me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi.
Etika axloq haqidagi bir butun ilmiy nazariya bo‘lib, u o‘z predmetini ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas aloqadorlikda tadqiq etadi, faqat axloqning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini, funksiyalarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, balki ayni paytda axloqning ijtimoiy mohiyatini, kishilarning yurish-turishini axloqan tartibga solish qonunlarini va u orqali ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Etika qadim zamonlardan boshlab falsafaning tarkibiy qismi, hattoki uning yadrosi hisoblanardi. Filosoflar dunyoqarash muammolari (Bizni o‘rab olgan olamning o‘zi nima? Odamning shu olamdagi o‘rni qanday, odam dunyoni bila olishi mumkinmi, bilishning yo‘llari qanday va h.k.)ga javob berish jarayonida jamiyatda odam qanday yashamog‘i va faoliyati qanday bo‘lmog‘i kerak, uning ijtimoiy burchi, vazifasi nimadan iborat, insoniy turmush kechirishning normalari qanday bo‘lishi kerak va boshqa shu kabi savollarga ham javob topishga, ya’ni inson borlig‘ining eng muhim masalalarini hal qilishga uringanlar.
Xulosa qilib aytganda, etikani faqatgina turli xil etika nazariyalari emas, balki real harakatdagi, jonli axloq qiziqtiradi, boshqacha aytganda, uni birinchi navbatda o‘z predmetining ob’ektiv dialektikasi qiziqtiradi.
Axloqning ilmiy nazariyasi bo‘lgan etika hozirgi zamon sharoitida real axloqiy munosabatlar mohiyatini tadqiq etish va tushuntirishni, ijtimoiy taraqqiyot mazmuniga kiritadigan barcha ijobiylikni ochib berishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘yadi.
Etika real axloqiy munosabatlarni tadqiq etish bilan birga shu asosda axloqiy munosabatlarning qanday bo‘lishi lozimligini, ya’ni luzumiylikni ifodalab beradi, axloqni hayotda qaror toptiradigan ob’ektiv qonuniyatlarni tekshiradi. Etika insoniyatning axloqiy tajribasini umumlashtirib, hayot kun tartibiga qo‘ygan yangi prinsiplar, normalar, xulq qoidalarini nazariy asoslashga, ularni barcha kishilarning boyligiga aylantirishga harakat qiladi, bu esa jamiyatni boshqarishdagi metodlarni takomillashtirishga yordam beradi.
Yana bir muhim muammo, bu - biologik axloq. Mazkur hodisa so‘nggi bir necha o‘n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan a’zosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan o‘tkazish orqali kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtai nazardan qanday baholanadi, degan savol kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar tushuniladi, xolos. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Bizningcha, biologik axloq muammolari ikki yo‘nalishdan iborat: biri - insonlarning kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo‘lgan munosabatlari bilan bog‘liq «tashqi», ikkinchisi - insonlarning «o‘z-o‘ziga va o‘zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog‘liq ichki» axloqiy masalalar.
Biz odatda «ekologik axloq falsafasi» deganimizda aynan birinchi hodisani nazarda tutamiz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya’ni ekologik axloqiy muammolarni biologik axloq doirasida o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhimligini hamma biladi, lekin o‘z bilganidan qolmaydi – muammoning murakkabligi shunda. Biz yuqorida noosfera, tafakkur borasidagi mulohazalarimizda ekologik buhronlarning ba’zi ko‘rinishlariga to‘xtalib o‘tdik. Biroq, yana undan tashqari so‘nggi paytlarda jahon bo‘ylab sintetik jismlar ishlab chiqarishning keng yo‘lga qo‘yilganligi, hayvonot va ayniqsa o‘simliklarning gabrid usulida yangi turlarining vujudga keltirilishi singari hodisalar ham ekologik ahamiyatga ega. Xo‘sh, ular tabiat bilan singishib, uyg‘unlashib keta oladimi, tabiat ularni o‘ziniki qila biladimi? Bunga hozir javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, yuqorida aytib o‘tganimiz - muayyan tafakkur bilan inson orasidagi «masofaning uzoqlashib» borishi natijasida ayon bo‘lar?...
Biologik axloqning ikkinchi yo‘nalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining tobora taraqqiy topib borishi bilan bog‘liq. Bizningcha, totli o‘lim - evtanaziya ham biotibbiy axloqning global muammolaridan. Xudoning ixtiyoridan tashqari o‘limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtai nazardan kechirilmaydi. Chunki sabrli, bardoshli bo‘lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan boshdan kechirish insonning vazifasi. Lekin axloqiy jihatdan olib qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, muayyan inson, bemor o‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida o‘tishini biladi. Shu bois u o‘zining ana shu holatini juda yaxshi biladigan boshqa bir odam - shifokordan azoblariga chek qo‘yishni so‘raydi. Uning iltimosi va shu iltimosni bajarish uchun shifokor tomonidan qilingan xatti-harakatlarni qanday, baholash mumkin? Bu xatti - harakatlarni insoniylik va insonparvarlikning ko‘rinishi sifatida qabul qilish to‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi? Bu muammo ham umumjahoniy miqyosda o‘z yechimini kutmoqda.
Chunki tabobat borasidagi so‘nggi tadqiqotlar inson o‘limi bir lahzada ro‘y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to‘xtaganda ham, miya o‘lmasa insonni o‘ldi deyish mumkin emasligini isbotlab berdi. Dastlab miya qobig‘i, undan keyin miya tanasi halok bo‘ladi. Shundan keyingina insonni o‘lgan deb hisoblash mumkin. Zero, hozirgi kunda toki miya o‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a’zolarning yangi tabobat texnikasi vositasida ishlashda davom etishini ta’minlash va shu orqali ancha muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish mumkin. Demak, yurak yoki buyrakning ko‘chirib o‘tkazilishi hali o‘lmagan odamning minimal tiriklikka bo‘lgan huquqini poymol qilishdir. Buning ustiga, amerikalik neyroxirurg Pol Pirson o‘z tajribalariga asoslanib, yurak ko‘chirib o‘tkazilganda ruh ham ko‘chib o‘tadi, degan fikrni bildiradi. Chunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40 yashar erkakka o‘tkazilganida, yigitning fe’l-atvorida juda katta o‘zgarishlar ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o‘pkasi 3 6 yashar ayolga o‘tkazilganda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning kulishigacha o‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtai nazardan buni qanday izohlash mumkin?
Biologik axloq falsafasining anchadan buyon ko‘pchilikka ma’lum muammosi, bu – abort. Ma’lumki, to‘rtinchi haftaning oxirida homilada dastlabki yurak urishi paydo bo‘ladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday abort, xalq ta’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. Xo‘sh, abortni axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi? Yoki AQSh olimlari tomonidan «inson zotini yaxshilashga» qaratilgan tadqiqotlarni olib ko‘raylik. Ularda «yaxshilangan» - sog‘lom, kuchli intellekt egasi bo‘lgan odamlar hujayrasini ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan nisbatan «oddiy odam» hujayrasi o‘rniga ko‘chirib o‘tkazish tajribalarini olib borish mo‘ljallangan. Ular amalda tatbiq etilsa, asta-sekinlik bilan insoniyat irsiyat jamg‘armasining (genofondining) bir yoqlama o‘zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Rumo papasi buni inson zotiga, insoniy tabiatga aralashuv, uni zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgartirish, nafaqat katta gunoh, balki o‘ta axloqsizlik deb atadi. Xo‘sh, bunday tajribalarni qanday baholash kerak? Bu savollarga ham Axloq falsafasi javob topmog‘i lozim.



Download 76.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling