Mavzu: Etika


Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi


Download 51.02 Kb.
bet2/2
Sana06.04.2023
Hajmi51.02 Kb.
#1277542
1   2
Bog'liq
bioetika

2.Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.

XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.

Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi.

Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
Tayanch tushunchalar: Axloqshunoslik, Etika, Axloq, Xulq, Odob, Falsafa, Milliy g‘oya, Noosfera, Etosfera, Biosfera. Muhabbat va nafrat, Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, Adolat, Vijdon, Burch, Nomus, Ideal, Insonparvarlik, Erkparvarlik, Vatanparvarlik, Millatparvarlik, Tinchlikparvarlik, Jo‘mardlik, Xalollik, Rostgo‘ylik, xushmuomalalik, Kamtarlik.
1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)-axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi.
Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf- odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Axloq esa-jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig‘indisidir». Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.
Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi aloqa tarzida vujudga kelib, o‘zining tarixiy taraqqiyotida:
- insonning tabiiy xislatlarini o‘zgartiruvchi, yaratuvchi faoliyati shaklida umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi;
jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omil asoslaridan biri;
kishilarning ichki tuyg‘ularini, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarini anglab etish, ularni asrash va kelgusi avlodlarga etkazib berish yo‘llaridan eng afzali;
oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni nasldan-naslga, avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom ettirish vositasi;
adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g‘oyasi sifatida muntazam ravishda rivojlanib kelgan va rivojlanadi.
Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
vatanparvarlikni tashkil qiladi. SHubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi.
Regulyativ funksiyasi - axloqning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Regulyativ funksiya shaxs, xizmat jamoasi, davlat va jamoat institutlari faoliyatini jamiyatda mavjud bo‘lgan axloqiy normalar asosida boshqarib turishni anglatadi. SHu maqsadda bir qancha vositalarga tayanadi: axloqiy prinsiplar, jamoatchilik fikri, axloqiy avtoritet, an’analar, urf-odatlar va hokazo. Axloq nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyatning ham hulq-atvorini boshqaradi.
Aksiologik funksiyasi (baholash) - yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday axloqiy xatti-harakat u yoki bu qadriyatlar sistemasi orqali baholanadi. «Axloqiy-axloqsiz», «yaxshi-yomon» nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda xatti-harakatlar, munosabatlar, motivlar, qarashlar, shaxsiy sifatlar baholanadi. Axloq inson tomonidan qadriyatlarni o‘zlashtirish, ularni rivojlantirishni ham nazorat qiladi.
Informatsion (bilish) funksiyasi- axloqiy bilimlar hosil qilishga qaratilgan bo‘lib, axloqiy prinsiplar, normalar, kodekslar ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar haqidagi informatsiya manbai hisoblanadi. SHu bilan birga odatiy va ekstremal vaziyatlarda, konfliktli va tang holatlarda axloqiy tanlov masalasiga e’tibor qaratiladi. Demak, axloq olamni, insonni, uning mohiyatini, hayotining ma’nosini anglashga yordam beradi.
Tarbiyaviy funksiyasi-har qanday tarbiya tizimi - bu eng avvalo axloqiy tarbiya tizimi hisoblanadi. Axloqiy tarbiya axloqiy norma, odat, an’ana, umumiy xulq-atvor namunalarini aniq tashkiliy tizim holiga keltiradi, axloqiy bilimlarni axloqiy ishonch-e’tiqodga aylantiradi, konkret vaziyatlarda axloqiy bilim va ishonch-e’tiqodni qo‘llashda ijodiy yondashuvga o‘rgatadi. Demak, axloq nafaqat norma va qoidalarga rioya qilishni, balki o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatadi.
SHu erda, axloqning alohida funksiyalarini ajratish shartli xarakterga ega ekanligini qayd qilish lozim. Chunki real hayotda ular bir-biri bilan uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Axloq bir vaqtning o‘zida boshqaradi, tarbiyalaydi, yo‘naltiradi va hokazo.
“Etika”ning boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlardan farqi shundaki, u aksiologik xususiyatga ega. Ya’ni, axloqiy bilimlar insoniy munosabatlar va ijtimoiy voqelik hodisalarini baholash asosida vujudga keladi. Bu baholashning asosiy mezoni kishilarning «nima yaxshi-yu nima yomonligi» haqidagi tasavvurlari hisoblanadi. Bunday baholash ham jamiyatga, ham alohida shaxsga xosdir. Shu tariqa axloqiy qadriyatlardan ijtimoiy va individual tizimlar vujudga keladi. Bu tizimlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
har bir insonda turlicha namoyon bo‘ladi. Shaxs faoliyatida ijtimoiy qadriyatlar tizimi ustun bo‘lsa, u ijtimoiy hayotda faol ishtirok etadi, uning dunyoqarashida jamoatchilik tamoyili ustun bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa, inson o‘zining shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yadi, dunyoqarashida individualizm prinsipi ustun bo‘ladi.
Aslida axloqiy ideallar, tamoyillar va normalar kishilarning adolat, insoniylik, ezgulik, yovuzlik, ijtimoiy farovonlik haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqqan. Bu tasavvurlarga mos keluvchi xatti-harakatlar axloqiy deb, zid keladigan xatti-harakatlar axloqsizlik deb e’lon qilingan

3. Qadimgi Yunon axloqshunosligi xaqida gap ketar ekan, asosan, to‘rt buyuk faylasufning nomini tilga olish odat bulib qolgan; Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur. Lekin, aslida, ulargacha xam Qadimgi Yunonistonda axloqshunoslik borasida ancha-muncha ishlar qilingan. Chunonchi, Demokrit, Pifagor, Gippiy, Gorgiy singari sofistlar (donishmandlar) oqimiga mansub faylasuflarning qarashlari diqqatga sazovor. Misol tariqasida Demokritning (taxminan miloddan avvalgi 450-370 yillar) qarashlarini olib ko‘raylik, u donishmandlikni eng yuksak fazilat, aqlni esa axloqiy xatti-xarakatning mezoni deb biladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida tariflaydi. Demokritning fikriga ko‘ra, inson uchun xayotdagi birinchi ustoz ehtiyoj va tajribadir. Aynanshular insonni foydali va zararli narsalarni farqlash darajasiga olib keladi.Demokrit Kadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo‘lib insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, “Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi balki niyati orqali xam bilib olsa bo‘ladi”, deydi mutafakkir. Demokpit hayo va ishonchni insonni qing‘ir ishlardan qaytarib to‘ruvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruxan zaif va gumrroh odamlargina o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko‘radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda xayotning maqsadi haqida noto‘g‘pi tasavvo‘rga ega bo‘lgani uchun o‘zini baxtsizlikka mubtalo qiladi.
Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o‘xshab, axloq.bilan hyqyqni bo‘linmas yaxlitlikda olib qaraydi: “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, o‘sha adolatdandir”. Ikkala mutafakkir xam xukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog‘laydi, jacopat va betama’ xizmat namunalarini uz davlatlari o‘tmishidan topadi.
Suqrotning fikricha, polis bilan fuqaro o‘z huquqlari jihatidan teng emas, ular ota bilan o‘g‘ilga o‘xshaydi. Axloqning asosiy mohiyati - o‘zgarmas va abadiy ayol fazilat bo‘lmish donishmandlik. U axloqiy xatti- harakat mezoni hisoblangan ilohiy yozmishga mos keladigan benuqson faoliyatdir. Axloqning manbai esa insondan tashqarida, ilohiydir. Suqrot ruxni (jon, qalb, nafsni), vujuddan farqli ravishda, o‘lmas deb xisoblaydi, lekin o‘z qarashlarini rivojlantirmaydi. Uning fikricha, bu boradagi ortiqcha qizikuvchanlik zararli. CHunki ma’budlar o‘zlari odamlarga ochishni istamagan narsalarninr tadqiq etilishini yoqmaydi.
Suqrotdan farqli o‘laroq, Aflotun (miloddan avvalgi 427- 347) axloqshunosligi uchun aksincha, g‘oyalar va rux xaqda ta’limotlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Aflotunning g‘oyalar ta’limotiga ko‘ra, bizga ko‘rinib turgan, biz qilayotgan dunyo bor-yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli ojizlik
qiladi. Inson g‘or devoriga kishanband qilib ko‘yilgan tutkunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliq ning noaniq soyalarini kuzatadi, xaqiqiy borliq esa soyalar orqasida, ko‘rinmaydi. Uni inson ko‘rmaydi, biroq o‘sha asl borliqni ko‘ra oladigan mangu- o‘lmas rux mavjud. U g‘oyalar dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qismigina ana shu dunyoga qaratilgan, ehtiros va xirsli qismi esa doimo rynohkop erga tomon tortadi. Aflotun ruhning bu ikki xillik jihatini aravakash (aql) bilan ko‘pirgan otlar (ehtiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. Otlar baland kelgand ruh (qalb, jon) g‘oyalar dunyosidan vujudga yiqiladi va inson tyg‘iladi. Insonning tyg‘ilishi , shunday qilib, ruhning gynoxga botishi barobarida voqe bo‘ladi. Barcha bilimlar xotira natijasidir; ruh g‘oyalar dunyosidan bilganlariiing bazilarini eslaydi va vujuddagi xayotida biror-bir diqqatga sazovor yangilikni o‘ziga kasb etmaydi. Shunday qilib, Aflotunning fikricha, axloq, ilohiy asosga ega va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
Aflotun donishmandlikni oliy fazilat, ruxdagi aqliy qismning namoyon bo‘lishi deb biladi va davlatni boshqarishra loyiq yagona toifa sifatida donishmand-faylasuflarni tan oladi. YOvqurlik - qo‘riqchilarga davlatni ximoya qiluvchi askarlarga xos. Ruhning - xirsli qismi bilan bog‘liq bo‘lgan mo‘‘tadillik xunarmand-kosiblar, dexqonlarga, yani, xalqqa xos. Ular avvalgi tabaqaga bo‘ysunishi shart. Ulardan so‘ng qullar turadi. Kullar axloqdan tashqarida, har qanday fazilatdan yiroq, zotan ularning ruhga egaligi gumon. Bundan tashqari, Aflotunnning fikriga ko‘ra, adolat - shaxsiy fazilat emas, davlatga xos fazilat. SHu sababdan u: “Biz tabiatiga ko‘ra uchga bo‘lingan tabaqalarning xar biri faqat o‘z yumushi bilan shyg‘ullangan davlatnigina tan olamiz”, deydi. SHuningdek, tijorat fuqarolarni yo‘ldan ozdiradigan soxa bo‘lgani uchun, u bilan adolatli davlatda xorijliklar shyg‘ullanishi kerak.
Aflotun axloqshunosligining muhim xususiyati shundaki, unda axloqning asosi, axloqiy namuna sifatida iloxiylik olinadi. Faylasufning fikricha, kimda-kim Xudoning marhamatiga erishmoqchi ekan, unta iqtido qilmog‘i, undan namuna olmog‘i kerak, Xudo barcha narsalar uchun mezon; faqat Xudoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishirina donishmand bulishi mumkin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi qatiy diniy tabiatga ega. Ayni paytda u kun jihatdan vedachilik axloqshunosligidagi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
Aflotundan so‘ng ikki qadimgi yunon allomasi - Arastu (miloddan avvalgi 384-322 yillar) va Epikurning (milodan avvalgi 341-270yillar) axloq nazariyalari diqqatga sazovor. Aflotunning shogirdi Arastu birinchi bo‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi alohida falsafiy fan sifatida taqdim etdi va unga (keyinchalik Ovro‘poda qabul qilingan) “Etika” degan nomni berdi. Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o‘g‘liga bag‘ishlangan “Nikomaxning axloq kitobi” va “Evdemning axloq kitobi” hamda “Katta axloq kitobi” risolalarida o‘z aksini topgan
Arastu qadimgi Yunon mutafakkirlari ichida birinchi bulib ixtiyor erkinligini axloqning asosi sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni Aflotunga qarama-qarshi o‘laroq, ruhning tug‘ma xususiyati emas, balki kasb etiladigan (xosil qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U barcha fazilatlarni ikkiga bo‘ladi: birinchisi, ruhning donishmandlik, tajri6akorlik, topqirlik, singari ma’naviy soxa bilan bog‘liq aqliy qismiga oid fazilatlar va, ikkinchisi, ruhning intilyvchan(ixtiyoriy) qismi - sof axloq bilan bog‘liq, fazilatlar. Uning fikricha, asosiy fazilat adolatdir. “Fazilat, - deydi Arastu - ma’lum ma’noda o‘rtalikdir, zero, doimo o‘rtalikka intiladi”. Masalan, mardlik telbavor jasorat bilan qo‘rqoqlik orasidari o‘rtalik va xokazo. SHuningdek, mutafakkir niyatga katta ahamiyat beradi va uni xarakatning tamoyili, boshlanishi deb ataydi. Lekin u pirovard ma:qsad emas, niyatning tamoyili esa intilish va aql, shu sababli niyat aqldan, es-hushdan va odobdan tashqarida bo‘lmaydi.
Arastu Aflotundan farqli o‘laroq, vujud va puh yaxlitligi nuqtai nazarini ilgari suradi, inson kamolotga, oliy ezgulik va erkinlikka bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, xirsu ehgiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. Demak, insonda ixtiyor erkinligi bor, zero u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat yoki illatni tanlashda bir xil hukmronlik mavqeiga ega.
Maqsad bilan vositani Arastu yaxlitda ko‘radi, maqsad vositani belgilaydi, shu sababli maqsadning axloqiy tabiati faqat axloqiy vositalarnigina tan oladi va, ayniqsa, axloqsiz maqsad axloqsiz vositalarni talab qiladi.
Arastu aql - idrok faoliyatini xayot va faoliyatning oliy shakli, hech bir narca bilan qiyoslab bo‘lmaydigan qadriyat , deb xisoblaydi. Oliy aql doirasida sub’ekt va ob’ekt, fikr va fikrning narsa xodisasi bir-biriga mos, ya’ni Oliy aql (Xudo) tafakkur xaqidagi tafakkurdir. Garchand inson xech qachon iloxiy xayot darajasiga etisha olmasa-da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak, inson erishgan komillik doimo nisbiy bo‘ladi.
Shunday qilib Arastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan yo‘g‘rilgan kishidir; aqlni inson emas, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti esa past darajali, zaif, ko‘z yoshiga erk beradigan, o‘zini tutolmaydigan inson, ularda extiros aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga nisbatan ko‘proq moyil bo‘ladilar, shuning uchun xam donishmandlik ularga xos emas, xotin erga bo‘ysunishi adolat tamoyilini buzmaydi. San’at, siyosat va ilm fan ozod kishilar uchun, qul, umuman, axloqdan tashqaridagi mavjudot, qushlarni past tabaqali kishilar, xatto jonli narsalar qatoriga kiritish Arastuning inson moxiyatini ijtimoiy-siyosiy mavjudot sifatida tushunishidan kelib chiqadi. Uning uchun jamiyatdan, qabila, jamoa, davlatdan tashqaridagi odam yo Xudo, yoki xayvon. Shu bois yot qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega bo‘lmagan qullar odam xisoblanmaydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu yuqorida keltirganimizdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) yuksak qo‘yadi va bu bilan mushoxadakor hayotni, nazariyara, ijodga bag‘ishlangan xayotni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. SHunga ko‘ra, buyuk mutafakkir antik, dunyo fuqarosining an’naviy fazilatlari bo‘lmish donishmandlik, mardlik, odillik, do‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq, uning insonga muhabbati, insonparvarligi bizning xozirgi barcha bandalar Xudoning oldida baravar, degan tushunchamizdan farq qiladi. YUqorida ko‘rganimizdek, uning nazdida odamlar teng emas, tenglik tushunchasi Arastuga yot. U faqat odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va xayrixoxlikni tan oladi.
Epikur esa o‘z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: “Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so‘zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo‘lmagani kabi, puh (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan xam foyda
y°‘q.”
Epikurning fikriga ko‘ra insonda tanlov ixtiyori bor. U xam Demokrit kabi ezgulik xaqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy xotirjamlik. Do‘stlaridan birini u shunday deb yozadi; - “3arrin to‘shagu to‘kin dasto‘rxoning bo‘lib, bexalovat yashagandan ko‘ra, poxol to‘shakda xotirjam yotganing afzal!” Fazilatlar orasida Epikyp adolat bilan donishmandlikka aloxida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik xollari mavjudligini ta’kidlab o‘tadi: “Umuman, adolat xamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o‘ziga xosligi nyqtai nazaridan va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bulolmay qoladi” Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka

hamda ruxning faol iyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog‘lomlikdan yuzaga keladi.



O‘lim qarshisidagi qo‘rquv borasida gapirib, Epikur, uning manbaini ruhning o‘lmasligi va iztiroblarning abadiyligi haqidagi noto‘ri tasavvurlarda deb xisoblaydi. Zero ruh ham vujud singari atomlardan iborat. Tabiatdagi hamma narsa atomlar birikuvidan hosil bo‘lgan ularning parchalanishi bilan ruh ham parchalanadi. O‘lim xavfining asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi; “YOvuzlikning eng dahshatlisi bulmish o‘limning bizga hech qanday aloqasi yo‘q chunki biz hali mavjud ekanmiz, o‘lim kelmaydi, o‘lim kelganda esa biz mavjud bo‘lmaymiz. SHunday qilib, o‘limning tiriklarga ham, o‘liklarga ham aloqasi yo‘q chunki birlari uchun u mavjud emas, boshqalarning esa o‘zlari mavjud emas”.
Epikur iztirobdan qochishni emas uni engish kerakligini ta’kidlaydi. Buning uchun axloqiy qat’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi ko‘yilishi kerak, uning axloq ideali - erdagi hayotga nafrat bilan qaramaydigan, aksincha tabiat bilan hamnafas bo‘lib, ya’ni tabiat belgilab bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydiran donishmand, faylasuf. Aynan tabiatga muvofiklikda , turli bid’at va aldamchi fikrlardan qytilib, o‘z ehgiyojlarini tabiiy zarurat bilan moslashtirilgan holdagina donishmand tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi.Donishmand o‘z kuchi me’yorini biladi va undan oqilona foydalanadi. Unga baxt manbai - faqat ma’naviy ezgulikda, do‘stlik bilan bilimda bo‘lgan nisbatan mustahkam va uzoq muddatli lazzatda ekani ayon.
Epikur odamlarning munosabatlarida hammasidan avval tenglik va hamfikrlilikka asoslangan do‘stlikni qadrlaydi. Falsafa bilan shyg‘yllanish ham xuddi do‘stlik singari ruhan xotirjamlikka etishishga olib keladi.
Download 51.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling