Mavzu: fizik tadqiqot metodlari
Download 34.34 Kb.
|
tadqiqot metodlari
MAVZU: FIZIK TADQIQOT METODLARI Darsning maqsadi: O’quvchilarga bugungi mavzu orqali atrofimizda va tabiatda ro’y berayotgan jarayonlar haqida ma’lumot berish , ularni o’rganish davomida qilinadigan ishlar va xulosalar haqida tushuncha berish. Eng muhimi bular hayotimizda muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish.
Tashkiliy qism. Dars boshlanishi o’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashib davomat qiladi. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’quvchilarga o’tgan mavzu bo’yicha savollar berish yoki mavzu berilgan uyga vazifani tekshirish. 1; Fizik kattaliklar deganda nimani tushunasiz. 2; Xalqaro birliklar sistemasiga kiruvchi kattaliklarni ayting. 3; Har bitta SIdagi fizik kattaliklaring birligi va o’lchov kattaligining nomini so’rash. 3. YANGI MAVZU BAYONI: Insonlar qadimdan kalendar nima ekanligini bilishmagan. Ular dehqonchilik qilishlari uchun qachon ko’proq yomg’ir yog’ishi yoki issiq bo’lishini bilishlari juda muhim edi. Ular kuzatishlar natijasida kalendar yaratishgan. Tabiatda sodir bo’ladigan har qanday hodisani izohlasak bo’ladi, ya’ni u ma’lum qonun qoida asosida sodir bo’ladi. Insonlar tabiatdagi hodisalarga befarq bo‘lmasdan, ularni o‘rganib, atrof-olam to‘g‘risida muhim ilmiy bilimlarni egallashga muvaffaq bo‘lishgan. Masalan, ular bir sutka davomida Yerning o‘z o‘qi atrofida, bir yil davomida Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqishini, sayyoralar va Oyning harakati haqida, yorug‘likning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalishi, soyaning hosil bo‘lishi kabilarni bilishgan. Fizik hodisalar deb, moddani tashkil etgan zarralar o‘zgarmay qolgan holda sodir bo‘ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, toshning tushishi, g‘ildirakning aylanishi, suvning qaynashi va muzlashi, lampochkadan yorug‘lik chiqishi, radiodan ovoz chiqishi kabi jarayonlarda uni tashkil etgan zarralarning ichki tuzilishi o‘zgarmay qoladi. Fizik hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish orqali fizik qonunlar yaratiladi. Fizik qonun deb, hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy bog‘lanishdan iborat bo‘lgan ifodaga aytiladi. Masalan hammaga mashhur Nyuton qonunini olaylik, ya’ni jismga biror kuch ta’sir ko’rsatmaguncha u o’zining tinch holatini saqlaydi. Bunga misol tariqasida yo’lda to’xtab harakatlanmay turgan birinchi mashinaga katta tezlik bilan kelayotgan boshqa mashina kelib urildi. Natijada esa birinchi mashina ma’lum kuch ta’sirida oldinga siljidi. Bundan ko’rinib turibdiki u o’z holatini o’zgartirdi. Agar mashina kelib urilmaganida u joyida turgan bo’lar edi. Bu oddiy hodisa lekin uni tajribalarga asoslangan holda tushuntirsak fizik qonuniyat kelib chiqadi. AQLIY HUJUM; o’quvchilardan ( kuzatish deganda nimani tushunasiz? ) deb so’raymiz. Ularning javoblarini bilgan holda kuzatish haqidagi umumiy tushuncha berib o’tamiz. Atrofimizni o‘rab turgan olam haqidagi dastlabki bilimlarimizni hodisalarni kuzatish orqali olamiz. Kuzatish deb, sodir bo‘layotgan hodisaga ta’sir ko‘rsatmasdan, uning xususiyatini o‘rganishga aytiladi. Masalan, jismlarning Yerga tushishini juda qadimdan insonlar kuzatib kelishgan. Yomg’irning yoki qorning yog’ishi bularni faqat kuzatishimiz mumkun, lekin unga ta’sir ko’rsata olmaymiz. Chunki bu tabiat hodisasi hisoblanadi. Yomg‘irdan keyin yoki fontan atrofida quyosh chiqib turganda kamalak hosil bo‘lishini kuzatganmiz. Kuzatish davomida muhim ma’lumotlar to‘planadi. Hodisa va jarayonlarni kuzatishlar davomida ma’lum bir qonuniyatlar mavjudligi to‘g‘risida ilmiy taxmin qilinadi. Bunday ilmiy taxmin gipoteza deb ataladi. Fikrlash davrida kuzatilayotgan hodisalar to‘g‘risida gipoteza deb ataluvchi turli farazlar paydo bo‘ladi. Gipotezani tekshirish uchun maxsus tajribalar o‘tkaziladi. Uni shuningdek eksperiment deb ham aytish mumkin. Tajribalar o‘tkazishda kuzatishlar bilan birgalikda o‘lchash ishlari ham olib boriladi. Biror nimani isbotlamoqchi bo’lsak bir necha marotaba tajriba ishlarini ham olib boramiz. Tajribalar natijasida ko’plab hodisalarning nima sababdan yuz berishini isbotlab berganmiz. Masalan, suvning qaynashi o‘rganilayotganda, termometr bilan uning temperaturasi o‘lchab boriladi. U yoki bu gipoteza aytilganda uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini eksperiment o‘tkazib aniqlay miz. Shunday qilib, fizik bilimlar quyida keltirilgan ketma-ketlikda bajarilgan ishlar orqali hosil qilinar ekan: kuzatishlar → gipoteza → eksperiment → xulosa. Ilmiy taxminlarni tekshirish uchun tajribalar o‘tkaziladi. ILMIY TADQIQOT METODLARI KUZATISH DALILLARNING YIG’ILISHI G’OYA (GIPOTEZA)NI ILGARI SURISH TAJRIBA O’TKAZISH QONUN 4. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH: Quyida berilgan soʻzlar ichidan fizik jism, modda, fizik hodisalarni hodisalarni ajrating. Yer, suv, suvning oqishi, Oy, havo, shamol, daraxtdan uzilgan mevaning tushi shi, oʻsimlik yogʻi, stol, ruchka, temir, suvning qaynashi, suvning muzlashi, mashina, simob, qush, yashin chaqnashi, suvning bug‘lanishi, muzning
5. O’QUVCHILARNI BAHOLASH. Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi. 6. UYGA VAZIFA. Savollarga javob bering. Fizik bilimlarning manbai nima? Fizik hodisalar biz uchun kerakmi? Fizik hodisa bilan fizik qonunning bir-biridan farqi nima? Download 34.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling