YETARLI ASOS QONUNI (lot. Lex rationis determinantis siue sufficientis) formal mantiq qonunlaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra har qanday chin fikr isbotlangan bo‘lishi kerak, to‘g‘riligi isbotlangan boshqa bir fikrga asoslanishi kerak.
EADEM ABERRARE CNORDA (lot.) xatoni yana o‘sha joydan takrorlash kerak emas.
JINS – bir sinfga kiruvchi predmetlarning mantiqiy tavsifi bo‘lib, bu sinf o‘z ichiga boshqa tur sinflarni qamrab oladi. Masalan: daraxt tushunchasi mevali va mevasiz daraxtlarga nisbatan jins bo‘lib, unga kiruvchi “mevali”, “mevasiz” lar daraxtning turlaridir.
JINS VA TUR TUSHUNCHALAR - shunday tushunchalarki, ularda hajmi katta tushuncha unga bo‘ysunadigan hajmi kichik tushunchaga nisbatan jins va aksincha, hajmi kichik tushuncha u bo‘ysunuvchi hajmi katta tushunchaga nisbatan tur tushuncha bo‘ladi.
JUZ’IY GIPOTEZA – gipotezaning turi bo‘lib, u ayrim olingan faktlar asosida tahlil qilinadi. Ammo bunda ayrim hodisalarning sababi tahlili beriladi, xolos. Shunga ko‘ra u hodisalarning sababini ochib beruvchi umumiy ilmiy gipotezadan farq qiladi.
Juz’iy hukm - sinfga mansub predmetlar yoki ular belgilarining bir qismi to‘g‘risida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr. Masalan: Ba’zi talabalar havaskorlik to‘garagiga qatnashadi.
JUZ’IY INKOR HUKMI – miqdor jihatidan juz’iy, sifat jihatdan inkor hukmdir. Uning formulasi: Ba’zi S – P emas. Ba’zi guruhlarda o‘zlashtirmaydigan talabalar yo‘q. Lotin tilida «O» harfi bilan belgilanadi (Nego –inkor qilaman so‘zining ikkinchi unli harfi).
JUZ’IY TASDIQ HUKM - miqdor jihatdan juz’iy, sifat jihatidan tasdiq hukmdir. Uning formulasi: «Ba’zi S – P dir». Lotin tilida «I» harfi bilan belgilanadi (affirmo) – tasdiqlayman so‘zining ikkinchi unli harfi.
ZARURIY XULOSA CHIQARISH - deduktiv xulosa chiqarishning boshqacha nomi. Unda asos bo‘lib keluvchi hukmlardan xulosa muqarrar ravishda kelib chiqadi. Xulosa asoslarda imlisit tarzda mavjud bo‘lib, o‘sha asoslardan natija o‘z – o‘zidan kelib chiqadi.
Zaruriy hukmda predmet va uning belgilari muqarrar ravishda tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |