Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
- MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ VA G’ARB FALSAFASI
Download 1.15 Mb.
|
TUSHUNCHA , HUKUM VA XULOSANING FIKR TERANLIGINI TA\'MINLANISHIDAGI RO\'LI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar.
2- MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: SHARQ VA G’ARB FALSAFASI
1. Qadimgi Sharqdagi falsafiy fikrlar: Misr, Bobil. Qadimgi dunyo falsafasi. 2. XIV asr oxiridan boshlab O'zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikr. XX asrning boshlariga qadar. 3. O'rta asrlarda va zamonaviy davrda Evropaning falsafiy fikri: J. Bruno, N. Kopernik, F.Bekon, T. Xobbes, Kant, Gegel, ratsionalizm, ma'rifatparvarlik, marksizm. 4. XX asr falsafiy ta'limoti: ekzistensializm, neopozitivizm, neotomizm. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi. Sharq qadimiy madaniya o`chog`i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta`riflanmagan. G`arb madaniyati tarixini o`rganishjarayonida Ovrupasentrizm nazariyasi og`ib ketish g`ayriilmiy bo`lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog`lik jihatinin tahlil etganda ham Osiyosentrizm g`oyalari ta`siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqninng o`ziga xosligi, unga mansub bo`lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e`tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog`ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o`zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta`sir ko`rsatganini doimo esda tutish darkor. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha bo`lgan davr mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo`shtlikdir. Bu ta`limotga Zardo`sht asos solgan bo`lib, Sharq va G`arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko`ra, Zardo`sht, eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonoviy shaxs ekanli haqida aniq bir to`xtamga kelingan yo`q. U o`zini payg`ambar deb e`lon qilgan. Lekin uning payg`ambarligi ilohiy asosga ega. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o`z tasdig`ini to’magan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, bu ta`limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida paydo bo`lgan. U o`z davrida xalqni ezgulik va adolat g`oyalariga da`vat etish, hayotbaxsh an`analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan, uning g`oyalari bilan bog`liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o`ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. Zardushtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to`g`risidagi tasavvurlari, o`ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari-yaxshilik va yomonlik, yorug`lik va zulmat, issiqlik va sovuqliq, hayot va o`lim borasidagi qarashlar o`z ifodasini topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma`lumotlar ham berilgan. Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o`zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o`rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo`shini mahalliy xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko`pgina qismini yondirib yuborgani haqida ma`lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayirim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o`qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni eqish to`g`risida ko`rsatma bergan, degan fikrlarni baen etadilar. Aslida unday emas. Bu - tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar uchundir ibratli bo`lsa-da haspo`shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o`z zamonida fanlarning otasi nom olgan falsafani fan darajasiga ko`targan, buyuk donishmand sifatida etti iqlimda tan olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta`lim olgan edi. Binoborin, Shoh Filippning o`g`li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta`riflash tarix haqiqatiga to`g`ri kelmaydi. Qadimgi manba “Avesto”da ko’rsatilgani kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so’zlash va yaxshi ish ko’rish mumkin”, degan savolga javob to’ishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo’lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o’zlashtirishi lozim: u dunyo va uni anglab etish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o’xshash muammolarda mo’ljal ola bilishi kerak. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling