Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари
Ilk o’rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika
Download 1.15 Mb.
|
TUSHUNCHA , HUKUM VA XULOSANING FIKR TERANLIGINI TA\'MINLANISHIDAGI RO\'LI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avliyo Avgustin
Ilk o’rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika.
Applogetika Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va SHimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya’ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan. Apologеtlar xristianlik tarixida I va III asrlarda vujudga kеldi. Apologеtika so`zining lug’aviy ma'nosi "himoya kilish", dеmakdir. Apologеtlar hukumatning xristianlikka bo`lgan dushmanligini bartaraf qilishga, Rim davlatining xristianlikni ta'kib qilishi hеch qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar, o`z asarlarida mushriqlik [ko`p Xudolik] adabiyotlaridan olingan baxslashish [dialog] shaklidan yoki apologеtikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar. Apologеtlar asarlarida ikki an'ana yaqqol sеzilib turadi. Ya'ni, inkor qilish va tasdiqlash. Ular eng avval mushriqlar tomonidan xristianlikka qo`yilgan ayblar - g’ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning "Birinchi apologеya", "Ikkinchi apologеya" asarlarini. Tulcan va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta'kidlash lozim. Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo’lgan. patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o’rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Patristika “Patristika” so’zi “ota” [“padrе”] so`zidan kеlib chiqqan. Bu nom bilan odatda Еvropada yеpiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo`lgan chеrkov otalaridan biri Ioan Zlatoust [347- 407] edi. Uning 640 ta da'vatlaridan ko`pchiligi avliyo Pavеl nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo`llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib kеtgan. G’arbda eng yirik chеrkov otalaridan biri "Pok" dеgan unvonga sazovor bo`lgan Avrеliy Avgustin [354 - 430] hisoblanadi. U faylasuf va ilohiyotchi bo`lgan. Uning o`sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri "Sig’inish" 401 yilda yozilgan. Bu asarda u o`zining xristianlikkacha bo`lgan hayotini yozadi. "Bibliya" oyatlari ramziy — timsoliy bayon qilinadi. U mushriqlik falsafasini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hеch mahal haqiqatga olib kеlmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa [dialog] falsafiy asarlar yozgan. Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta’limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to’la bog’liq bo’lgan o’rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o’rtasida kurash avj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o’g’il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o’rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma’noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to’g’risida so’z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo’ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy realizm zamirida Platonning «g’oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling