Mavzu: Fazodagi egri chiziqqa o'tkazilgan urinma tekislik va normalni aniqlash
Download 47.23 Kb.
|
1-mavzu
Mavzu: Fazodagi egri chiziqqa o'tkazilgan urinma tekislik va normalni aniqlash. Reja: Egri chiziqqa o`tkazilgan urinma ta‘rif. Urinmaning mavjudligi va yagonaligi sharti. Urinmaning turli ko`rinishdagi tenglamalari. Normal tekislik va uning tenglamasi. Urinma tushunchasi va uning ta‘rifi bizga analitik geometriya kursidan ma‘lum. Lekin biz quyida urinmaning boshqacha, lekin oldingi ta‘riflarga teng kuchli bo`lgan ta‘rifini beramiz. Bu ta‘rif kelgusi mavzularni o`rganish uchun ancha qulaydir. Aytaylik egri chiziq va uning biror Р nuqtasi berilgan bo`lsin. Р nuqta orqali g to`g`ri chiziqni o`tkazamiz. egri chiziqda Р nuqtaga yaqin bo`lgan Q nuqtani olamiz (2-shakl). Р va Q nuqtalar orasidagi masofani d bilan, Q nuqtadan g to`g`ri chiziqqacha bo`lgan masofani esa bilan belgilaymiz. Ta‘rif. Agar Q nuqta egri chiziq bo`ylab Р nuqtaga intilganda (/d)0 bo`lsa, u xolda g to`g`ri chiziqni egri chiziqqa Р nuqtasida o`tkazilgan urinma deyiladi. Agar egri chiziq Р nuqtada urinmaga ega bo`lsa, u xolda Q nuqta Р nuqtaga intilganda РQ to`g`ri chiziq shu urinmaga intiladi va aksincha, agar РQ to`g`ri chiziq Q nuqta Р nuqtaga intilganda biror to`g`ri chiziqqa intilsa bu to`g`ri chiziq shu nuqtadagi urinma bo`ladi. TEOREMA. Silliq egri chiziq o`zining xar bir nuqtasida urinmaga ega bo`lib, u yagonadir. Agar r=r(t) ning vektor tenglamasi bo`lsa, Р nuqtadagi urinmaning yo`nalishi r'(t) vektorning yo`nalishi bilan bir xil bo`ladi. ISBOT. Faraz qilaylik egri chiziq Р nuqtada urinmaga ega bo`lib, у g to`g`ri chiziqdan iborat bo`lsin. Р va Q nuqtalar orasidagi d masofani |f(t+t)-f(t)| ko`rinishda ifodalashimiz mumkin. Bu yerda Q nuqtaga parametrning t+t qiymati mos qo`yilgan. Shuningdek, shaklga asosan =[|f(t+t)-f(t)|] ekanini topamiz. Farazimizga asosan g to`g`ri chiziq Р nuqtadagi urinma bo`lgani uchun ta‘rifga ko`ra Q nuqta Р nuqtaga intilganda /d0 bo`ladi. Bundan foydalanib quyidagilarni topamiz: Ma‘lumki, QР да t0. Shuning uchun oxirida t0 da limitga o`tib, [f'(t),]/[f'(t)]0 ni olamiz. Bundan [f'(t),]=0 kelib chiqadi. Agar f'(t)0, 0 ekanini etiborga olsak, f'(t)// kelib chiqadi. Demak, urinma mavjud bo`lsa, uning yo`nalishi f'(t) vektorning yo`nalishi bilan bir xil ekan. Bundan urinmaning yagonaligi kelib chiqadi. Xuddi shunday Р nuqta orqali o`tuvchi va f'(t) vektorga parallel bo`lgan to`g`ri chiziqning urinma ekanligi xam ravshandir. Urinmaning turli ko`rinishdagi tenglamalari. Ma‘lumki, egri chiziq turli ko`rinishdagi tenglamalar orqali berilishi mumkin. Egri chiziqning berilishi usuliga mos ravishda urinma tenglamalari xam turli ko`rinishlarda bo`ladi. Ularning ayrimlarini ko`rib o`tamiz. 1. Aytaylik egri chiziq x=f1(t), y=f2(t), z=f3(t) ko`rinishdagi parametrik tenglamalar bilan berilgan bo`lsin. Ma‘lumki, boshlang`ich nuqtasi М(x0,y0,z0) va yo`naltiruvchi vektori l(m,n,р) bo`lgan to`g`ri chiziq tenglamasi ((x-x0)/m)=((y-y0)/n)=((z-z0)/р) ko`rinishda bo`ladi. Bundan foydalanib va yuqorida isbot qilingan teoremani etiborga olib, x=f1(t), y=f2(t), z=f3(t) parametrik tenglamalar bilan berilgan egri chiziqning Р(x0,y0,z0) nuqtasidagi urinma tenglamasini (1) ko`rinishda yozish mumkin. Xususan, agar chiziq tekis egri chiziqdan iborat bo`lib, x=f1(t), y=f2(t) ko`rinishda berilgan bo`lsa, urinma tenglamasi bo`ladi. 2. Faraz qilaylik egri chiziq y=f(x), z=(x) ko`rinishdagi tenglamalar bilan berilgan bo`lsin. Bu tenglama x=t, y=f(t), z=(t) ko`rinishdagi parametrik tenglamaga ta`luqlidir. Shuning uchun urinma tenglamasini (1) ko`rinishda yozish mumkin, yani yoki (2) Xususan, tekis egri chiziq uchun bizga ma‘lum bo`lgan y=y0+f'(x0)(x-x0) tenglama kelib chiqadi. 3. egri chiziq (x,y,z)=0, (x,y,z)=0 ko`rinishdagi oshkormas tenglamalar orqali berilgan bo`lsin. Р(x0,y0,z0) nuqtadagi urinma tenglamasini tuzish talab qilingan bblsin. Bu yerda matritsaning rangi 2 ga teng. Aytaylik x=x(t), y=y(t), z=z(t) tenglamalar egri chiziqning Р(x0,y0,z0) nuqta atrofidagi qandaydir regulyar parametrlangan tenglamalari bo`lsin. U xolda biz quyidagi ayniyatga ega bo`lamiz, yani (x(t),y(t),z(t))=0 (x(t),y(t)z(t)=0 Bu ayniyatlarni t bo`yicha differentsiallab quyidagilarni topamiz: xx't+yy't+zz't=0 xx't+yy't+zz't=0 Oxirgi tengliklardan shu narsa kelib chiqadiki, koordinatalari (x't,y't,z't) bo`lgan r'(t) vektor (x,y,z) va (x,y,z) vektorlarning xar biriga perpendikulyar ekan, chunki ularning skalyar ko`paytmalari 0 ga teng. Bundan r'(t) vektorning yo`nalishi [,] vektorning yo`nalishi bilan ustma-ust tushadi. Demak, [,] vektor urinmaning yo`naltiruvchi vektoridan iborat ekan. Shunday qilib urinma tenglamasini ko`rinishda yoza olamiz. Agar tekis egri chiziq bo`lib, (х,у)=0 ko`rinishdagi tenglama bilan berilgan bo`lsa urinma tenglamasi ёки х(х-х0)+у(у-у0)=0 ko`rinishda bo`ladi. Ta‘rif. Urinish nuqtasi orqali o`tib, urinmaga perpendikulyar bo`lgan tekislik egri chiziqning shu nuqtasidagi normal tekisligi deyiladi. Normal tekislik uchun urinmaning yo`naltiruvchi vektori normal vektor bo`ladi. Shuning uchugn normal tekislik tenglamasini tuzish uchun urinmaning yo`naltiruvchi vektorini bilish kifoyadir, yani f'1(t0), f'2(t0), f'3(t0) urinma yo`naltiruvchi vektorning koordinatalari bo`lsa normal tekislik tenglamasi f'1(t0)(x-x0)+f'2(t0)(y-y0)+f'3(t0)(z-z0)=0 ko`rinishda bo`ladi. Masalan: Download 47.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling