Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik


Download 2.98 Mb.
bet77/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik singari axloqiy xatti–harakatlar me’yoriylik nuqtayi nazaridan g’oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi ma’lum ma’noda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfe’l, shirinsuxan inson o’zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojea sifatida qaramaydi, alam yoki g’azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o’tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o’ziga ham, o’zgalarga ham ko’tarinki kayfiyat, turli–tuman omadsizliklarning o’tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag’ishlaydi. Jamiyat doimo o’shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o’rnak olishga intiladi.
Xushfe’llilik, shirinsuxanlilik qay darajadadir ko’proq ixtiyor bilan, kishining ma’lum bir insoniy tabiatga intilishi bilan bog’liq bo’lsa, bosiqlik, kamtarinlik, kamsuqumlik aksincha, ko’proq iroda kuchi natijasida yuzaga keladi. Zotan insonning o’z g’azabini bosa bilishi, noroziligini barvaqt bildirmasligi; so’zlagisi, biror–bir gap bilan o’zini ko’rsatgisi kelib qolganda o’sha xohish–ixtiyorni to’xtata olishi kuchli irodani talab qiladi. Shu bois muomalada bosiq, kamtarin, «yetti o’lchab bir kesish» tamoyili asosida ish ko’rgan shaxslar oqil odamlar sanaladi va ular jamiyatda ham namunaviylik maqomiga noil bo’ladilar.
Ayni paytda ba’zi bir odamlar guruhi uchun me’yorga aylanib qolgan illatlar ham borki, ular haqida to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q. Ular ichidan eng keng yoyilgan, ma’lum ma’noda yuqumli ma’naviy kasallikka aylanib borayotgan ikkitasini – xudbinlik va shuhratparastlikni ko’rib chiqaylik.
Xudbinlik. U o’z individual ehtiyojlarini hamma narsadan yuqori qo’yadigan axloqiy sifat, illatni anglatuvchi tushuncha; biror – bir insonning moddiy–maishiy manfaatlarining boshqalarnikidan ustun qo’yilishini bildiruvchi manfaatparastlikdan va o’z shaxsini mutlaqlashtirishiga qaratilgan shaxsiyatparastlikning ba’zi unsurlaridan iborat salbiy xatti–harakatlar majmuidir.
Shuhratparastlik. Shuhratparastlik – shon–shuhrat ketidan quvadigan va bu yo’lda har qanday axloqsizlikdan qaytmaydigan insonlar toifasining xususiyati. Shuhratparast odam o’z nomining doimo atrofdagilar va jamiyat diqqat markazida turishiga, mashhurlikka, shov–shuvga, maqtovga ichki bir tiyiqsiz ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj oxir–oqibat uni jamiyatning axloqiy – ijtimoiy talablari bilan ham, individ sifatidagi o’z biologik va ma’naviy–intelektual imkoniyatlari bilan ham mutlaqo hisoblashmaydigan ijtimoiy nafs bandasiga aylantirib qo’yadi.
Shuhratparastlikning axloqiy illat sifatidagi xatarli tomoni shundaki, u ravnaq topib borish xususiyatiga ega: dastavval kishi o’z «men»ining boshqa «men»lardan kam bo’lmasligini talab qiladi, keyin asta–sekin o’z «men»ining barcha «men»lardan baland turishini xohlab qoladi va nima qilib bo’lsa ham shu xohishni amalga oshirishga intiladi. Natijada u mavjud veqelikni, atrofdagilarning o’ziga bo’lgan asl munosabatini real baholay olmaydi; qayerda uni «ko’tar–ko’tar» qilib maqtashsa, o’sha yerga o’zini uradi, hayotda asl insoniy vazifasini bajarishdan chalg’iydi, tuzatib bo’lmas xatolarga yo’l qo’yadi. Shuhratparastlikka yorqin misol, umumbashariy timsol sifatida, odatda salkam 2,5 ming yildan buyon Herostratning nomi keltiriladi: u abadiy shuhrat qozonish uchun olamning yetti mo’jizasidan biri – Efes shahridagi Artemida ibodatxonasida o’t qo’ygan. Uning nomi hozirgacha taajjub, hayrat, ayni paytda nafrat va la’nat bilan tilga olinadi.
Shunday qilib,qisqacha bo’lsa–da, axloqshunoslikning asosiy tushunchalarini, axloqiy tamoyillar va me’yorlar nima ekanini, ularning shaxs hamda jamiyat axloqiy hayotida naqadar muhim o’rin tutishini ko’rib chiqdik. Pirovard natijada quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz: agar axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari bir–biriga bog’liq bo’lsa, axloqiy tamoyillarning bog’liqligi yanada mustahkamroq – ular biridan ikkinchisiga o’tib turish xususiyatiga ega; axloqiy me’yorlar esa bir–biri bilan shu darajada chambarchaski, ba’zan birini ikkinchisidan aniq ajratish qiyin, zero ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi deyishadi. Chunki har bir jamiyat a’zosi, bo’lajak fuqaroning tarbiyasi oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o’zining bevosita ko’rinishi bo’lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g’amxo’rlikni; bolalar tarbiyasini o’z ichiga oladi.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling