Mavzu: favqulodda vaziyatlar ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi. (Fvdt)ning strukturaviy tuzulishi
Download 17.24 Kb.
|
24 FVlar ularni oldini olish
MAVZU: FAVQULODDA VAZIYATLAR ULARNI OLDINI OLISH VA HARAKAT QILISH DAVLAT TIZIMI. (FVDT)NING strukturaviy tuzulishi. Reja: 1. Fuqaro muhofazasi strukturasi kimlardan iborat; 2. Fuqaro muhofazasi tarkibi; 3. Fuqaro muhofazasi axborot markazi vazifasi; 4. Fuqaro muhofazasi xizmatining huquq va majburiyatlari. Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat; -Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy-me`yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish; -Respublika hududidagi mumkin bo`lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash ularning oqibatlarini baholash; -Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta`minlashga,xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta`minlashga qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; -Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun muljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta`minlash; -Aholini,boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash; -Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini yaratish; -Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish; -Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish; -Favqulodda vaziyatlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish; -Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan ,ularni bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish; -Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida halqaro hamkorlik qilish. Respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarinig asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: -Tabiiy favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, FV sharoitida xalq xo`jalik tarmoqlarining barqaror faoliyat ko`rsatishlarini ta`minlash; -Aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida Respublika maqsadli va ilmiy–texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish; -Respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holda saqlash; -Atrof-muhit hamda kuchli xavfli ob`yektlarning holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash; -Boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda harakat qilishga tayyorgarligini ta`minlash; -Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni, shu jumladan, evakuatsiya ishlarini o`tkazishga oid tadbirlarning bajarilishini ta`minlash, zarar ko`rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish; - Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Respublika moliyaviy va moddiy resurslar zahirasini yaratish; -FVlardan zarar ko`rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish; -Favqulodda vaziyatlarda idoraga qarashli ob`yektlarning rahbarlari tarkibi, kuch va bositalarini, shuningdek xodimlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish va boshqa ishlarni bajarish. FVDT boshqaruv organlarining ob`yektlar darajasidagi bazifalari quyidagilardan iborat: -Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish,ob`yektlar ishining FVlar chog`ida ishonchliligi va barqarorliligini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish; -Boshqaruv organlarining, ob`yektlar kuch va vositalarining FV chog`ida harakatlarga tayyorgarligini ta`minlash; -Avariya–qutqaruv hamda boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarga shu jumladan, ob`yektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlikni amalga oshirish; -Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish; -Ob`yektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini FVlardagi harakatlarga tayyorlashni tashkil etish; -Har bir korxonaning FM boshligi FMni tashkil etilishini, uning holatini, kuchlarini, texnikasini doimiy tayyor holatda bo`lishligini nazorat etadi, hamda qutqaruv va qayta tiklash ishlariga rahbarlik qiladi. Korxona FMning boshlig`i shu korxona joylashgan rayon FMga va shu korxonaning yuqori tashkiloti FMsiga bo`ysunadi. FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi: -Aloqa va tashviqot guruhi; -Qutqaruv, qidiruv va o`ta shoshilinch ishlarni amalga oshirish guruhi; -Yong`inga qarshi va o`t o`chirish guruhi; -Tibbiy xizmat ko`rsatish guruhi; -Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta`siriga qarshi ish olib boruvchi guruh; -Jamoa tartibini saqlash guruhi; -Elektr ta`minoti guruhi; -Avariya-texnikani ta`mirlash uruhi; -Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko`rsatish guruhi; -Transportda xizmat ko`rsatish guruhi; -Moddiy ta`minot va boshqa vazifalarni bajaruvchi guruhlar; -Bularga maxsus topshirlarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig`i tomonidan rahbar etib ob`yektda doimo ishlab kelayotgan, bo`lim, sex, smena boshliqlari tayinlanadilar. FVDT kuchlariga quyidagilar kiradi: 1. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari; 2. Hududiy va ob`yektlarning harbiylashmagan umumiy-maxsus maqsadli tizimlari; 3. Mahalliy hokimiyat organlarinig (viloyat, shahar, va tumanlar) FVV (favqulodda vaziyatlar vazirligi ) ning qutqaruvchi komandalarining tizimlari; 4. FVVga to`g`ridan-to`g`ri hamda tezkor bo`ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tizimlari; 5. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda, professional-ixtisoslashtirilgan avariya- qutqaruv va avariya tiklash bo`limlari; 6. Ob`yektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari; 7. Qizil yarim oy, hamda Qizil xoch jamiyati ko`ngilli otryadlari; 8. Vatanparvar, mudofaaga ko`maklashuvchi tashkiloti. Bularning tarkibida respublikamiz bo`yicha, “Najodkor”, RQQM-(Respublika qidiruv-qutqaruv markazi hamda) SQXT (Suvdan qutqarish xizmati tizimlari) tuzilgan bo`lib, Respublikamiz miqiyosida bo`ladigan har qanday FVlarda fuqarolarni qutqarish vazifalarini bajaradilar; FVDT ning mablag`i quyidagilardan tarkib topgan: -Davlat byudjeti hisobidan; -Mahalliy byudjet hisobidan; -Vazirlik va uning tarmoqlari hisobidan; -Muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag`lari hisobidan; -Qizil xoch; va Qizil yarim oy; -Jamiyatining birlamchi zaxiralar hisobidan; -O`zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari va boshqalar. Dunyoda shu davrga qadar tabiiy ofatlar doimiy ravishda bo`lib keldi va bundan keyin ham yuz berishi ehtimoli ko`p. Download 17.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling