Mavzu: Firma va ularning tashkiliy iqtisodiy asoslari. Reja
Download 26.35 Kb.
|
mazu 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari
- Firma
- Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat
- Korporastiya
- Foyda olmaydigan tashkilotlar
- Kooperativlar
Mavzu: Firma va ularning tashkiliy iqtisodiy asoslari. Reja 1. Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari 2. Ishlab chiqarish va uni tashkil etish asoslari 3. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalari va ishlab chiqarish davri Firma tushunchasi. Tadbirkorlik firmalarining asosiy shakllari Bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlaridan biri - bu firma hisoblanadi. Firma deganda, mustaqil xo’jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy sub’ekt tushuniladi. Mustaqil xo’jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo’yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi. Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institustional tuzilma hisoblanadi. Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o’z manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o’z zimmasiga oladi, firmaning barcha majburiyatlari bo’yicha to’liq javobgarlikni bo’yniga oladi (ya’ni, mas’uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o’zi o’zlashtiradi Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo’lib, ular firmaning barcha majburiyatlari bo’yicha to’liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o’zlarining zimmalariga oladilar. Korporastiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo’lib, har bir mulk egasining mas’uliyati ushbu korxonaga qo’shgan hissasi bilan cheklangan. Korxona akstiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar. Korporastiya faoliyatini akstionerlar majlisi nazorat qiladi. Akstiyadorlar o’z akstiyalariga daromad (dividend) oladilar. Korporastiya kreditorlari o’z talablarini akstiyadorlarga emas, korporastiyaga qo’yadilar. Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi tashkilotlarga foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari, klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi. Kooperativlar. Kooperativlar o’z a’zolarining resurslarini foyda olish maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi. Download 26.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling