Mavzu: fermer xo’jaligida suv resurslaridan foydalanishda resurs tejamkor texnologiyalardan
Tomchilatib sug’orish turlarining xilma-xilligi, tizimni loyihalash, qurish va ishlatish
Download 149.18 Kb.
|
YUSUPOV DIYORBEK
2.2. Tomchilatib sug’orish turlarining xilma-xilligi, tizimni loyihalash, qurish va ishlatish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30iyuldagi “Suv ta’minoti og’ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo’jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 459sonli qaroriga ko’ra, suv ta’minoti og’ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo’jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug’orish uchun vertikal sug’orish quduqlarini burg’ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o’rnatish xarajatlarining bir qismini qoplashga quyidagi shartlarda subsidiyalar ajratiladi: qishloq xo’jaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bog’liq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan miqdorda; aholi tomorqa yerini sug’orish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq bo’lgan har bir vertikal sug’orish qudug’ini burg’ulash va ishga tushirish bilan bog’liq xarajatlarni qoplashga quduqning har bir metr chuqurligi uchun 100 ming so’mdan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barovaridan oshmagan miqdorda; kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sug’orish uchun vertikal sug’orish quduqlarini burg’ulash va ishga tushirish bilan bog’liq xarajatlarning 70 foizi, biroq 120 million so’mdan oshmagan qismi qoplanadi. Subsidiyalar O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan ro’yxatga asosan 2020-yilda Inqirozga qarshi kurashish jamg’armasi hisobidan, 2021-yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan hamda 2022-yildan boshlab – O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaligi va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo’jaligi va tomorqa yer egalarini qo’llabquvvatlash jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030yillarga mo’ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-6024sonli farmoniga binoan O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo’ljallangan konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu Konsepsiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilgacha sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yo’nalishida: sho’rlangan maydonlar 1948 ming gektardan 1722 ming gektarga, o’rta va yuqori sho’rlangan yerlarni 607 ming gektardan 430 ming gektargacha qisqartirilishi; sizot suvlar sathi muammoli darajada (0-2 metr) bo’lgan sug’oriladigan yer maydonlari 1051 ming gektardan 773 ming gektargacha kamaytirilishi; d) foydalanishdan chiqqan 298,5 ming gektar sug’oriladigan yerlar 2025-yilga kelib qishloq xo’jaligida foydalanishga kiritilishi nazarda tutilgan. Ushbu farmoniga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligiga Konsepsiyada belgilangan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish orqali 2030-yilga qadar quyidagi ko’rsatkichlarga erishishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan: sug’orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish; suv ta’minoti past darajada bo’lgan sug’oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish; sho’rlangan sug’oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish; Suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’molini 25 foizga kamaytirish; barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv o’lchash va nazorat qilish qurilmalari o’rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish; 100 ta yirik suv xo’jaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sug’orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish; suv xo’jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish. 2021-yil 24-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga mo’ljallangan strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Strategiya mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini o’z ichiga oladi, uning doirasida: irrigatsiya tizimi kanallarining beton qoplamali qismi 35 foizdan 38 foizgacha oshishi, irrigatsiya tizimi va sug’orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,66 gacha oshishi; suv ta’minoti darajasi past bo’lgan sug’oriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytirilishi; Suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalaridagi 518 ta nasos agregati va 807 ta elektrodvigatel zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirilishi, ularning yillik elektr energiyasi iste’moli 7,6 milliard kVt.sdan 7,15 milliard kVt.s gacha kamaytirilishi; suvni tejaydigan sug’orish texnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1,1 million gektargacha, shu jumladan tomchilatib sug’orish texnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkazilishi; sho’rlangan maydonlar 1926 ming gektardan 1888 ming gektarga, shu jumladan o’rtacha va kuchli darajada sho’rlangan yerlar 581 ming gektardan 532 ming gektargacha qisqartirilishi; yer osti suv sathi muammoli holatda (0–2 metr) bo’lgan sug’oriladigan yer maydonlari 988 ming gektardan 900 ming gektargacha kamaytirilishi; qishloq xo’jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar sug’oriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritilishi; -daryo va soylarda 6 ta gidrologik post qurilishi va qayta tiklanishi, 6 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi; -“Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo’jaligi obyektlari soni 18576 tagacha yetkazilishi; -60 ta yirik suv xo’jaligi obyekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o’tkazilishi; -Suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi 1688 ta nasos stansiyasidagi 5231 ta nasos agregatining elektr energiyasi iste’moli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib borilishi; -mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarining 2100 tasida raqamli texnologiyalar orqali monitoring olib borilishi; -suv xo’jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshirilishi, sug’orish uchun suv yetkazib berish xarajatlarining 9 foizi suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi ta’minlanadi. Bundan tashqari, ushbu strategiyada sug’orishning tejamkor usullarini qo’llashni yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil 1oktabrga qadar etilen polimerlari va propilen polimerlarini olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi belgilash hamda respublikada ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsulotining eksportini 40 ming tonnaga qisqartirish evaziga uning ichki bozorda birja savdolari orqali sotilayotgan qismini oshirish belgilab berilgan. Mamlakatimiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar suv resurslaridan foydalanish holati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Suv resurslaridan foydalanish sohasidagi asosiy muammolardan biri – qishloq xo’jaligi korxonalarida foydalanilgan suvning hisobi yuritilmayotganligi va buning natijasida suv resursidan foydalanganlik uchun to’lovning aniq hisob-kitobga asoslanmagan holda amalga oshirilmayotganligidir. 2019-yil 31-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining 444-moddasiga ko’ra, qishloq xo’jaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo’lmagan taqdirda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ (Suv xo’jaligi vazirligi) tomonidan tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga ko’ra aniqlanadi. Soliq Kodeksining 445-moddasiga muvofiq, qishloq xo’jalik yerlarini sug’orish va baliqlarni o’stirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismi, shu jumladan dehqon xo’jaliklari yer osti manbalari va yer usti manbalaridan olingan 1 kub metr suv uchun soliq stavkasi 2020-yilda 40 so’m etib belgilangan va bu stavka 2021-yilda ham o’zgarishsiz qoldirilgan. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismida foydalanilgan suvni o’lchash asboblari mavjud emas. Bu esa suv resurslaridan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ (Suv xo’jaligi vazirligi) tomonidan tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga ko’ra aniqlanishini anglatadi. Odatda, bunday vaziyatlarda suvdan foydalanishning holati yaxshi bo’lmaydi. Chunki, suvdan foydalanuvchilar o’zlari foydalangan suvning miqdoridan kelib chiqib haq to’lasalar, suvdan tejab foydalanishga harakat qiladilar. Yil sayin tanqis bo’lib borayotgan suv resursidan tejab foydalanishni yo’lga qo’yish uchun qishloq xo’jaligi tarmog’ida imkon qadar tezroq suv o’lchash asboblarini o’rnatishga erishish lozim. Suv resurslaridan to’liq va samarali foydalanish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: suv xo’jaligining huquqiy asoslari va normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirib borish; xo’jaliklararo va ichki xo’jalik sug’orish tizimlarini modernizatsiya qilish; suv xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot, tajribakonstruktorlik ishlari ko’lamini kengaytirish, innovatsiyalar, ilmiy yutuqlar va nou-xaularni joriy qilish; suv resurslarini boshqarish sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish; zamonaviy suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug’orish texnologiyalarining joriy qilinishini yanada kengaytirish va davlat tomonidan rag’batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish; suv xo’jaligi inshootlarida real vaqt rejimida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun “aqlli” texnologiyalar tizimini joriy etish yerlarni lazerli tekislash orqali suv isrofgarchiligining oldini olish; suv xo’jaligi sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yo’lga qo’yish va hokazo. Download 149.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling