Mavzu: Falsafa tarixida inson mohiyatiga oid qarashlar


Falsafa fanining prеdmеti va asosiy muammolari


Download 0.66 Mb.
bet3/5
Sana27.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1068653
1   2   3   4   5
Bog'liq
BEXRUZBEKk

Falsafa fanining prеdmеti va asosiy muammolari
Hozirgi vaqtda falsafa fanining e'tibor markazida turgan masala inson muammosidir. Inson va insoniyat, ular taqdirining mushtarakligi, insonning istiqboli, fan va tеxnika yutuqlaridan oqilona foydalanish, har qanday urushning oldini olish, tabiatni asrash, ochlikning, turli kasalliklarning oldini olish, insoniyatni, uning madaniyatini saqlash, jamiyat taraqqiyotini oldindan ko`ra bilish, mamlakatlar o`rtasidagi ziddiyatlarni tinch yo`l bilan xal qilish, xalqaro tеrrorizm va diniy aqidaparastlikka qarshi izchil kurash olib borish kabi masalalar falsafaning dolzarb muammolari hisoblanadi. Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqеligi, undagi o`zaro aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bo`liq ko`pdan- ko`p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi. Voqеlikning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning inson ongida aks etish yo`llarini o`rganishga qaratilgan falsafa fani yaxlit ilmiy bilim tizimini tashkil etib, muayyan fundamеntal qoidalarning yi`indisiga asoslanadi.
Bu qoidalar falsafa fanining o`zagini tashkil etuvchi diеlеktik nazariyasida o`z aksini topadi. Dialеktik nazariya o`z ichiga bir- biri bilan bo`liq bo`lgan quyidagi muammolarni qamrab oladi. 1. Borliq va uning rivojlanish muammolari. Borliq olamda mavjud bo`lgan, inson atrofini qurshab turuvchi voqеlikni ifodalovchi tushuncha bo`lib, u murakkab va ko`pqirralidir. Moddiy borliq, gеdеal borliq, inson borli`i va hokazolar. Moddiy borliq narsa va prеdmеtlar ko`rinishida bo`lib, matеriya harakatining har xil shakllarida namoyon bo`ladi. Idеal borliq insoniyat ma'naviy qadriyatlarini, fan yutuqlarini o`z ichiga qamrab oladi. Inson borli`i esa o`ziga xos manfaatga ega bo`lgan ma'lum bir ijtimoiy guruhlar va sinflarga tеgishlidir. 2. Dialеktika nazariyasi borliq muammosi bilan bir qatorda voqеlikning o`zaro aloqadorligi, bo`liqligi va rivojlanish qonuniyatlari, ularni inson ongida aks ettirish haqidagi ta'limotdir.
Dialеktika- olamning bilish uslubi va rivojlanish nazariyasidir. 3. Voqеlikni bilish nazariyasi moddiy olamni inson ongida aks ettirish murakkab dialеktik jarayon bo`lib, uni chuqur bilish uchun falsafa fani in'ikos nazariyasini ishlab chiqgan. Bu nazariya, bilish jarayonida ob'еkt bilan sub'kеtning aloqadorligi, bilishning asosiy bosqichlari va shakllari, haqiqatga 10 erishish dialеktikasi va shu kabi ko`plab murakkab masalalarni chuqur anglab olishga yordam bеradi. Yuqorida qayd qilingan bu uchta muammolar falsafa fanining barcha tarixiy tiplar va yo`nalishlari markazida turgan muammolar xisoblanadi.

Diogen Lncrtskiy(eramizning II asri oxiri — III asrboshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi yunon mutafakkiri va olimi Pifagon.iir. Faylasuflaming qanday ckanliklariga ta’rif bcrib, u shunday degan: “Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch boiib dunyoga keladi, vaholanki, faylasuflar faqat haqiqat uchun kela d i''. Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsalagagina taalluqli, degan fikrga qo'shilib boimaydi. Faylasuf boimasdan ham lizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan. “Falsafa nima degani?' Ushbu savolga javob izlash oson emas. Har birimiz u yoki bu matn, yo nutq falsafiy yohud falsafiy emasligini ichki sezgi bilan his etamiz. Ammo falsafaga qat’iy ilmiy ta’rif berish juda mushkul. Bunga urinib ko‘rishning o‘zi kifoya. Falsafaga tegishli boimagan narsani aniqlash osonroq. Masalan, falsafa DNK tuzilishini aniqlash bilan shug'ullanmaydi, ditfcrensial tenglamalarni yechmaydi, kimyoviy reaksiyalami o‘rganmaydi, yer qobigi harakatini tadqiq etmaydi va hokazolar.


Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’rifiarini oladigan boisak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir botanik mutaxassisligi. fanining mavzusi o‘simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi til ekanligini tasdiqlaydi. Falsafada esa boshqacharoq. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta’rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda “O'zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimi yoki yo'qmi?”2 degan savol tug'ilishi mumkin.

Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to'g'risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u “barcha inavjudotning ibtidosi va sabablari to'g'risidagi fan” deyilgan bo'lsa, Markaziy osiyolik mutafakkir Abu Adi ibn Sino falsafani “mutlaq borliq to'g'risidagi oliy fan”, deb ta’riflagan. Boshqa yo'nalishlarda falsafaning bosh sababi birinchi ibtidolarni bilish ekanligi umuman rad etiladi, masalan, o'rta asr ilohiyotchisi al-G'azzoliy o'zining “Faylasuflarni rad etish” nomli maxsus asarini shu mavzuga bag'ishlagan. Ba’zi ta’limotlarda falsafa “to'g'ri fikrlash orqali erishilgan bilim” ( T.Gobbs), umuman, “fanlarni ko'rib, muhokaina qiluvchi” (G.V. Gegel) deb keng tasawur qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, “fikming mantiqiy oydinlashuvi” (/.. Vitgcnshtcyn) yoki “umummajburiy qadriyatlar to'g'risidagi fan” ( V. Vindelband) sifatida tushuniladi.


Odatda, falsafaning u yoki bu ta’rifi umuman falsafani emas, balki tegishli faylasufiarning o'z nazariyalarini bclgilashi hisoblanadi, garchand, ko'pchilik faylasuflar aynan o'z falsafiy qarashlarinigina haqiqiy (yoki chinakam) deb o'ylaydilar. Falsafaning o'z ifodasini topishidagi nomuayyan vaziyat, ayniqsa, eng yangi davr uchun xosdir. Bu shu qadar oddiy holga aylandiki, hatto zamonaviy faylasuflardan biri X.F.Moma falsafada yuzaga kelgan vaziyatni quyidagicha ifodalashiga sabab bo'ladi: “Falsafa” deganda nimani tushunish hamisha mushkul bo'lgan, biroq 20-asr mobaynida “falsafa”ni ta’riflash rnushkulligi shu darajada ortdiki, buni bartaraf etish deyarli mumkin bo'lmay qoldi” 1. Umuman falsafani ifoda qilish mumkinmi? Nemis faylasufi G. V. Gegel (1770—1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan. Boshqa faylasuflar tasawuriga ko'ra tarixiy-falsaliy jarayon bu muayyan falsafiy ta’limotlar tarixidir, falsafa tarixi esa qandaydir yagona va rivojlanuvchi ta’limot sifatida mavjud emas.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, muayyan falsafa mavzusinigina ifoda qilish mumkin, masalan, ekzistensializm (mavjudlik) falsafasi yoki analitik (tahliliy) falsafani aniqlash mumkin, ammo umuman falsafani emas. / Biroq tajribaga asoslangan (empirik) oddiy dalil mavjud. Qanday yo'nalishga tegishliliklaridan qat’iy nazar, faylasuflar o'zlari falsafa bilan shug'ullanayotganliklariga shubha qilmaydilar. O'z raqib va muxoliflarini nima deb atashlaridan qat’iy nazar, ularni “noshud”, “gumroh” ta’birlari bilan siylasalarda, ulaming faylasuflar deb atalishiga huquqlari bor, negaki ular har holda faylasuf deb ataladilar.
Boshqacha aytganda, ularnin'g mashg'ulotlarida qandaydir narsa mavjudki, bu narsa ulaming faylasuf deb atalishiga asos bo'ladi. Bu shuning uchun yuz beradiki, ulaming lushunchasida falsafa deganda, iboralaming mantiqiy tahlili, borliqning birlamchi ibtidolari haqidagi ta’limot yoki tajribada hosil qilingan ma’lumotlarning tanqidiy bahosi berilgan boiadi. Hamonki shunday ekan, kantchilar, ekzistensialistlar, pozitivist va bosliqa falsafiy maktablarga mansub boigan barcha faylasuflami nima birlashtiradi? ushbu savol va dcmakki “Falsafa nima degani?” savoliga javob berish uchun falsafaning mohiyatiy sifat xususiyatlari, ya’ni uning ma’naviy faoliyatning m aium turi sifatida bajaradigan vazifalarini aniqlash zarur. Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan sifatida u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa — bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi “dunyo — inson” tiziinidir. Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrofmuhitga, boshqa odamlarga, o'z-o'ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko'ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib boiadimi va agar bilish mumkin boisa qay darajada? Insonning o‘zi nima? U qanday boiishi kerak? Oiimdan so‘ng bizni niina kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi? Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi shakllanadi. Dunyoqarash — bu insonni о ‘nib turgan dunyo va uning unda tutgan o'miga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi — “ Men” (subyekt dunyosi) va “Men emas” (subycktga nisbatan tashqarida boigan dunyo) o'rtasidagi munosabatdir.
Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, с 'tiqod va aqidalar kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud boiishi mumkin: kundalik, m ifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy va ilm iy tusdagi tasawurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtim oiy ong dalili tarzida boiishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to'g'risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam to'g'risidagi tasawurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasawurlari haqida fikr yuritamiz. Yoxud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to'g'risida gapiramiz. Shu bois dunyoqarash shaxs, ijtim oiy guruh (diniy, milliy, yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo'lishi mumkin.
Falsafa nazariy Dunyoqarashning kundalik, diniy-afsonaviy va baditafakkur sifatida iy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy qoidaga muvofiq nazariy shaklda mavjud boiadi. Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ulami maium tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi.
Falsafa awal boshdanoq nazariydir. Bundan tashqari, u umuman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi. Falsafa o‘z shakllanishining boshidanoq tajriba (amaliy bilim, amaliy malaka, hayotiy ko'nikma va an’analar)dan farqli oiaroq, narsalarni mantiq va dalil, kundalik tasawurlaiga tanqidiy munosabat, yuzaki voqea-hodisalaming ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to'g'ri xulosa, fikr qilish orqali topishga qaratilgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari o'z davridayoq yakuniyshakldagi c/aobilimi (bevosita maium modda dunyosini bilish) va asosiy sabab sifatidagi dao (mohiyatni bilish)ni farqlaganlar. Asosiy sabab sifatidagi daoni bilish — yakuniy shakldagi daoni bilish kalitidir: “Yer yuzida ibtido mavjud va u Olam onasidir. Onani anglashga qachon erishilsa, demak, uning bolalarini ham anglash mumkin bo'ladi” 1. Falsafa nazariylashtirishning Tajriba (yakka, alohida narsalarni bilish) yakuniy usuli sifatida bilan fan (narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida birmuncha aniq ajratilgan.
Qadimgi Yunon faylasuflari e’tibomi ibtido va sababni bilishga qaratganlar, “chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi”2. Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo'lmish ta ’/7/'(“nima?”, “qanday?” savollari bilan bogiiq) bilan tushuntirish (“nima uchun?”, “qanaqa sabab?” savollariga javob)ni aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan awalgi 384—322-yillar) shunday deb yozgan edi: “Tajribaga cga bo'lganlar “nima” ekanligini biladilar, ammo “nima uchun ekanligini, ya’ni sababini bilmaydilar”3. Dunyoning an’anaviy diniy-afsonaviy manzarasi bilan qanoatlanuvchi ko'pchilik odamlardan farqli o'laroq, eng ilk davrlardagi faylasuflar turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlar hamda hodisalarni aqliy yo'l bilan (nazariy) tushunishga va uning kelib chiqish hamda kechish sabablari va qonuniyatlarini tushuntirishga uringanlar. Faylasuf nigohiga tushgan barcha narsa, ya’ni Quyosh, Oy va ulaming tutilishi, yulduzlar, mavsumlarning almashishi, musiqiy asboblaming tuzilishi, hayvon va odamlaming kelib chiqishi, daryolaming toshishi, davlatning siyosiy tuzilishi kabi boshqa hamma narsalar faylasufona fikr yurilish (nazariy fikrlash) mavzusi bo'lgan. Nazariy dunyoqarash bo'lgan falsafa, shu bilan birga m antiqiy tizimlashtirilgan dunyoqarash hamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga bo'lgan qarashlaming oddiy majmui emas, balki muayyan, ratsional-mantiqiy usul bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir. Falsafa inson nazariy faoliyatining yagona shakli emas.
Fan ham xuddi shu kabidir. Biroq falsafa fandan farqli o'laroq nazariylashtirishning yakuniy (oxirigacha oborilgan) luridir. Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi quyidagilarda ifodalanadi. Birinchidan, bu falsafa fani prcdmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi bo'lmagan biron-bir bilim yoki hayot sohasi mavjud emas. Shuning uchun ham biz tabiatshunoslikning falsafiy muammolari, siyosat va huquqning falsafiy muammolari, tilshunoslikning falsafiy muammolari, texnikaning falsafiy muammolari va boshqalar haqida gapiramiz. Ikkinchidan, bu turli hodisa, voqea va jarayonlarning yakuniy umumiy ta’rifi va tushuntirishdir. Falsafani hamma narsa emas, eng awalo umumiy; universal hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug'ullanmaydi. Xususan, rivojlanish mcxanizmini o'rgana turib, u bironbir rivojlanishning xususiy sohasi (masalan, biron-bir muayyan til rivoji yoki umurtqali hayvonlar asab tizimining rivojlanishi)ga daxl qilmasdan, rivojlanish kategoriyasini universal qonuniyat darajasigacha tahlilini chiqaradi.( Nazariy tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan in a xs usjialeguova I a r - umumiy tushunchalar: borliq, sifat, mohiyat, sabab,__ zarurat va boshqikiri^iM^ch+qdgaii. Uchinchidan, falsafaning yakuniy nazariylashtirislii uning rcflcksiyaga — o'z-o'zini tahlil qilishga moyilligi, ya’ni o'z-o'zini bilishi, falsafiy fikrni o'ziga nisbatan qaratishi bilan xotimalanadi.
Falsafa nimanidir o'rganib qolmay, balki shu o'rganishning sharoit va yo'llarining o'zini ham faylasufona fikr yuritish mavzusiga aylantiradi. Falsafa umumiy ’ Fal*afa bil(ish va amaliyotning universal metodologiya sifatida ^moytHamii о rgamshi bilan ham umumiy usul, ham m сtouо I(igiyaciir. Inson o'zining amaliy va bilish faoliyatida qanday yo'l va usullar bilan u yoki bu natijaga erishishi mumkinligi to'g'risida o'ylamasligi mumkin emas. Awal boshdanoq maqsadga yo'nalganlik xos bo'lgan inson faoliyatining o'zi o'zining universal xususiyati sifatida usullashtirishni nazarda tutadi. Boshqacha aytganda, gap, turli usullaming inson hayotida muhim ahamiyatga ega ckanligi haqida ketayapti.
Buni keng ma’noda, har xil masalalar (kundalik, nazariy, pedagogik, texnik va boshqalar)ni hal qilish uchun qo'llanadigan umumlashtirilgan yo'l, usul va tamoyillanling majmui sifatida tushunish kerak Eng oddiy uslubiy rejalar bashariyat ibtidosidayoq amaliy faoliyat usuli sifatida vujudga kelgan.
Ma’lum bosqichda, jumladan, falsafa sohasida ham bilish usullari shakllangan. Adabiyotlarda xususiy ilmiy, umumiy ilmiy va umumiy usullar farqlanadi. Falsafa bularning oxirgilariga taalluqlidir. Nima uchun falsa fani eng umumiy usul sifatida tavsiflash mumkin? Birinchidan, fanlarga tcgishli xususiy ilmiy va umumiy ilmiy usullardan farqli o'laroq, falsafa faqat fanga emas, balki san’at, siyosat kabi inson hayotining boshqa jihatlariga ham o'zining metodologik ta’sirini ko‘rsatislii bilan ajralib turadi. Ik kinchidan, falsafiy usullar amalda qo'llanadigan, bilishda qo'llanadigan usullardan farq qilgan holda insonning ham amaliy, ham bilish faoliyatini qamraydi.
Falsafa faqat usul emas, balki metodologiya, ya’ni tamoyillar tizimi va tashkil topish usullari, bilish va amaliy faoliyat tuzilishi, shuningdek, ushbu tizim to‘g‘risidagi ta’limot ham hisoblanadi. Bilish va tafakkur rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etgan usullar va tushunchalar aynan falsafa doirasida kashf qilingan va ishlab chiqilgan. XVIII asrga qadar haqiqiy bilimga erishishning universal usuli deb hisoblangan Arastu mantiqini, F.Bckonning tajribaviy-induktiv usulini, R.Dekartning deduktiv-ratsionalistik usulini, Gegelning dialektik usuli kabilarni misol kcltirish yctarlidir. Falsafaning metodologik vazifasi uning dunyoqarash vazifasi bilan chambarchas bogiiq. Bu falsafada shakllangan olam manzarasining ayni bir paytda metodologiya ham bo'lib, inson tafakkuri va xulqiga, faoliyatning turli sohalari (fan, san'at, siyosat va hokazolar)ga metodologik ta’sir etishini anglatadi. Shunday qilib, falsafa o'zining metodologik vazifasini amalga oshirib, tafakkur va xulq usullarining vujudga kclishi hamda shakltanishida bevosita qatnashadi. Bu usullar har bir tarixiy davr o'zini anglaydigan va ifodalaydigan shakllardir.
U yoki bu falsafiy tizimlami ular shakFalsafa tarixiy davrning llangan ijtimoiy-tarixiy sharoitga murojaat o‘z-o‘zini idrok qilish sifatida qjjmay) ularning tarixiy asosini ko‘rib chiqmay turib, ularning o‘zidan, ya’ni falsafiy matndangina kelib chiqqan holda, to‘la-to‘kis tushunish mumkin cinas. Har qanday falsafa, ya’ni u xoh antik davr falsafasi, xoh o'rta asr falsafasi yoki Uyg'onish davri falsafasi boisin — o'z davrining mahsulidir. Masalan, Uyg'onish davri Yevropa falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishi feodal jamiyatga qarshi turuvchi ilk burjuaziya jamiyati madaniyati asosida yuz bergan.
Aynan shunday tarixiy asosda Uyg'onish davri falsafasining insonparvarlik', klerikalistik (cherkoviy) va qotib qolgan aqidalarga bo'lgan qarshiligi, qadimgi davr orzulariga bo'lgan yo'nalishi kabi xususiyatlari o'z ifodasini topadi. Falsafiy yo'nalishlar (maktablar) va falsafiy muammolar to'g'risida ham xuddi shunday dcyish mumkin. Masalan, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr birinchi yarmida G'arbiy Yevropa falsafasidagi irratsionalizmning avjiga chiqishi yangi davr sivilizatsiyasidagi bo‘hron, kapitalizm bo‘hroni Yevropa bo‘ylab tarqalgan ij'timoiy inqiloblarda, birinchi jahon urushi va dunyoni ikki qutbga boiinib ketishi o‘z ifodasini topdi. Bundan tashqari, u mexanistik tabiatshunoslik bo‘hroni, Yangi davming qadriyatlari yo‘nalishi va dunyoqarashi asoslarining natijasi boiib: ssientizm, akademizm, gnoseologizm va “mutlaq tizimlar” tuzilishidagi bo‘hronlar natijasi hamdir. Falsafaning muayyan-tarixiy tabiati nafaqat davr oichovida, balki makon-sivilizatsiya o‘lchovida ham namoyon boiadi. Falsafa o‘z davrininggina emas, balki muayyan sivilizatsiya, muayyan jamiyat, muayyan madaniyatning ham mahsulidir. Masalan, biz G ‘arb va Sharqning falsafiy an’analari, islom, xristian va buddaviylik falsafasi, totalitar va demokratik jamiyatlar falsafalari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin.
Falsafiy bilimlaming muayyan-tarixiy tabiatini va uning madaniy-ma’rifiy jihatdan bogiiqligini Gegel, K.Marks, O.Shpengler, B.Rassel, K.Yung kabi yevropalik mutafakkirlar, islomiy mutafakkirlar (M.Iqbol, M.Sharif, S.Nasr), hindistonlik faylasuflar (S.Vivekananda, R.Tagor, R.Raju, S.Radxakrishnan), yaponiyalik faylasuf (D.Sudzuki), Lotin Amerikasidan (L.Sea), afrikalik faylasuflar (A.Kagame, L.Sengor) va boshqalar ko‘rsatib o‘tgan edilar. Falsafa shunchaki tarixiy davr mahsuli emas. U mazkur davr mohiyati va asosiy yo'nalish (tendcnsiya)larini nazariy, umumlashgan shaklda ifodalaydi.
Gegel falsafani g‘oyalarda tushunilgan davr deb bejiz ta’riflamagan. Falsafa o‘/.ining muammolari va tushunchalar apparatida insoniyat to‘plagan amaliy hamda bilish tajribasini yig‘adi, tabiiy va bashariy borliqning turli tomonlarini anglash bo'yicha qidiruvlami uyg‘unlashtirib birlashtiradi va tizimlashtiradi, zamonning “keskin tomir urishF’ni qayd etadi.
Boshqacha aytganda, falsafa o'zining muammoviy va kategoriyaviy tuzilishida u yoki bu davr borligi va ongining ichki, mohiyatiy jarayonlarini umumiy, nazariy shaklda ifodalaydi. Falsafa Falsafa “dunyo - inson” tizimini tushunishga inaksiologiya sifatida unda У02 ЬегаУо18ап jarayon va munosabatlami faqat gnoseologik jihatdan, “haqiqat” nuqtayi nazaridan qaramaydi. Uning uchun bu jarayonlar va munosabatlami qadriyatlar orqali, “Ezgulik”, “M uruwat”, “Yovuzlik”, “Foyda ”, “G o‘zallik”va hokazolar nuqtayi nazaridan baholash ham muhimdir. Bu jihatdan falsafa aksiologiyadir (qadriyatlar to‘g‘risidagi ta’limot, grekcha axios - qadrli va logos — ta’limot so‘zlaridan). Falsafaning qadriyat yo‘nalishi uning dunyoqarashiga taalluqli tabiatidan kelib chiqadi. Biz har qanday dunyoqarashni insonning dunyoga boigan munosabati deb qayd etgan edik. Va bu munosabatlami oddiy dalillar, jaray onlar, hodisalar, hattoki ularni tushuntirish va tushunishni qayd qilish deb bo'lmaydi. Faylasuf uchun dunyo — bu beparvo kuzatuvchi tomonidan mikroskop orqali ko'riladigan tor, ajratilgan bir parcha borliq emas. Bu dunyo hamisha inson, uning ehtiyojlari, ishonchlari va ideallarining o‘zaro munosabati orqali “insoniylashtirilgan” va “ruhlantirilgan”.
Dunyoda ro‘y beradigan barcha narsalar inson uchun o‘z me’yoricha ahamiyatga ega. Falsafaning dunyoni faqat bilishi emas, balki uni baholashi ham shundan kelib chiqadi. Bundan tashqari, har qanday falsafiy tizimning o‘zi qadriyatlarning muayyan tizimi sifatida narhoyon bo'ladi. Masalan, biz g'arbiy va sharqiy tafakkur turining xristian va islom falsafasi qadriyatlari to'g'risida gapirishimiz mumkin va hakozo. Falsafa o'zining aksiologik (qadriy) vazifasini bajara borib, quyidagi savollami beradi: “Mavjud dunyo mukammalmi?”, “Bu dunyo qanday bo'lishi kerak?” Falsafa mavjudlik bilan vujudga keladigan narsa o'rtasidagi ziddiyatni ochib beradi. Falsafa vujudga kelishi kerak bo'lgan narsa to'g'risida savol berib, bu bilan inson ongida ro'y berishi kutilayotgan g'oyalar, borliq uyg'unligini qidirishni qo'zg'atadi. Falsafa tanqid Falsafa dunyoni ideallar (bo'lishi kerak) nuqtayi nazaridan sifatida baholab, buni tanqid orqali amalga oshiradi. Falsafa o'zining birinchi qadamini shubhadan boshlagan. Falsafaning falsafagacha bo'lgan davrdagi dunyoqarashdan (afsonaviy, diniy) asosiy farqlaridan biri mana shudir. Ilk davming Misr, Bobil va Hindistondagi falsafagacha bo'lgan davr matnlaridayoq diniy e’tiqodning haqiqiyligiga, ijtimoiy hayot negizlarining adolatliligiga shubhalami uchratish mumkin. Faylasuflardan birinchi bo'lib Suqrot (eramizdan awalgi 470-399-yillar) barqaror tasawurlarga: “Men hech narsani bilmasligimni bilaman”, deya shubha bilan qaradi. Suqrot savol-javob orqali odamlar bilan bahslashib, suhbatdoshi tasawurlarining yuzakiligini fosh qiladi va ulaming mutlaq haqiqat deb qabul qilganlari aslida bor-yo'g'i har kungi mulohaza ekanligini e’tirof etishga olib kelgan.
Yangi davrda qator yevropalik faylasuflar (F.Bekon, R.Dekart, I.Kant) shubha-va tanqidni maxsus ko'rib chiqish mavzusiga aylantirganlar. Falsafa nimadandir shunchaki shubhalanmaydi va nimanidir shunchaki tanqid qilmaydi. U dunyoqarash boigani holda dunyoqarashning barcha tarkibiy qismlari (bilim, burch, ishonch va boshqalar)ni umumiy shubha va tanqid ostiga oladi. Shu bois falsafa hamisha “Haqiqatan ham men bilamanmi?”, “Haqiqatan ham men majburmanmi?” , “Haqiqatan ham men ishonamanmi?” deb savol beradi.
Falsafa dunyoqarash asoslariga shubha bilan qarab, ularni tanqid qilishga o'tadi. O'zining tanqidiy vazifasini bajara turib, falsafa mavjud voqelikni tanqid ostiga oladi va yangiliknmg tug'ilishiga sharoit yaratadi. Falsafa bor liq va tafakkurning mavjud borlig‘ini tanqidiy tahlil qilib, shubha urug‘ini qadab, fuqaroning ijodkorlik ongining shakllanishiga sharoit yaratadi. Oldindan belgilangan o'zgarmas qonun-qoidalarga asoslangan an’anaviy jamiyatlarda, hamda boshqaruvning demokratik bo‘lmagan usullari (totalitar, avtoritar tartib)ga asoslangan jamiyatlasda tafakkurning tanqidiy yo'nalishi bunday tafakkur egasi uchun xavflidir. Bunday jamiyatlarda itoat qilish va bajarish kabi sifatlar qadrlanadi. Tanqidiy tafakkurni nigilizm ya tanqidbozliMan farq qila bilish kerak. Tanqidbo/.lik tafakkur madaniyatining pastligidan, uning “tanqid uchun tanqid”da namoyon boiadigan destruktiv xususiyatlardan dalolat beradi. Madaniy falsafiy tafakkur tanqidi predmetlami nigilistik uloqtirishga olib kelmasdan, balki uning ichki o'zaro aloqasini tadqiq etadi. Shu bois falsafiy tanqid hamisha tahlil hamda predmetning mantigi va rivojlanish dinamikasini chuqur mulohaza qiluvchi jarayondir. Falsafa bashoratlash Falsafa davr rivojlanish dinamikasini aks ettirib va loyihalash va nazariy tafakkur usulini qo'llab, mavjud jarayonsifatida shunchaki qayd qilib qo‘ya qolmaydi; u kelajakni “oldindan belgilash”ga intiladi va shu bilan bashoratlash, loyihalash va evristik va/Hani. amalga oshiradi.
Falsafaning bashoratlash vazifasi oldindan ko'ra bilishni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lib, loyihalash funksiyasi kclajakda boiishi mumkin bo'lgan voqealar ketma-ketligini tuzish, “bo'lishi mumkin bo'lgan dunyolar”ni loyihalash; evristik vazifasi uning ilmiy kashfiyotlarda ishtirok etishi, oldindan ko'ra bilish yo'li bilan ilmiy bilimlami orttirish bilan bog'liqdir. Falsafiy evristikaning imkoniyatlari fanning empirik bazisi va oldingi nazariyalaming tushuntirish imkoniyati ning chcklanganligi, ilmiy ijod va ilmiy kashfiyot jarayonlarida noilmiy tarkibiy qismlaming muhim ahamiyati, yangi yondashuv va nuqtayi nazarlami qidirishda ilmiy bilim o'z chegarasidan chiqishi bilan bog'liq obyektiv asoslarga ega.
Falsafiy g'oya va bahslarning fan rivoji uchun evristik qimmati misoli sifatida atomistik taiimot, rivojlanish prinsiplari, dunyoning cheksizhgi va birligi, rivojlanish jarayonida zamrat va tasodifning roli to'g'risidagi g'oyalar va hokazolami keltirish mumkin. Falsafa mafkura Falsafa “bo'lishi mumkin bo'lgan dunyolar”ni yaratsifatida ib, inson hayotidagi erkinlik, jamiyatni demokratlashtirish va tolerantlik (chidam)ning muhim shartlaridan hisoblangan “polivariant' tafakkurning rivojlanishiga sabab bo'ladi. Falsafa o'zining dunyoqarash vazifasini bajara borib, ya’ni insonning dunyoga nisbatan muayyan munosabati va qadriyatlarning muayyan tizimini shakllantirib hamda jamiyatshunoslikka bevosita daxldorligi bilan ham mafkura sifatida maydonga chiqadi.
Odamlar mavhum - egasiz shaklda, muayyan-tarixiy sharoitdan tashqarida mavjud bo'la olmaydi; ular m aium jamiyat, davlat, sinf, elat, jinsning vakili hisoblanadi, ma’lum tarixiy davr va vujudga kelgan tarixiy vaziyat mahsuloti hisoblanadi. Shunday qilib, dunyoga nisbatan falsafiy munosabat, albatta, mafkuraviy munosabatlar bilan bev osita ifodalanadi. Bularda esa m aium ijtimoiy guruh va institutlar vakili sifatida insonlarning manfaatlari qayd etiladi. Mafkura - g ‘oyalar, qarashlar, nazariyalar va ideallar tizim i va majmuidir. Bular tizimlashtirilgan shaklda ma ’lum ijtim oiy manfaatlar nuqtayi nazari orqali insonning atrof-borliqqa (eng awalo, ijtim oiy hayot jarayonlariga) munosabatiniaks ettiradi vayo'naltirilgan holda shakllantiradi.
Har qanday mafkura me’yoriy qadriyatlarni eion qiladi va asoslaydi. Umuman muayyan ijtimoiy guruh, jamiyatning bir qismi yoki uni toialigicha intilish va maqsadlarini ifodalaydi. Mafkura falsafiy, siyosiy, diniy, huquqiy, axloqiy (etik) va estetik qarashlar shaklida mavjud boiadi. Har qanday mafkura m aium ijtimoiy guruh, institutlar va umumiy birlashmalar, tuzilmalar (davlat, partiya, jamoat harakatlari, diniy, jinsiy, yoshga oid, etnik, irqiy va boshqalar) manfaatiga asoslanadi. Mafkura maium ijtimoiy guruhlar manfaati bilan bog'liqligi tufayli muayyan ijtimoiy munosabatlaming mustahkamlanishi yoki ulami o'zgarishiga xizmat qilishi mumkin, bu esa falsafada ham o'z ifodasini topadi.
Masalan, yangi davr Yevropa falsafasida yangi sinf - buijuaziyaning va yangi ijtimoiy tuzum - kapitalizmning mafkuraviy maqsadlari ifodalangan edi. Kapitalizmning rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlari, sanoatning rivojlanishini taqozo qilar edi, bu esa o'z navbatida tabiiy fanlar, texnika va texnologiyaning rivojlanishini nazarda tutar edi. Yangi davr falsafasidagi mantiq va bilish nazariyasi masalalari haqiqiy bilimga erishish yoilari va usullarining o'rta asrdagi olamning diniy qurilishi to'g'risidagi sxolastik bahslarni orqaga surib qo'yib, markaziy o'rinni egallaganligi tasodif emas. Falsafaning mafkura sifatida m aium ijtimoiy guruh yo'nalishi va intilishlarini ifodalashi u yoki bu mafkura qat’iy bir xil falsafiy g'oya va tushunchalardagina mavjud boiishga majbur, degan ma’noni bildirmaydi.
Masalan, yangi sinf - buijuaziya va yangi tarixiy davr mafkurasi bo'lgan Yangi davr falsafasi sira ham yagona emas edi. Bundan tashqari, biz unda to'g'ridanto'g'ri qarama-qarshi yo'nalishlar: monizm va plyuralizm, materializm va idealizm, dialektika va metaflzika, empirizm va ratsionalizm kabilaming to'qnashuvini uchratamiz. Turli ijtimoiy qatlamlaming manfaatlari bir-biriga mos kelmasligi, ba’zan esa murosaga keltirib boimaydigan darajada qarama-qarshi bo'lishi ham mumkin. Shu bilan birga bu manfaatlar tarixiy riVojlanish mantig'iga mos kelishi, ayrim hollarda esa taraqqiyotga qarshilik ko'rsatishi ham mumkin. Bunday hollarda, falsafiy konsepsiyalar ham muayyan-tarixiy davrga bog'langan nisbiy qadriyatga ega bo'lishi mumkin.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling