Mavzu: Firma va ularning tashkiliy iqtisodiy asoslari. Reja


Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqarishning asosiy elementlari


Download 26.35 Kb.
bet3/6
Sana07.02.2023
Hajmi26.35 Kb.
#1172501
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mazu 2

Ishlab chiqarish jarayonining yoki mahsulot ishlab chiqarishning asosiy elementlari:


  • Kishilarning foydali mehnat jarayoni, ya'ni «mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati».


  • «Mehnat» — kishilarning tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish borasidagi jismoniy va aqliy mehnati qobiliyati.


  • Mehnat vositalari — mashina, mexanizmlartexnologiyadastgohlar, binolar, tovar moddiy boyliklari va boshqa mehnat qurollari.


  • Mehnat buyumlari — xomashyo materiallar, yoqilg'i, ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqarilishi tugallanmagan mahsulotlar, ixtirolar.



Ishlab chiqarishni tashkil etish — muhim va murakkab jarayon, u hamma narsani hal qiladi.
Korxona bo'yicha ishlab chiqarish jarayonlari — asosiy va yordamchi jarayonlarga bo'linadi.

Asosiy texnologik jarayonlar yordamida xomashyo materiallarining shakli, yirikligi, tuzilishi, ko'rinishi va xususiyatlari o'zgaradi.
Yordamchi jarayonlar asosiy jarayonlarning uzluksiz, bir me'yorda, ritmda, mo'tadil borishini ta'minlaydi. Ular yorclamida olingan mahsulotlar asosiy ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Ularga asbob-anjomlar ishlab chiqarish, ehtiyot qismlar va boshqalar kiradi.

Ishlab chiqarish jarayonlari nihoyatda murakkab jarayon va ular, odatda, bir necha fazalarga, bosqichlarga bo'linadi:


  1. Tayyorlov.


  2. Qayta ishlash.


  3. Yig'uv yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarish.



  4. «Texnologik jarayon» deb, bir ishchi yoki ishchilar guruhi tomonidan bir ish joyida mehnat qurollari (kapital) va mehnat buyumlari o'zgarmagan sharoitda bajariladigan ishlab chiqarish jarayonlarining bir qismiga aytiladi.

  5. Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish hajmisotiladigan tovarlar hajmiularning Narxi, xarajatlarva foyda miqdori ishlab chiqarish omillaridan iborat bo'lgan ishlab chiqarish texnologiyasiga bog'liq.


Agar firma yangi avtomobil ishlab chiqaradigan bo'lsa, «mashinaning yig'uv sexlari qay darajada texnika bilan jihozlanadi, qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak?» kabi savollar har doim shu firmani qiziqtirib turishi lozim. Shuningdek, firma avtomobil ishlab chiqarishni ko'paytirmoqchi bo'lsa, «ishchilar sonini qanchaga oshirish kerak, yangi korxona qurish kerakmi yoki shu korxonani kengaytirishquvvatini oshirish zarurmi, qaysi biri maqsadga muvofiq?» savollari uni o'ylantiradi. Bu xildagi savollar har qanday ishlab chiqarishga tegishli. Demak, ishlab chiqarish nazariyasi va xarajatlar firmani boshqarishdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalari va ishlab chiqarish davri
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.Proporsionallik.
2.Uzluksizlik.
3.Mo'tadillik.
4.Parallellik.

Buyumlarni ishlab chiqarish jarayonida eng qisqa yo'l bilan harakat qildirish, ishlovga uzatish va tayyor mahsulot olish. Buning uchun korxonaning sex va uchastkalarida joylashishi texnologik jarayon talablariga javob berishi kerak.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.
Proporsionallik — vaqt birligi ichida korxonaning asosiy va yordamchi sex-uchastkalarida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi teng miqdorda bo'lishi lozim.
Uzluksizlik — mahsulot turi cheklangan, ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan sharoitda amalga oshiriladi. Bunda buyumlarga ishlov berishda kutib qolishlar bo'lmaydi.
Ishlab chiqarish davri qancha kam bo'lsa, unumdorlik shuncha yuqori bo'ladi. Mehnat sarfining me'yori ma'lum vaqt oralig'ida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki shu hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt. Demak, ishlab chiqarisji davrining kamayishi mehnatning tejalishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish davri texnologik jarayonlar davridan va tanaffuslar davridan iborat.

Ishlab chiqarish davrining uzunligi quyidagi umumiy formula asosida topiladi:
bu yerda, Tum — ishlab chiqarish davrining umumiy uzunligi, soat, min; texnologik jarayonlar uzunligi; tabiiy jarayonlar uzunligi; nazorat etish jarayoni uzunligi; transport operatsiyalari uzunligi.

Bu vaqtlar texnologik jarayonlar davri, deb yuritiladi: topa — buyumlarni smenalararo operatsiyalar o'rtasida turib qolish vaqti; smenalararo turib qolish vaqti; operatsiyalar va tanaffuslar soni.
Ishlab chiqarish davrining uzunligi buyumlar, detallar, uzellarga (mahsulot bo'laklariga) ishlov berish usuliga bog'liq. Buyumlarga ishlov berish tartibiga ko'ra, ishlab chiqarish davri uzun yoki qisqa bo'ladi.
Erkin bozor iqtisodiyotiga o’tish chuqur islohotlarni amalga oshirishni talab qiladi. Barcha korxona ishlab chiqarishni intensivlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Samarali tashkil etilgan iqtisodiyotga o’tish har tamonlama rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan ta’minlangan bo’lishi lozim.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi eng muhim omil - bu fan va texnika taraqqiyoti bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari quyidagilar:
  • ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish: yuqori bosim va ta’sirchan kuchlar qo’llaniladigan membranali, lazerli, plazmali texnologiyalar va boshqalar;


  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi robot texnikalar, rotorli va rotor - konveyr liniyalar, moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish;


  • metall mahsulotlar, plastik qorishma, kompozitlar, metall kukunlar, keramik va boshqa progressiv tuzulishli materiallarning yangi shakllarini yaratish va undan foydalanish.




Erkin bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi barcha omillarning ta’sir qilish imkoniyati sezilarli o’zgaradi. Xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshiriladi, - u iste’molchilar talabidan kelib chiqib, unga moslashtiriladi; xalq xo’jaligining muhim tarmoqlari - sanoat, qurilish, transport va aloqa yuqori texnologiyalar asosida zamonaviylashtiriladi; jahon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga tenglashtiriladi; turli mulk shakllariga (davlat, xususiy, akstionerlik va jamoa mulkchiligiga) asoslangan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tiladi; xo’jalik yuritishning barcha shakllari erkin rivojlantiriladi; iqtisodiyot moliyaviy sog’lomlashtiriladi; mamlakat xalqaro aloqalarga uzviy bog’lanadi.
Yuqorida ta’kidlanganlar natijasida boshqariladigan, madaniyatli bozor xo’jaligi shakllanadi. Bu esa mehnat unumdorligining oshishiga, jami ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga, milliy boylikning ortishiga olib keladi.
Har hil prinsiplarga asoslangan firmalarning klassifikasiyasi asosida, aniq bir firmani o’rganish natijasida uning tashkiliy qonuniylik sharoiti, harakteri va faoliyatining kengligi, jahon bozoridagi o’rni haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lamiz. Ko’rinishi va xo’jalik faoliyatining harakteriga asosan firmalar quyidagi turlarga bo’linadi:

Download 26.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling