Mavzu: Fizika predmeti. Moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza (2)
Mavzu: Fizika predmeti. Moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati Y. To’rayev Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Urganch filiali 2-oktyabr, 2023-yil Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 1 / 19 Reja 1 Ilmiy va texnik taraqqiyotda fizikaning ro’li 2 Boshlang’ich tushunchalar 3 Asosiy fizik kattaliklar va ularning birliklari. XBS 4 Tezlik va tezlanish 5 Jismning turli harakatlari 6 1-Ma’ruza bo’yicha topshiriqlar Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 2 / 19 Boshlang’ich tushunchalar Fizika - Grekcha so’zdan olingan bo’lib ”tabiat” deganidir. Fizika nomli asar birinchi marta Yunon olimi Aristotel tomonidan yozilgan. Materya - dunyodagi bor va mavjud, biz seza oladigan barcha narsalar fizikada bir so’z bilan materya deyiladi. Materyaning ikki xil ko’rinishi mavjud: modda va maydon. Fizik xodisalar - muayyan jismlarda vaqt o’tishi bilan sodir bo’luvchi qonuniy bog’langan o’zgarishlar majmuiga fizik xodisalar deyiladi. Xodisani fizik xodisa deb xisoblashning yana bir sharti jarayonda ishtirok etgan modda tarkibi o’zgarmasligi kerak. Agar modda tarkibi o’zgarsa uni kimyoviy jarayon deyiladi. Fizik qonuniyatlar - kuzatishlar va tekshirishlar natijalari asosida jismlarda sodir bo’luvchi o’zgarishlarni o’rganib prosseslar borishi bo’ysunadigan umumiy tipdagi qonuniyatlar aniqlanadi, ana shu qonuniyatlar fizik qonuniyatlar deyiladi. Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 3 / 19 Boshlang’ich tushunchalar Fizik tajribalar - jismlarda sodir bo’luvchi turli o’zgarishlarni maxsus laboratoriya sharoitida qayta sodir etib o’rganish fizik tajriba deyiladi. Abstraktsiyalar - xodisani analiz qilayotgada prossesga tegishli eng asosiy faktorlar olinib, ikkinchi darajalilaridan voz kechish fizik abstraktsiya deyiladi. Abstraktsiyalardan foydalanib jarayoni nazariy o’rganish ancha soddalashtiriladi. Fizik kattaliklar - jismning yoki biror prossesning muayyan fizik xususiyatini ifodalovchi kattaliklar fizik kattaliklar deyiladi. Elementar fizikadagi kattaliklarni ikki turga bo’linadi: vektor kattaliklar va sklayar kattaliklar. Vektor kattaliklar - ham son qiymati, ham yo’nalishi bilan harakterlanadigan kattaliklar vektor kattaliklar deyiladi. Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 4 / 19 Boshlang’ich tushunchalar Skalyar kattaliklar - faqatgina son qiymati bilan harakterlanadigan kattaliklar skalyar kattaliklar deyiladi. Fizik modellar - jismning yoki xodisaning kuzatilgan yoki tajribada aniqlangan biror yangi fizik xususiyatlarini tushuntirishga qaratilagan ilmiy farazlar majmui yoki ko’rgazmasi fizik model deyiladi. Moddiy nuqta - qaralayotgan xolda shakli va o’lchamlarini hisobga olmasa ham bo’ladigan darajada kichik jism moddiy nuqta deyiladi. Mexanik harakat - jism fazodagi vaziyatining boshqa jismlarga nisbatan vaqt o’tishi bilan o’zgarishi bu jismning mexanik harakati deyiladi. Har qanday harakat ma’lum bir sanoq sistemasiga nisbatan sodir bo’ladi. Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 5 / 19 Boshlang’ich tushunchalar Sanoq sistemasi - sanoq jismi va unga bog’langan koordinatalar sistemasi hamda vaqt o’lchaydigan asbob birgalikda sanoq sistemasi deyiladi. Trayektoriya - nuqtaning o’z mexanik harakati davomida qoldirgan izi trayekotriya deyiladi. Trayektoriya uzunligiga yo’l deyiladi. Ko’chish - jism harakatining boshlang’ich va oxirgi vaziyatlarini tutashtiruvchi vektorga ko’chish deyiladi. Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 6 / 19 Asosiy fizik kattaliklar va ularning birliklari. XBS Ma’lumki fizik kattaliklar birliklar ikki xil bo’ladi: asosiy va hosilaviy. Asosiy fizik kattaliklar quyidagilar: uzunlik birligi - 1 metr, vaqt birligi - 1 sekund, massa birligi - 1 kilogram, termodinamik temperatura birligi - 1 Kelvin, modda miqdori - 1 mol, to’k kuchi - 1 amper, yorug’lik kuchi - 1 kandella. Qolgan kattaliklar birliklar shu asosiy kattaliklar birliklarida hosil qilinadi (shuning uchun ularni hosilaviy birliklar deyiladi!). Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 7 / 19 Asosiy fizik kattaliklar va ularning birliklari. XBS Yangi asosiy birliklarning ta’riflari 2018-yil 16-noyabrda qabul qilingan va ular 2019-yil 20-mayda kuchga kirgan. uzunlik birligi 1 metr sifatida XBSda Kripton-86 atomining 2r 10 va 5d 5 sathlari orasidagi o’tishga mos bo’lgan nurlanishning vaaqumdagi to’lqin uzunligidan 1650763.73 marta katta bo’lgan uzunlikni qabul qilingan. vaqt birligi - 1 sekund sifatida XBS da Seziy-133 atomi asosiy xolatining ikkita o’ta nozik sathlari orasidagi xolatga mos o’tish vaqtiga mos davridan 9192631770 marta katta vaqtni qabul qilingan. massa birligi 1 kilogram sifatida XBS da xalqaro kilogram prototipining massasi qabul qilingan. (Qattiq platina va iridiy qotishmasidan iborat metall massasi.) Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 8 / 19 Asosiy fizik kattaliklar va ularning birliklari. XBS termodinamik temperatura birligi 1 Kelvin sifatida suvning uchlanma nuqtasini harakaterlovchi termodinamik temperaturaning 1/273.16 qismi qabul qilingan. Uglerod-12 atomining 0.012 kg massasida mavjud atomlar soniga teng atomlar, molekulalar soniga teng bo’lgan modda miqdori qabul qilingan. to’k kuchi 1 amper sifatida vaaqumda bir-biridan bir metr masofada joylashgan ikkita parallel o’tkazgichning har birining bir metriga 2 · 10 −7 N kuch bilan ta’sirlashishi uchun ulardan o’tishi kerak bo’lgan to’k kuchi qabul qilingan. yorug’lik kuchi 1 kandella sifatida normal bosimda (101325 Pa) platinaning qotish temperaturasiga teng temperaturali to’la nurlagichning 1/600000m 2 yuzasidan, yuzaga tik ravishda chiqarilayotgan yorug’lik kuchini bir kandella deb qabul qilingan. Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 9 / 19 Tezlik va tezlanish Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 10 / 19 Tezlik va tezlanish Tezlanish odatda tezlikning vaqt birligi ichida qanchaga o’zgarishini ko’rsatadigan kattalikdir. Umumiy xolda esa tezlanish tezlikning vaqtga bog’liqlik funksiyasidan olingan 1-tartibli xosilaga teng bo’ladi. Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 11 / 19 Tezlik va tezlanish Jism o’zgaruvchan harakati uchun o’rtacha tezlik, bosib o’tilgan yo’l va ko’chish formulalari berilgan. Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 12 / 19 Jismning turli harakatlari: Jismning vertikal harakati Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 13 / 19 Jismning turli harakatlari: Jismning vertikal harakati Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 14 / 19 Jismning turli harakatlari: Gorizontal otilgan jism harakati Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 15 / 19 Jismning turli harakatlari: Gorizontal otilgan jism harakati Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 16 / 19 Jismning turli harakatlari: Gorizontal burchak ostida otilgan jism harakati Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 17 / 19 Jismning turli harakatlari: Gorizontal burchak ostida otilgan jism harakati Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 18 / 19 1-Ma’ruza bo’yicha topshiriqlar (masalalarni yechish) 1 Jism harakati qonuni S (t) = 3t − 2t 2 + t 3 + 150 ko’rinishda. Uning 3-sekunddagi tezligi va tezlanishini toping. 2 Ikkita jism 60 o burchak ostida kesishgan yo’llarda mos ravishda 30 m/s va 40 m/s tezlik bilan harakat qilyapti. Ularning nisbiy teligini hisoblang. 3 Gorizontga 45 o burchak ostida 40 m/s tezlik bilan otilgan jismning traektoriya tenglamasini yozing. Maksimal ko’tarilish balandligini hisoblang. 4 Gorizontga 45 o burchak ostida 40 m/s tezlik bilan otilgan jismning 2-sekunddagi normal va tangensial tezlanishlarini hisoblang. Y. To’rayev (TATU-UF) 1-Ma’ruza 02.10.2023 19 / 19 Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling