Mavzu: Fizikani o‘qitishda qo‘llaniladigan didaktik prinsiplar О‘qitishning ilmiylik prinsipi


О‘quv fanini kasbiy yo‘naltirish prinsipi


Download 56.5 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi56.5 Kb.
#190646
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FAOM 1-kurs magistranti Tursunbayeva Yulduz 9-amaliy

О‘quv fanini kasbiy yo‘naltirish prinsipi. Oliy maktablarda turli yo‘nalishdagi mutaxassis kadrlar tayyorlanadi, ularning ko‘pchiligi fizika o‘qishadi. Shundan kelib chiqib, fizika fanini o‘qitishni kasbiy yo‘nalishini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunga asos bo‘lib, texnikada va ishlab chiqarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlarning ishlash prinsipi, fizik hodisa va qonunlarga asoslanganidir. Chunki bular fizikaning amaliy tatbiqi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun fizikaning texnik fanlar bilan o‘zaro bog‘lanishini hisobga olib o‘qitishni, uni kasbiy yo‘naltirish, deb aytish mumkin.

Albatta, boshqa didaktik prinsiplarni ham fizika fanini o‘qitishda hisobga olish kerak. Lekin biz ularga to‘xtalib o‘tirmaymiz. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan didaktik prinsiplar aksiomatik va trivial xarakterga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular fizika fanini o‘qitish nazariyasi va metodikasida katta ahamiyatga ega. Ular oliy maktablarda fizika fanini o‘qitishning didaktik asosini tashkil qiladi. Shuning uchun, didaktik prinsiplar va ularning mohiyati bilan oliy maktab professor-o‘qituvchilarigina emas, balki talabalar ham yetarli darajada fizik bilimlar bilan qurollangan bo‘lishlari kerak.

Savollar


  1. Fizikani o’qitishning ilmiyligi haqida ayting.

  2. Fizikani o’qitishdagi qiyinchiliklar haqidagi fikringiz.

  3. Fizikani o’qitishdagi individuallashtirish haqida nimalar bilasiz?

  4. Fizikani o’qitishda nazariyani hayot va amaliyot bilan bog’lash haqidagi fikringiz.

  5. Fizika o’qitish metodikasining predmeti nima?

  6. Fizika o’qitish metodikasi kursining vazifalari qanday?

  7. Umumiy bilim berish standartlariga qanday talablar talablar qo’yilgan?

Javoblar

  1. Fizikani o‘qitishning ilmiyligi – fizik tushunchalar, fizik hodisalar, fizik jarayonlar va fizik qonunlarning muhimligi bilan boshlanib, fizik kashfiyotlar bilan davom etadigan va fizik tadqiqt uslublarini aniqlash, reja tuzish, kuzatish, oxirida esa xulosa chiqarishdir. Ilmiy fikr yuritishda quyidagilar harakterlidir:

- tadqiqot ishining maqsadini aniq ta’riflash;

- o‘zida yangi g‘oyalarga ega bo‘lgan avval bajarilgan nazariy va eksperimental tadqiqot ishiga suyangan holda gipoteza ishlab chiqish;

- tadqiqot usulini ishlab chiqish;

- asosiy tadqiqot bosqichlarini aniqlash;

- ishlab chiqilgan uslub va rejaga asosan shaxsiy kuzatish;

- olingan natijalarning tahlili;

- xulosani ta’riflash;

2. Fizika o‘qituvchisi o‘z fanini a’lo darajada o‘rgangan bo‘lsa, o‘qitish jarayonida hech qanday qiyinchilik va tushunmovchiliklarga duch kelmaydi. Nazariya bilan birgalikda o‘qitish metodikasini ham puxta o‘rgangan bo‘lishi kerak.

3. Fizikani o‘qitish jarayonida individuallashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Yakka tartibda ishlash o‘quvchini o‘z bilimiga, o‘z kuchiga o‘z mahoratigagina suyanish mumkinligini isbotlaydi. O‘quvchi o‘z ustida mustaqil ishlash tizimiga o‘tadi va bu tizimda faol insonga aylanadi.

4. Fizikani o‘qitishda nazariy ma’lumotlarni hayotdan misol keltirib yoki amaliyotda ko‘rsatib o‘qitilsa, o‘quvchilar yanada yaxshiroq tushunishardi. O‘quvchilar ilmiy terminlrga emas, balki hayotiy va tajribada qo‘llay oladigan qonun va jarayonlarga ko‘proq tushunsa kerak. Masalan, Elektr tokini tushuntirishdan oldin o‘quvchilarni xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va keyin suhbatni - uyda qachon va qancha muddatga elektr toki o‘chib qolgani, qanday sababga ko‘ra o‘chgani, qanday qilib tamirlangani haqida gapirilsa va mavzuga qanday aloqasi borligi tushuntirilsa o‘quvchining diqqatini darsga qaratish oson va aynan shu kabi narsalar o‘quvchilarga qiziq.

5. Fizika o‘qitish metodikasining predmeti – fizika asoslarini o‘qitish nazariyasi va amaliyotidan iboratdir. Asosan, ta’lim jarayonini o‘rganish, fizikaning metodik o‘quv kursining mazmuni, uni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish.

6. Fizika o‘qitish metodikasi kursining vazifalari o‘qitish nazariyasini yaxshi bilish, materialni o‘zlashtirish, o‘qitishga tayyorlash va bilim berish, o‘quvchi ruhiy holatini darsga yo‘naltirish, o‘quv materialining metodologik asoslari bilan qurollantirishdan iboratdir.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Jo’rayev M. “Fizika o’qitish metodikasi” –T.: TDPU, 2013y

  2. Jo’rayev M. “Fizika o’qitishda statistic g’oyalar” –T.: O’qituvchi, 1996y

  3. Mirzaxmedov B. va boshqalar. “Fizika o’qitish metodikasi” –T.: TDPU, 2010y

  4. Беспалько В.П «Слагаемые педагогические технологии» -М.: Педагогика. 1996г

Internet saytlari

  1. www.tdpu.uz

  2. www.pedagog.uz

  3. www.Ziyonet.uz

  4. www.edu.uz

  5. tdpu-INTERNET.Ped

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling