Mavzu: Fanning maqsad va vazifalarini, xaritalarni tuzishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish. Reja


Download 213.61 Kb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi213.61 Kb.
#1158013
  1   2
Bog'liq
1.Mavzu Kartalarni loyiha


Mavzu: Fanning maqsad va vazifalarini, xaritalarni tuzishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish.
REJA:

  1. Fanning maqsadi va vazifalari.

  2. Kartalarning axamiyati.

Tayanch iboralar.Karta, kartografik manbashunoslik, geoinformatsion kartografiya, kartalarni jixozlash, ob’ekt, predmet, kompleks karta.




Kartani ta’rifi, xususiyatlari va axamiyati
Xozirgi vaqtda kishilarning kundalik hayoti va faoliyatida geografik kartalarning ahamiyati nihoyatda katta. Birorta ilmiy asar yoki darslik Er yuzasidagi voqea va xodisalarning xududiy tafsilotlarini kartadek mufassal tasvirlab beraolmaydi. Kartada faqat Er yuzasida ro‘y berayotgan voqea va hodisalar emas, balki atmosferada bo‘layotgan hodisalar (shamollar, yog‘in-sochinlar, bulutliklar, bosim quyosh radiatsiyasi va x.k), er ostidagi xodisalar (er osti suvlari va ularning xarakati, sifati, geologik jarayonlar, zilzilalar va boshqalar) sezgi organlarimizga ta’sir qilmaydigan xodisalar (er magnitizmi, magnit strelkasini og‘ish burchagi), kosmosdagi tafsilotlar va ularning xarakati (osmon yulduzlari va oydagi o‘zgarishlar) ham tasvirlanishi mumkin. Xozirgi vaqtda karta orqali operativ ma’lumotlar (ob-xavo, jahonda bo‘layotgan siyosiy o‘zgarishlar, va boshqalar) berilmoqda. Xozirgi kunda karta ko‘rgazmali o‘quv quroli emas, balki xilma-xil voqea va hodisalar haqida ma’lumot beradigan manba bo‘lib qoldi. Ba’zi vaqtlarda ish quroli ham bo‘lib ishlatilmoqda. Masalan, samolyot xavoga ko‘tarilgach uni boshqaruvchi-uchuvchi aeronavigatsiya kartasi yordamida, dengiz va okeanlarda suzadigan kemalar xarakatini boshqaruvchi xattoki uzoq yo‘lga chiqadigan avtomobil xaydovchilari ham maxsus kartalardan foydalanadilar.
Hozirgi davrda qurilayotgan xamma inshoatlarni qaerda qurish masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma ishlarning birortasini kartasiz rejalashtirish va bajarish mumkin emas. Mamlakatimiz boyliklarini o‘rganish va undan to‘g‘ri foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarni to‘g‘ri joylashtirish, tabiatni muxofaza qilish ishlarini bajarishda nihoyat harbiy ishlarni olib borishda kartani o‘rni nihoyatda kattadir. Karta armiyani ko‘zi deb bejiz aytilmagan.
Xar bir vatanimiz fuqarosi qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z vatanini bilish uchun kartani bilishi kerak va undan foydalana olishi zarur.


Karta to‘g‘risidagi dastlabki bilimni maktabda geografiya fani o‘qitib o‘rgatadi. SHuning uchun xozirgi vaqtda xukumatimiz maktab talimida hamma fanlar qatori geografiyaga xam katta e’tibor berib, 4-sinf dan to 9-sinfgacha geografiya o‘qitilib, unda kartografiya sohasiga katta e’tibor qaratmoqda. Masalan, 4-9 sinflar uchun geografik atlaslar chop etilgan, undan tashqari hamma geografiya darsliklarida etarli darajada xar xil mazmundagi tekstli kartalar berilmoqda.
Xo‘sh endi karta nima ekan degan savol tug‘uladi. Karta deb Er yuzasini, osmon bo‘shlig‘ini va ulardagi obektlarni joylashishini va holatini matematik yo‘l bilan kichraytirilib, generalizatsiya qilinib, shartli belgilar asosida yaraligan tasvirga aytiladi.
Ba’zi manbalarda karta- Er yuzasini tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb yuritilib kelingan. Xaqiqatdan ham geografik kartalar matematik yo‘l bilan xisoblash natijasida Er ellipsoidini tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida vujudga keladi. YUqorida aytganimizdek, kartalarda voqea va xodisalarning miqdorini, sifatini, joylashgan o‘rnini va boshqa xususiyatlarini kartaga qarab bilish mumkin. Lekin kartaning maqsadiga, masshtabiga va ishlatilishiga qarab tasvirlanayotgan tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib ya’ni generalizatsiya qilinib tasvirlanadi.
Xozirgi vaqtda kartada faqat Er yuzasidagi voqea va xodisalargina tasvirlanmasdan, osmon sferasidagi voqea va xodisalar ham tasvirlanmoqda. Masalan, oyning atlasi va globusi, marsning kartasi va h.k.lar.
Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo‘lib, tasvirlanayotgan hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini, voqea va hodisalarning joylanish xususiyatlarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini xatto o‘zgarishlarini bashorat qilib tasvirlab berishi mumkin.
"Karta" atamasi o‘rta asrlardan buyon foydalanib kelinmoqda. Bu atama lotincha "shagtes so‘zidan olinib papirus kog‘oz varag‘i degan tushunchani bildiradi.
Xozirgi vaqtda "karta" atamasi dunyoning turli davlatlar tillarida ishlatilib kelinmoqda. Masalan, fransuzcha-saye, nemischa-kaye, italyancha-saya, gollancha-kaap va x.k.lar. shu bilan bir qatorda bu atama o‘rniga bir qancha davlatlarda boshqa atama ya’ni "mappa" so‘zini ishlatib polotnani bir bo‘lagi degan ma’noni bildiradi. Masalan, inglizlar - mar deb ataydilar. Ba’zi mamlakatlarda ikkala atama ya’ni inglizlar "say" so‘zini dengiz va aerogavigatsiya kartalarida ispanlar esa saya atamasini faqat dengiz kartalarida ishlatiladi. Bazi mamlakatlarda butunlay boshqa atamalarni masalan vengerlar-echker (joy tasviri) degan atamani ishlatadilar.
O‘zbekistonda yaqinlargacha karta atamasi ishlatib kelingan, lekin bazi bir tashkilotlarda (O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida, gazeta jurnallarda, ba’zi kitoblarda) xarita atamasini foydalanilmoqda. Lekin ular xarita atamasini mazmuni nimani bildirishini tushunmasdan foydalanishmoqda. Bu sohani o‘rgatadigan kartorgafiya deb yuritishmoqda. Lekin xukumatimizni "Kartografiya va geodeziya" to‘g‘risidagi qonun chiqargai va "O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi" da "Kartografiya"-atamasi bor ekanini va u bilan bog‘liq bo‘lgan "Kartografiya ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi", O‘zbekiston Milliy Universitetida "Geodeziya, kartografiya va kadastr" kafedrasi va u erda kartograf kadrlar tayyorlanishini va nixoyat shu fan bilan bog‘liq bo‘lgan 20 dan ortiq atamalar (kartografik metod, kartografik proeksiya va boshqalar) borligini bilmasalar kerak.
Ba’zilar "Xaritagrafiya" ni "Kartografiya" fanini o‘zbekcha varianti deb xisoblab yangilishadilar. Masalan, "xarita"- o‘zbekcha bo‘lsa "grafiya"- lotinchaku. Demak "Xaritagrafiya" ikki xil tildan tashkil topar ekanda.
U Ko‘pchilik kartografiya fani rivojlangan g‘arbiy Evropa va MDX mamlakatlari, karta atamasini ishlatib kelmoqda. Nima uchun biz karta va kartografiya atamalaridan voz kechishimiz kerak. YUqoridagilardan xulosa chiqarib biz kartograflar karta atamasidan foydalanishimiz kerak deb o‘ylaymiz.

Download 213.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling