Mavzu: Fazoviy geometrik shakllar. Ko`pyoqlar


Download 1.91 Mb.
Sana07.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1173007
Bog'liq
fazoviy geometrik shakllar kopyoqlar (1)

MAVZU: Fazoviy geometrik shakllar. Ko`pyoqlar

Tayyorladi: Abduganiyev Faxriddin

Ma’lumki, geometrik shakllar tekislikda to`liq yotgan yoki yotmaganiga qarab, yassi va fazoviy shakllarga ajratiladi. Geometriyaning planimetriya bo`limi yassi geometrik shakllarni, stereometriya bo`limi esa fazoviy geometrik shakllarning xossalarini o`rganadi.

Stereometriya so`zi grekchadan olingan bo`lib, “stereos” – fazoviy, “metreo” – o`lchayman degan ma’noni anglatadi.

Ko`pyoq deb yassi ko`pburchaklar bilan chegaralangan jismga aytiladi. Yassi ko`pburchaklar bu ko`pyoqning yoqlari, ko`pburchaklarning uchlari ko`pyoqning uchlari, tomonlari qirralari esa ko`pyoqning qirralari deb ataladi. Bitta yoqqa tegishli bo`lmagan uchlarni birlashtiruvchi kesma ko`pyoqning diagonali deb ataladi.

Ko`pyoqning chegarasi uning sirti deb ataladi. Ko`pyoq sirti fazoni ikki qismga ajratadi. Ulardan cheksiz qismi ko`pyoqning tashqi sohasi, chekli qismi esa ko`pyoqning ichki sohasi deb ataladi.

Ko`pyoq ixtiyoriy yog`i yotgan tekislikning bir tomonida yotsa, bunday ko`pyoq qavariq ko`pyoq deyiladi. Masalan, kub qavariq ko`pyoqdir.


Prizma deb ikki yo`gi teng ko`pburchakdan, qolgan yoqlari esa parallelogrammdan iborat ko`pyoqqa aytiladi. Teng yoqlar prizmaning asoslari, parallelogrammlar esa uning yon yoqlari deb ataladi. Asoslarining tomonlari soniga qarab prizmalar uchburchakli, to`rtburchakli va hokazo n-burchakli prizmalar deb yuritiladi.
l
h
b

Asosi parallelogrammdan iborat prizma parallelepiped deb nomlanadi. Parallelepipedlar ham prizma kabi to`g`ri va og`ma bo`lishi mumkin. Asosi to`rtburchakdan iborat to`g`ri parallelepiped to`g`ri burchakli parallelepiped deb ataladi.


h
w
l
lh
wh
lh
wh
lw
lw
l
w
l
w
h
O`lchamlari teng bo`lgan to`g`ri burchakli parallelepiped kub deb nomlanadi. Ravshanki, kubning barcha yoqlari teng kvadratlardan iborat bo`ladi

thanks


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling