Mavzu: Fizik kattaliklar. Birlik sistemasi. O’lchamliklar. Fazo va vaqt. Sanoq sistemasi


Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.04.2023
Hajmi0,81 Mb.
#1362249
  1   2   3   4   5
Bog'liq
fizika mustaqil



Sirtqi (maxsus sirtqi) bo’limi texnologik ta’lim yo’nalishi
302- guruh talabasining
Mustaqil ishi
Fan nomi
: Fizika
Mavzu:
Fizik kattaliklar. Birlik sistemasi. O’lchamliklar. Fazo
va vaqt. Sanoq sistemasi.
Bajardi: T
ojiboyeva Maftuna
Tekshirdi: 
Nurmatov K


Fizik xodisaning o'lchash yoki hisoblash
mumkin bo’lgan xarak-tеristikasi fizik kattalik
dеyiladi. Moddiy nuqta harakatida bosib
o’tilgan yo’l uzunligi ikki nuqta orasidagi
to’g’ri chizikli traеktoriyadan iborat. 
Kеsmaning uzunligi to’g’risida mulohaza
yuritaylik. Bir nеcha kеsmaning uzunliklari
orasidagi miqdoriy bog’lanishni topish uchun
kеsmalardan birini birlik sifatida tanlash va
boshqa kеsmalarni ana shu birlik kеsma bilan
taqqoslash kеrak. 


Umuman har bir fizik kattalik uchun alohida
birlik tanlash mumkin. Lеkin Gauss mustaqil va
ixtiyoriy tarzda tanlab olingan uch fizik kattalikni
o’lchov birliklari orqali mеxanikadagi barcha
kattaliklar birliklarini ifodalash mumkinligini
ko’rsatdi. U mustaqil birliklar sifatida uzunlik,
massa va vaqt birliklarini tanlab olishligini aytdi. 
Masalan, tug’ri chiziqli tеkis harakat qilayotgan
moddiy nuqta uchun tеzlikni V = s/t formula 
orqali topish mumkin. Shuning uchun tеzlikning
birligi uzunlik birligining vaqt birligiga nisbati
tarzda aniqlanadi. Haqiqatdan tеzlikni km/soat, 
m/s , sm/s kabi birliklarda o’lchashga
odatlanganmiz. 


Bayon etilgan usulda bir-birlari bilan
moslashtirilib hosil qilingan birliklarning
to’plami birliklar sistеmasi dеb ataladi. Birinchi
sistеma 1881-yilda qabul qilingan SGS 
sistеmasidir: unda asosiy birliklar sifatida
santimеtr, gramm, sеkund tanlab olingan 1919-
yilda asosiy birliklar sifatida mеtr, tonna, 
sеkund bo’lgan MTS sistеma qabul qilingan .U 
sobiq Sovеt Ittifoqida 1933-1955-yillar davomida
qullanildi. Asosiy birliklar sifatida mеtr, 
kilogramm sеkund bo’lgan MKS sistеma ham
qullanilgan. Bu uchala sistеmaning asosiy
birliklari uzunlik, massa va vaqtning birliklaridir.


Nihoyat, 1960-yil oktyabrida Xalqaro
sistеma qabul kilindi.U "Sistеma
intеrnatsionalnaya " so’zlarining bosh xarflari
bo’yicha SI ("Es-i " dеb o’qiladi) tarzida
bеlgilanadi. Bu standartga asosan , fan tеxnika
va xalq xo’jaligining barcha sohalarida hamda
o’qitish jarayonida SI ni qo’llash afzalroqdir.


Hozirgi kunda ishlatilib kelayotgan 1, 2, 3,..., 9, 0 
raqamdan iborat o'nlik sanoq sistemasi axborotni
kodlashning yana bir usuli hisoblanadi. 
Yurtdoshimiz Muhammad al-Xorazmiy 0 raqamini
kiritib bu arab (to'g'rirog'i, hind) raqamlarining
sondagi turgan o'rniga bog'liq holda amallar bajarish
tartibini yagona tizimga birlashtirgan. Shuning
uchun ham bu kodlash sistemasi ustida qo'shish, 
ayirish, ko'paytirish va bo'lish kabi arifmetik
amallarni bajarish juda oson.


Odamlar o'rtasida muomala vositasi bo'lmish til
kabi sonlarning ham o'z tili mavjud bo'lib, u ham o'z
alifbosiga ega. Bu alifbo raqamlar va sonlami
ifodalash uchun qo'llaniladigan belgilardan
iboratdir. Masalan, kundalik hayotimizda
qo'llanadigan arab raqamlari 1,2, …,
9, 0 yoki
rim raqamlari I, II, V, X, L, С, M, H, . . ., sonlar
alifbosining elementlari hisoblanadi. Turli davrlarda
turli xalqlar, qabilalar raqamlar va sonlarni
ifodalashda turlicha belgilardan foydalanganlar. 
Masalan, qadimgi Misrda raqam va sonlarni
ifodalashda quyidagi belgilardan foydalanilgan:


Qadimgi meksikaliklar (asteklar) esa 402 sonini quyidagicha belgilaganlar:


Qadimda ba'zi xalqlar ishlatadigan sonlar
alifbosi beshta (qadimgi Afrika qabilalarida), 
o'n ikkita (masalan, inglizlarning sonlar
alifbosida), yigirmata (XVI-XVII asrlarda
Amerika qit'asida yashagan astek, mayya
qabilalarida; eramizdan avvalgi II asrda
G'arbiy Yevropada yashagan keltlarda; 
fransuzlarda), ba'zilari oltmishta (qadimgi
bobilliklarda) belgini o'z ichiga olgan. Ular mos
ravishda besh raqamli (qisqacha beshlik) sanoq
sistemasi, o'n ikki raqamli (o'n ikkilik) sanoq
sistemasi, yigirmata raqamli (yigirmalik) sanoq
sistemasi yoki oltmishlik sanoq sistemasi deb
nomlanadi.


Soatning oltmishga, sutkaning
o'n ikkiga karraliligi, bir yilning
12 
oydan iboratligi, inglizlarda
uzunlik o'lchov birligi bo'lmish 1 
futning 12 dyumga tengligi, 
fransuzlarning bir franki yigirma
suga tengligi turli sanoq
sistemalarining qo'llanilishi
natijasidir. Inson har bir sistemani
ishlatganda ma'lum vositalardan
ham foydalangan. Masalan, o'n
ikkilik sanoq sistemasi uchun vosita
sifatida qo'l barmoqlaridagi
bo'g'inlardan foydalanilgan, biz
kundalik hayotimizda qo'llayotgan
sonlar alifbosi o'nta arab raqamini
o'z ichiga olgan bo'lib, uning kelib
chiqishida va qo'llanilishida tabiiy
hisoblash vositasi bo'lmish qo'l
barmoqla
rimiz asosiy o'rin tutadi.


Ma'lumki, harflardan iborat alifboni qollashda bir qancha
qonun va qoidalarga amal qilinadi. Sonli alifbodagi belgilardan
foydalanishda ham o'ziga xos qoidalardan foydalaniladi. Bu 
qoidalar turli alifbolar uchun turlicha bo'lib, mazkur alifboning
kelib chiqish tarixi bilan bog'liq. O'z ichiga o'nta raqamni olganligi
uchun bu alifbo o'zining barcha qoidalari bilan birgalikda o'n 
raqamli sanoq sistemasi yoki qisqacha о 'nlik sanoq sistemasi deb
ataladi.
Sonlar sistemasidagi raqamlar soni shu sistemaning asosi deb
yuritiladi.
Sonlar alifbosiga kiritilgan (bir xonali) belgilar raqamlar va
ular yordamida hosil qilingan boshqa (ko'p xonali) belgilar sonlar
deb yuritiladi. Masalan, o'nlik sanoq sistemasida 5, 6, 8 - bu
raqamlar, ammo 568 - bu son. O'nlik sanoq sistemasida birliklar, 
yuzliklar, mingliklar va boshqalar har biri o'ntadan belgilardan
iborat guruhlarga bo'lingan: 0, 1, ... , 9; 0 ta, 1 ta,..., 9 ta 10; 0 ta, 1 
ta,..., 9 ta 100,.... Boshqa asosli sanoq sistemalardagi belgilar shu
sistema asosi nechaga teng bo'lsa, shuncha belgilardan iborat
guruhlarga ajratiladi.
O'nlik sanoq sistemasida raqamlar o'zi turgan o'rniga
(
razryadiga) ko'ra turlicha miqdorni anglatadi.


Masalan: a) 999: 9 (to'qqiz) - birlik; 90 (to'qson) 
-
o'nlik; 900 (to'qqiz yuz) - yuzlik;
b) 1991: 1 (bir) - birlik; 90 (to'qson) - o'nlik; 900 
(
to'qqiz yuz) - yuzlik; 1 (ming) - minglik.


Shu bois ham bu sistema raqamlari o'z pozitsiyasi
(
turgan o'rni) ga bog'liq bo'lgan sistema deb ham 
yuritiladi.
Sanoq sistemalari shu xossasiga ko'ra raqamlarining
pozitsiyasiga bog’liq bo'lgan va raqamlarining
pozitsiyasiga bog'liq bo'lmagan sanoq sistemalariga
(
qisqacha pozitsiyali va pozitsiyali bo'lmagan sanoq
sistemalariga) bo'linadi. Pozitsiyali bolmagan sanoq
sistemasiga rim sanoq sistemasi misol bo'ladi.
Sizga ma'lumki, pozitsiyali sanoq sistemasi bo'lgan
o'nlik sanoq sistemasida arifmetik amallar bajarish juda
qulay, lekin, pozitsiyali bo'lmagan sanoq sistemasi
bo'lgan rim sanoq sistemasida arifmetik amallar
bajarish juda murakkab. Shuning uchun ham 
ajdodlarimiz raqamlar va sonlarni aniq bir shakllar
tizimiga keltirish masalasiga katta e'tibor qaratganlar.


Vaqtning eng muhim xususiyatlaridan biri, uning 
bir tomonlama, ya’ni olg’a, kelajak tomonga 
yurishidir. Matematiklar ta’biri bilan aytganda, 
manfiy vaqt bo’lishi mumkin ham emas. Va
qtni 
o’lchash uchun soniya, daqiqa, soat, sutka, hafta, oy 
va yil birliklari kabul qilingan. Olingan va butun 
dunyo mamlakatlarida bir xil qabul qilingan. Aniq 
vaqtning asosiy manbai astronomik kuzatishlardir. 
Maxsus asboblar yordamida yulduzlarni kuzatib, 
aniq vaqtni (soniyaning mingdan bir ulushlari 
aniqligida) topiladi.


Vaqt - tabiatdagi davriy hodisaga, Yerning o’z o’qi atrofida aylanish davriga 
nisbatan hisoblanadigan o’lchov birligidir. O’rta asr solnomachisi 
Dostopochtenniy, «yilning uzunligini - tabiat, oyning uzunligini -an’analar, 
haftaning uzunligini belgilaydi», - deb yozgan edi. Vaqtning sun’iy birligi 
bo’lgan haftalar, qadimda uch, besh va yetti kundan iborat bo’lgan. Bobil va 
SHumer matnlarida yetti kunlik hafta mavjudligi haqida ma’lumotlar berilgan. 
Yetti ku
nlik hafta vaqt o’lchovi sifatida SHarqda Bobilda ishlatilgan. Rimda ham 
dastlab sakkiz kunlik hafta bo’lib, unga A harfidan N harfigacha bo’lgan nomlar 
berilgan. Rimda imperator Avgust davrida (miloddan avvalgi 63-milodning 14) 
yetga kunlik hafta keng tarqalgan. Yetti kunlik hafta yaxudiylardan misrliklarga, 
ulardan rimliklarga va so’ngra G’arbiy Yovropaga tarqalgan. Bobilliklar yettini 
«qutlug’ soyu> deb hisoblaganlar. Bu sig’inish o’sha davrda ma’lum bo’lgan 
beshta «sayyora» - «planeta» yoki «daydib yuruvchilar» va ular katoriga qo’shib 
hisoblangan Oy va Quyosh bilan bog’liq bo’lgan. O’lar Yer atrofida yetti sayyora 
- Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, Yupiter va Saturn aylanadi, deb 
hisoblaganlar. Haftalarga sayyoralarning nomi berilgan. Bu nomlarni rimliklardan 
so’ngra, G’arbiy Yevropa xalqlari ham ko’llashgan. Lotincha, frantsuzcha va 
inglizchada ularning ko’rinish-larini kuyidagi jadvalda ko’rish mumkin.



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling