Mavzu: Fazolar chegarasidagi sirt hodisalar
Download 1.56 Mb.
|
faso sathi (2)
Sathdagi hodisalar
Suyuqlik molekulalari orasida o'zaro tortishuv kuchlari ta'sir etib turadi. Suyuqlik ichidagi molekula hamma tomondan boshqa molekulalar bilan qurshab olinganligi sababli unga ta'sir etadigan tortishuv kuchlari o'zaro muvozanatlashgan bo'ladi. Suyuqlik sirtidagi molekulalarga esa faqat pastki va yon tomondan tortishuv kuchlari ta'sir etadi. Suyuqlikka tashqaridan ta'sir etuvchi kuchlar esa tortishuv kuchlariga nisbatan juda kichik bo'lganligi sababli sirtdagi molekulalar go'yo suyuqlik ichiga tortilgandek bo'ladi. Shu sababli har qanday suyuqlik o'z sirtini kichraytirishga intiladi, ya'ni suyuqlik sirti qancha kichik bo'lsa, uning holati shuncha barqaror bo'ladi. Suyuqlik tomchisining shar shaklida bo'lishiga saba ana shudir, chunki sharning sirti berilgan hajmda eng kichik bo'ladi. Suyuqlik sirtini oshirish uchun tashqaridan ish sarflash kerak, ya'ni uning sirt taranglik kuchini yengish kerak. Kolloid sistemalarning muhim xossasi - ularni ichki sathining nihoyatda katta bo‘lishidir. Bu esa ularning dispersligiga bog‘liq. Masalan, tomonlari 1sm bo‘lgan kub shaklidagi moddaning satxi 6sm2 bo‘lsa, uni kolloid zarrachasi (10nm gacha) maydalasak, umumiy satxi 6 106 sm yoki 600 m2 bo‘lgan, 1018 ta zarracha xosil bo‘ladi. Mana bu ulkan maydon (satx) kolloid xolatni o‘ziga xosligini, aloxidaligini belgilab beradi. Fiziologiyadan ma‘lumki inson 1 minutda o‘rtacha 1l kislorod yutadi. Yutish o‘pkada alveolalarda sodir bo‘ladi. Alveolalar juda mayda pufakchalar bo‘lib, ularni ichi xavo bilan to‘lgan bo‘ladi, atrofi esa yupqa suyuqlik pardasi bilan o‘ralgan va u juda mayda kapillyar qon tomirlari bilan tutashadi. Alveolalar soni yuz million atrofida bo‘lib, ularning umumiy satxi 90 m2 dan ortiqdir (voleybol maydonining yarmi) va inson tanasi satxidan 250 marta kattadir. Boshqa misol qonda erigan kislorod bog‘lanib butun organizmga qondagi qizil qon tanachalari-eritrotsitlar orqali tarqaladi. Eritrotsitlar soni (inson qonidagi) 27 trillion atrofida va satxi 3200 m2, ya‘ni futbol maydoniga teng. Alveolalar va eritrotsitlar satxini nixoyatda katta bo‘lishi organism shuncha kislorodni qayta ishlashga imkon beradi. Kolloid sistema doimo geterogen bo‘ladi va kamida 2ta fazadan tashkil topadi. Bu fazalardan biri maydalangan bo‘lishi shart. U dispers faza deyiladi. Dispers faza tarqalgan muxit dispers muxit deyiladi. Dispers fazani maydalanganligi, dispersligi dispers sistemaga maxsus xossa namoyon qiladi. Bu birinchi galda dispers faza va dispers muxit orasidagi satxni kattalashishi bilan bog‘liqdir. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling