Mavzu: Etnopsixologiya fanining predmeti vazifalari va metodlari. Reja


Etnopsixologiya fanining vazifalari


Download 113,5 Kb.
bet2/4
Sana18.10.2023
Hajmi113,5 Kb.
#1707975
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Etnopsixologiya fanining predmeti va vazifalari

Etnopsixologiya fanining vazifalari.
Antik dunyoning buyoq aql egasi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y) , xaddan ortiqcha issik yoki sovuq iqlim sharoitida yashaydigan xalqlar qattiqqol, shafkatsiz bolishadi, deb ishongan.
Buyuk bobomiz A.R.Beruniy “Osori boqiya” (Abadiy qadriyatlar) asarida turli xalqlar: qadimgi greklar, eroniylar, sugdlar, xorazmliklar, xristianlar va dinlar, yaxudiylar, musulmonlarning ruhiy xususiyatlari va ularning eralarini boshlanish sabablarini korsatib bergan. U bu xalqlarning ma’lum davrlar ish vaqtlarga togri keladigan mashhur bayramlari, xotira kunlari, hamda bir xalqni ikkinchisidan farqlantiradigan urf-odatlari, turli xalqlar qollayotgan yil hisoblash usullari, oy va yillarning farqi kabi masalalarni bayon qilib bergan.
Turli xalqlarga xos xususiyatlarni organish uchun Beruniy oziga xos ilmiy metod yaratadi.Buning uchun, deb korsatadi u, qadimgi xalqlar rivoyatlarini hamda utmish avlodlar togrisidagi ma’lumotlarni bilishi lozim. Shuning uchun “Muqaddas kitob” larga amal qiluvchi xalqlar, muayyan aqidalarga rioya etuvchi dinlar, mazxablarga etiqod kuyganlar izidan borishga togri kelishligini korsatadi. Bunda ularning turli qarashlari asos qilib olinadi va isbot qilish maqsadida keltirilgan soz, fikrlarni va faktlarni bir-biri bilan solishtirib korish lozim. Shu yol bilan olingan ma’lumotlarni, ularga qoshilib ketgan afsonalardan tozalash kerak boladi, deydi. Beruniy ozining mashhur “Xindiston” asarida xindlarning dini va tafakkurqilish xususiyatlari, diniy va dunyoviy hayoti bilan bogliq bolgan urf-odatlari, ularning xudolarga ishonishlari, materiya va shakl, jonning kuchib yurishi, dozax va jannat haqidagi tasavvurlari bayon qilingan.
Xalqlarning psixologik xususiyatlarni iqlim va boshqa tabiiy omillar bilan boglab tushuntirish keyingi davrlarda yashab ijod qilgan XVII-XIX asr mutafakkirlari-Monteskye, J.J,Russo, Didro, Gumboldt, shuningdek, Hozirgi davrdagi ayrim tadqiqotchilar faoliyatida ham uchraydi. Sotsialogiyadagi “geografik determinizm” oqimining asoschilaridan biri-fransuz ma’rifatparvari Sh.Monteskye (1689-1755 y) ham xalqlar ortasidagi ruhiy tafovutlarni asosan, kishilar tanasiga doimiy ta’sir etadigan turli-tuman tabiiy-iqlim natijasi, deb tushuntiradi. Uning fikricha, iqlim va zamin xalqlarning axloq normalarigagina ta’sir etib qolmasdan, shuning bilan birga davlat siyosatiga, madaniy taraqqiyot darajasiga “psixologik qiyofa” siga ham kuchli ta’sir korsatar ekan. Iqlimning rolini xaddan tashqari oshirib yuborish natijasida Monteskye sovuq iqlimda yashaydigan xalqlar chidamli, bakuvvat, issik iqlimda yashaydigan xalqlar esa jismoniy jihatdan zaif va oniz bolishida, degan xulosaga keladi. Iqlim sharoiti ta’sirida inson tanasida boladigan fiziologik jarayonlarni ijtimoiy-siyosiy hodisalar va axloq normalari vujudga kelishi uchun moddiy asos qilib olinishi, biologik va sotsial konuniyatlarni bir-biri bilan chalkashtirib yuborish hisoblanadi. Bu esa oxir oqibatda ijtimoiy-tarixiy hodisalarni tushurib berishda notogri xulosalar qilishga olib keladi. Iqlimiy omillarning rolini oshirib yuborish etnik xususiyatlarni ozgarmaydigan va doimiy bolgan hodisa, degan xulosa qilishga olib keladi. Vaxolanki, korramiz iqlimida keyingi yuz yilda deyarli keskin ozgarishlar sodir bolmagan bolsa ham, insonlar hayotida katta ijtimoiy-tarixiy ozgarishlar bolib utdi, bu ozgarishlar oz navbatida xalqlarning psixologik qiyofasida ham katta ozgarishlar bolishiga olib keldi.
Shuning bilan birgalikda etnopsixologik xususiyatlarning shakllanishida tabiy-geografik muhitning rolini ham butunlay inkor etib bolmaydi. Geografik joylashish urni va iqlim sharoiti xalqning yashashi uchun zarur bolgan shart-sharoit sifatida uning iqtisodiy rivojlanishida, psixologiyasining shakllanishida ma’lum rol uynaydi. U yoki bu mamlakatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishi, xojflik yuritish xususiyatlari va hayot tarzi kop jihatdan tabiy-iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Lekin ijtimoiy tizim va tarixiy ozgarishlar mamlakatning geografik joylashishiga, tabiy sharoitlariga bog`liq xolda vujudga kelmaydi.
XX asrda Yevropada yangi bir g’oya-”xalq ruhi” keng tarqala boshlandi. Bu g’oyaga kora har bir xalq, etnik guruh avvaldan instintiv ravishda berilgan oz “ruhi” ga ega ekan. Har bir irq, xalq ma’lum anatomik tuzilishiga ega bolgani kabi oz ruhiga ham ega bolib, u xalq takdiri va kelajagini belgilab turadi. Bu ruh xalqning siyosiy tozumini, etiqod va ishonchni, diniy qarashlarini boshqarib turadi. “Xalq ruhi” nazariyasining tola bayoni, ayniqsa, Gegel falsafasida oz aksini topdi. Gegel har bir xalqning utmishi va kelajagini mana shu “Mutloq ruh” bilan boglab tushuntiradi. Turli xalqlarning ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy, Hatto irqiy tafovutlarining asosini ham shu “ruh” tashkil etadi, deb korsatadi. Shunga kora u ayrim Osiyo xalqlari togrisida bolmagur fikrlar bayon etgan xolda, nemis millatini eng oliy irq va tarixiy utmishga ega bolgan millat, deb davo qilib chiqadi. Xitoy xalqi togrisida “ular hamma ma’naviy narsalar - erkin aqlok-odob, yksak toygu, diniy etiqod va haqiqiy san’at hislatlaridan maxrum”, deb yozadi . Nemis faylasufi M.Losarus va tilshunosi G.Shteyntallar 1859 yilda “Xalq psixologiyasi va lingvistikasi jurnali” ni chop eta boshladilar va birinchi marta “Xalq psixologiyasi”, degan terminni muomalaga kiritib, xaqli ravishda etnopsixologiya fanining asoschilari bolib qolishdi.
Etnopsixologiya masalalarini tadqiq etishda nemis psixologi V.Vundtning katta xizmatlari bor. 1900 yilda uning “Xalqlar psixologiyasi”, degan 10 tomlik asari bosilib chiqdi. V.Vundt qarashlarining muhim tomoni shundaki, u etnopsixologik xususiyat-larning shakllanishi va rivojlanishini tarixiy jarayonlar, ijtimoiy hodisalar asosida tushuntirib berishga harakat qildi. Masalan, u nemis xalqining psixologik xususiyatlarini tahlil qilganda, ular xarakterida tadbirqorlik, har bir ishni hisob-kitob bilan qilishlik, batartiblik va Vatan oldidagi burchni yaxshi his qilish kabi ijobiy hislatlar bilan birgalikda boshqalarga kor-korona ergashish va taqlid qilishlik ham borligini korsatib otadi. Bu kamchilikning vujudga kelishida Germaniyaning siyosiy faoliyatida Yevropadagi boshqa mamlakatlarga qaraganda keyinrok maydonga chiqishi va Germaniyada orta asrchilik diniy mutaasiblik bilan yangi davr ortasidagi uzoq yillar mobaynida davom etgan korash natijasi bolib, bu tarixiy jarayon nemislarning psixologik qiyofasiga oz ta’sirini korsatgan, deb yozadi.
Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanib borishi natijasida tashqi bozorga ehtiyoj va ijtimoiy hayotda roy berayotgan katta ozgarishlar sotsialoglar, etnograflar va psixologlar oldiga turli xalqlar, sinflar, ijtimoiy qatlamlar psixologiyasini, omma va olomonga xos bolgan ruhiy xususiyatlarni atroflicha organish vazifasini qoydi. Natijada bu davrga kelib etnopsixologiya muammolarini organish ancha rivojlandi.
Boshqa xalqlarga, etnik guruhlarga xos bo’lgan ruhiy xususiyatlarni, qo’shni qabilalarning yashash tarzini o’rganishga bo’lgan qiziqish qadim vaqtlardayoq bir qancha amaliy ehtiyojlar, avvalo iqtisodiy, savdo-sotiq va harbiy maqsadlar natijasida vujudga kelgan. Antik davrlarda sayyoh va savdogarlar uzoq yurtlarga qilgan safarlardan qaytgach, xorijiy xalqlarniig yashash sharoitlari, urf-odatlari, odamlar o’rtasidagi munosabatlar, ularning kiyinishi, qanday ovqatlar tanovvul qilishi, bu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, hayvonot olami va boshqa narsalar haqida o’z vatandoshlariga ajoyib va g’aroyib narsalardek so’zlab berishgan. Qadimgi dunyo mutafakkirlari Aristotel, Gerodot, Gippokrat, Demokrit, Pifagor va boshqalar barcha ijtimoiy va psixologik hodisalarni tushuntirib berish uchun yagona bo’lgan umumiy tamoyillarni, nazariyalarni qidirib topishga, xususan, xalqlarning turli psixologik xususiyatlariga ega bo’lishining sabablarini tushuntirib berishga harakat qilganlar. Etnopsixologik xususiyatlarning vujudga kelishini ular asosan, tabiiy-geografik muhitning ta’siri bilan bog’lab tushuntirganlar. Masalan, qadimgi dunyoning buyuk mutafakkiri Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-375) o’zining "Havo, suv va quruqlik", degan asarida xalqlarning turli ruhiy va jismoniy xususiyatlarni bevosita iqlim sharoiti bilan bog’lagan xolda tushuntirib berdi. Xalqlarning xarakter va temperament xususiyatlarinish vujudga kelishini ular iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar bilan bog’lab tu-shuntirishga ham urinishlari bo’lgan. Mashhur matematik va faylasuf Pifagorning (eramizdan avvalgi 570-500) tushuntirishiga qaraganda, xayvon go’shti va yog’ini ko’p iste’mol qilinishi, xalqlarda qattiqqo’llik va dag’allikni vujudga keltiradi.
Kuzatish va so’roq metodlari – bunda o’sha madaniy muhitga xos bo’lgan, uning bevsoita boyliklari hisoblangan moddiy va ma’naviy qadriyatlar, maishiy sharoitlar, odatlar, an’analar va hakazolar tashqaridan o’rganiladi. So’roq metodlari ichida ko’proq anketa usuli qo’llaniladi, bunda ham millat vakilining turmush tarzi, avtobiografik ma’lumotlari aniqlanib, ilmiy xulosalar kontent-analiz qilinadi. Amerikalik olimlar Kats va Breylilar so’roq metodining o’ziga xos ko’rinishini etnik stereotiplarni aniqlashda ishlatishgan. Masalan, ular qiziqtirayotgan masala bo’yicha imkoni boricha ko’p javoblar ro’yoxatini tekshiriluvchiga berib, undan shu javoblar ichidan “o’zinikini” tanlab belgilashni so’rashgan. Bundan tashqari, 84 xil sifatni o’z ichiga olgan ro’yxatdan o’z millatiga va boshqa millatga xos bo’lgan 5 yetakchi sifatni ajratib berish topshirig’ini berishgan. Shu yo’l bilan etnik stereotiplar aniqlangan.
Shaxsning alohida sifatlarini aniqlashga qaratilgan testlar. Masalan, G.Deyker va N.Friydlarning milliy xarakter xususiyatlarini o’rganishga qaratilgan testlari. Ular asosan shaxsning ta’sirchanligi va hissiy reaksilarini o’rganadi. Bundan tashqari, shu guruh testlarga alohida intllektni tekshiruvchi, ma’naviy dunyoqarashni o’rganish, adolat hissini aniqlash, badiiy did testlari va boshqa testlar kiradi. Ayniqsa, milliy stereotiplarni aniqlashda millatning tilini barcha tilshunoslik uslublari bilan o’rganib chiqish ham juda qimmatli ma’lumotlar to’plash imkonini beradi. Chunki, til u yoki bu millat vakilining o’zi mansub millatga xos milliy qadriyatlarni, stereotiplarni o’zlashtirishda asosiy vosita rolini o’ynaydi. Shuning uchun ham etnopsixologik o’z tadqiqotlarini tilshunos, etnograf, etnolog, sotsiolog, tarixchilar hamkorligida o’tkaziladi. Tadqiqotchi avvalo tekshiruv o’tkazayotgan muhitdagi insonlar tilini, til orqali “dili”ni bilish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur. Shuning uchun milliy xarakter, urf-odatlar, qadriyatlarni o’rganishni maqsad qilgan inson shu xalq va millatning tilini avvalo mukammal bilishi lozim.

Download 113,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling