Mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari g'arb falsafasi va Borliq ontologiyasi,rivojlanish falsafasi
Download 24.06 Kb.
|
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari g\'arb falsafasi va Borliq ontologiyasi,rivojlanish falsafasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lukresiy Kar
Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‘lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‘tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani o‘ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima?
Bor bo‘lishning o‘zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o‘ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga javob berishga imkon tug‘diradi.Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo‘lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‘q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‘rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug‘iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi.
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. U haqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo‘shliqdan iborat deya ta’lim beradi. Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o‘rta asrlar falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi va amal qildi. Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‘onaga ko‘targan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta’limotini rimlik Lukresiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati to‘g‘risida» nomli asari bilan mashhur bo‘lgan. Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan gnostisizm eramizning 150 yillarida o‘zining yuksak ravnaqiga erishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga moslashgan. Dualizm — gnostisizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida materiya hamma vaqt yovuzlik timsolidir. «Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda Farbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Farbda eng yirik cherkov otalaridan biri «Pok» degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy Avgustin (354-430) bo‘lib hisoblanadi. U faylasuf va islohiyotchi bo‘lgan. «Sxolastika»- so‘zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo‘lib, «o‘qish joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Sharqda mashhur bo‘lgan cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) edi. Uning 640ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Realizm. Uning yirik vakillaridan biri Angelm Ketterberiyskiy (1038-1109) dir. Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlari mo‘’tadil realistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakillari Per Abelyar va Foma Akvinskiylar bo‘lgan. Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda vujudga keldi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi «himoya qilish», — demakdir. Uyg‘onish davrida Yevropada falsafaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan biri nemis Nikolay Kuzanskiydir (1401-1464). Kuzanskiy ta’limoticha, xudo hamma narsalarda mavjud, shuningdek, hamma narsalar xudoda mavjud. Filosofiya va fan rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shgan uyg‘onish davrining mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernikdir (1473-1543). Ma’lumki, fan tarixida Kopernik o‘zining fanda tub o‘zgarish yasagan geliotsentrik ta’limoti bilan mashhur bo‘lgan. Kopernikning geliotsentrik nazariyasidan chuqur ilmiy xulosalar chiqargan mutafakkirlardan biri italiyalik Jordano Brunodir. Bruno geliotsentrik nazariyani himoya qilish va targ‘ib qilish bilan cheklanib qolmaydi. U tabiatshunoslik tajribalarini hisobga olib, bir necha muhim nazariy xulosalar qildiki, ular filosofiyani yana ham boyitdilar. Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi ham insoniyat tarixida eng buyuk ko‘tarilish davrlaridan biri bo‘lib qoldi. Uyg‘onish davrining natijasi sifatida namoyon bo‘lgan Farbiy Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Niderlandiyada XVI asrning 60-70 yillarida, Angliyada XVII asrning 40-50 - yillarida bo‘lib o‘tdi. Download 24.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling