Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Download 2.98 Mb.
bet73/196
Sana15.11.2023
Hajmi2.98 Mb.
#1777193
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   196
Bog'liq
2023 ФАЛСАФА Мажмуа1 11(1) —

Shafqat. Shafqat istilohi hozirgacha axloqshunoslikka doir asosiy o’quv adabiyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki shafqatning ildizi inson shaxsiga bo’lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham muhabbat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, shafqat muruvvat bilan bog’liq. Lekin u ayni paytda muruvvatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko’p hollarda o’ziga aloqasi yo’q boshqa bir insonga achinish hissi orqali yordamga qo’l cho’zishi bo’lsa, shafqat kishining o’ziga aloqador odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik ko’rsatishdir.
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o’rniga xayolan o’zini qo’yib fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o’zga bir inson iztiroblarini yengillatishga qaratilgan axloqiy hodisa. Masalan: ro’zg’orini zo’rg’a tebrayotgan qo’shningizning kasbiy xizmat yuzasidan ham, biror bir jamiyatga a’zoligi jihatidan ham, biznesdagi hamkorlik masalasida ham sizga aloqasi yo’q, shuningdek, u sizga do’st yoki dushman sifatida ham aloqador emas. Siz unga ehson qilib, og’ir sharoitdan chiqib olishiga iqtisodiy yordam berdingiz, bu – muruvvat. Boshqa bir holatda, deylik jang maydonida sizga butunlay begona, buning ustiga safdoshingizni o’ldirgan dushman askarini mag’lub qildingiz. Endi oldingizda ikki yo’l bor: xohlasangiz, uni o’ldirishingiz, o’ch olib g’azabingizni bosishingiz, xohlasangiz, g’azabingizni bosib, u dushman, lekin men kabi odam, uni ham menga o’xshab bu maydonga jang qilish uchun yuborganlar, uni o’ldirganim bilan biror ulkan o’zgarish ro’y bermaydi, deb asir olgansiz, hayotini saqlab qolgansiz, bu – shafqat. G’azab insondagi hayvoniy xislat bo’lsa, shafqat insoniylik belgilaridan biridir.
Demak, muruvvat agar sizning oldingizda burchli bo’lmagan kimsaga ko’rsatgan yordamingiz bo’lsa, shafqat esa oldingizda javobgar, jazoga loyiq odamni, uning insoniy huquqini va tabiatini hisobga olib, kechirishdir.
Yana bir muhim mezoniy tushuncha – burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog’liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti–harakati zamirida burch tushunchasi – burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo’lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud.
Burch tushunchasining o’ziga xos jihatlaridan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. Chunonchi, bir tuzum yo jamiyatda ijobiy hisoblangan burch talablari ikkinchi bir tuzum yoki jamiyat uchun salbiy ma’no kasb etishi mumkin. Sobiq sho’rolar fuqarosining o’sha davrdagi mavjud tuzum oldidagi burchi hozirgi kunda o’ta salbiy hodisa sifatida baholanishi bunga yorqin misol bo’la oladi.

Download 2.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling