Mavzu: Fizika ta’limida axborot texnologiyalarni qo’llash Reja: Kirish Asosiy qism
Download 1.91 Mb.
|
FIZIKANI O'QITISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foylanilgan adabiyotlar Kirish
Mavzu: Fizika ta’limida axborot texnologiyalarni qo’llash Reja: Kirish Asosiy qism. Axborot texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati O’n bir yillik maktab fizika kursining mazmuni va tuzilishi o’quv jarayonida fizikaning tutgan o’rni. Fizikani o’qitishdan maqsad. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini asosiy maktablarda fizikani o'rganishning yangi vositasi sifatida qo'llash Xulosa Foylanilgan adabiyotlar Kirish MO’quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga, o’qituvchilar mehnat faoliyatining o’zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarining takomillashuviga olib keladi. Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishga o’ziga xos vazifalarni qo’yadi: ─ masofaviy o’quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o’qituvchilar, kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olb borishni; ─ o’qituvchilar o’rtasida vazifalarning bir maromda to’g’ri taqsimlanganligini; ─ ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda o’qituvchilarning ko’nikma va malakalarini oshirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida”gi 2005 yil 28 sentabrdagi PQ-191 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risida”gi 2002 yil 6 iyundagi 200 sonli ,“O’qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 2006 yil 16 fevraldagi 25 sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalada davlat siyosatining ustivor yo’nalishi sifatida e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Zamon talabi shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oshirib borish mumkin. Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’yektlarini ularning o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlantiradi. O’qituvchilar ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olish zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib etilayotgan ta’lim va tarbiya jarayoni shaxsga yo’naltirilgan xarakterda bo’lishi, ya’ni shaxsning har-xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak. Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Ular quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi: ─ multimedia texnologiyalarini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi. ─ bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o’quv materialini o’zlashtirish samaradorligi oshadi. ─ real holatlardan namoyish qilinishi yoki murakkab jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berish bilan muhim ahamiyatga ega. ─ o’quv materialini o’zlashtirish darajasiga ko’ra emas, balki o’quvchilarning mantiqan erishish darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi. ─ masofadan turib ta’lim olishni faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi. Balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi. ─ o’quvchilarga mustaqil izlashi uchun materiallarni topish hamda muammoli masalalarga jovob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi. ─ o’quvchilarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, axborot va ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling