Mavzu: Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash
Download 270.5 Kb.
|
4. Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Fizikani o`qitishda fanlararo bog`lanishning ahamiyati. Asosiy qism
Mavzuning maqsadi: Hozirgi kunda fizika darslarini mukammal hamda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqishini orttiradi va dunyoqarashini o`stiradi. Fizika fanini qo`shni fanlarga bog`lagan holda o`tish pedagogdan juda katta malaka va tajriba talab va buning hozirgi vaqtdagi ahamiyatini kengroq anglash mavzuning asosiy maqsadi hisoblanadi.
2.1. Fizikani o`qitishda fanlararo bog`lanishning ahamiyati. Asosiy qism: 2.1: Predmetlararo bog`lanishga xos xususiyat, eng avvalo darsdan kuzatilgan maqsad va vazifalarga qarab belgilanadi. Uning muvaffaqiyati esa o`qituvchining bilimiga, mahoratiga, darsning to`g`ri tashkil etilganligiga, dars metodlariga bog`liq bo`ladi. Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish maktab isloxotida-o`qituvchiga, uning e’tiqodiga, kasb mahoratiga, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog`liqdir. Ammo o`qituvchining bilimi va pedagogni mahoratini tinimsiz o`sib, takomillashib borishi, ta’lim formalari, metodlari va vositalarining takomillashish darajasi bilan bog`liq. Fizika o`qituvchisi biror mavzuni boshqa fan materiallari bilan bog`lab o`qitish uchun quyidagilarni e’tiborga oladi: 1.Mavzuni o`tish uchun ajratilgan vaqtni hisobga oladi. 2.Mazkur mavzuga doir fan materiallarini aniqlaydi. 3.O`quvchilarni boshqa fanlardan o`rgangan tushunchalarini aniqlaydi. 4.Darsga zarur bo`lgan ko`rgazmali qurollarni tayyorlaydi. Tabiiy-ilmiy fanlar o`quvchilarda olamning zamonaviy manzarasini ochishga qiziqish uyg`otadi. Tabiat haqidagi bilimlar dialektik dunyoqarashning tarkibiy qismi hisoblanadi. O`quvchilar ilmiy dunyoqarashining asosiy g`oyalari olamning moddiy birligi, materiya xarakati shakllarining o`zaro bog`lanishi, jonli va jonsiz tabiatning birligi, materiya mavjudligining shakllari-fazo va vaqt, "tabiat-jamiyat-inson" munosabati kabi tushunchalarini o`zlashtirishlari uchun predmetlararo bog`lanishdan foydalanish zarur. Maktab fizika kursida predmetlararo bog`lanishnish ahamiyati katta. Fizika kursini o`rganishda boshqa fanlarda o`rganilgan bilimlarga ham asoslaniladi. Masalan, mexanik harakat, tebranish va to`lqinlarni o`rganish uchun matematikadan trigonometrik funktsiyalar, figuralarning yuzasi tushunchalari, elektroliz va termodinamik tushunchalarni o`rganish uchun ximiyadan elektrolitik dissotsiatsiya, valentlik tushunchalari, havo namligi, atmosfera bosimi, konvektsiya, magnetizm kabilarni o`rganish uchun geografik tushunchalar, termodinamika qonunlari, issiqlik, elektr va optika haqidagi ta’limotlarni paydo bo`lishini o`rganish uchun tarix kursidan o`sha davrdagi tarixiy sharoit, sanoat va qishloq xo`jalik taraqqiyoti haqidagi tushunchalar zarur bo`ladi. O`z navbatida fizika kursida egallangan bilimlar boshqa fanlarni o`rganishda qo`llaniladi. Masalan, elektr toki, o`tkazgichlarni ulash, elektromagnit hodisalar haqidagi bilimlar mexnat darslarida qo`llaniladi. Fizika kursida o`rganilgan optik asboblar, spektral analiz, fotograf kabi tushunchalar astronomiyani o`rganishda qo`l keladi. Bunday bog`lanish fanlar taraqqiyotining zamonaviy darajasida, tabiiy, ijtimoiy va texnik bilimlar integratsiyasida, yaqqol ko`rinadi. Kursni fanlar tutashgan joyda biofizika, bioximiya, fizik ximiya, meditsina radiologiyasi, biokibernetika, bionika kabi yangi fanlar vujudga keladi. Zamonaviy kompleks murakkab muammolarni o`rganishda fanlar bir-biri bilan birlashadi. (Masalan, inson va kosmos, inson va tabiat, jamiyat vi shaxs, fan va ishlab chiqarish, inson va mashina kabi). Yangi fanlarning yaratilishi mutaxassislarga yangi talablar qo`yadi, politexnik bilimlar va ko`nikmalar bilan qurollangan yosh mutaxassislar tayyorlashni taqozo qiladi. Bunday mutaxassislar tayyorlash esa maktabdan boshlanadi. Fizika tabiat haqidagi fan bo`lib xisoblanadi. Tabiatni faqat fizika fanigina emas, balki boshqa fanlar ham o`rganadi. Masalan, tabiatshunoslik, geografiya, ximiya, astronomiya va boshqalar. Xar bir tabiiy fan tabiat xodisalarning turli tomonlarini o`zining uslubi bilan o`rganadi. Lekin ular bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Barcha tabiiy fanlar birgalikda tabiat xaqida umumiy tasavvur xosil qiladi. Barcha tabiiy fanlar bo`ladigan hodisalarni bir-biriga suyangan holda o`z nuqtai-nazari bo`yicha tushuntiradi. Bunda o`quv predmetlari o`rtasidagi o`zaro aloqa turli xodisalar orasidagi ob’ektiv bog`lanishni aks ettiradi. Keyingi yillarda fizika o`qituvchilari orasida predmetrlararo bog`lanish asosida o`qitishga qiziqish sezilarli ravishda ortdi. Biz turli tabiiy fanlar o`rtasida bog`lanishni o`rganish orqali o`quvchilarda: a) ob’ektiv dunyodagi eng muhim hodisalar haqidagi umumlashgan bilimlarni shakllantirishga; b) olamni yagona ilmiy manzarasini yaratishga; v) yagona ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga erishamiz. Maktabda o`rganiladigan barcha fanlar o`quvchilar ongida tabiatda va jamiyatda yuz beradigan hodisalarga dialektik yondashuvni xosil qiladi. Bunda tabiiy fanlar muhim rol o`ynaydi. SHuning uchun ularni bir-biridan ajratib o`rganish mumkin emas. Dunyoni bilishni asosi tabiiy fanlarni o`qitishda shakllantiriladi. CHunki bu fanlar materiya xarakatining alohida turlari va xossalari xaqida tushuncha beradi. Masalan, fizika darslarida tabiatdagi sodir bo`ladigan mexanik, tovush, issiqlik, elektr, magnit, yorug’lik xodisalarni o`rganishda o`qituvchi materiya harakatining ana shu muvofiq formalarga diqqatni jalb qiladi. Ximiya va biologiya o`qituvchilari esa o`quvchilar e’tiborini ximiyaviy reaktsiyalar va organizmlarda ro`y beradigan biologik jarayonlarda kuzatiladigan materiya xarakatining yanada murakkabroq shakllariga qaratadilar. Bu fanlar orqali materiya tushunchasini doimiy kengaytirib borish, materiya xarakatining turli shakllarini ma’lum ketma-ketlikda o`rganish o`quvchilarda materiya va uning uzluksiz xarakati haqidagi tasavvurlarning yagona sistemasini yaratadi. Bundan tashqari, xarakat materiya mavjudligining yagona shakli ekanligiga ko`nikma shakllanishiga yordam beradi. Tabiat hodisalarini o`zaro aloqa va bog’liqlikda o`rganish bu xodisalarning umumiy aloqadorligi haqida o`quvchilarda ishonch xosil qiladi. O`rta maktablarda ba’zi masalalar, g’oyalar, xatto asboblar turli fanlarda bir necha marta ko`rib chiqiladi. Masalan, diffuziya xodisasi, 5-sinf tabiatshunoslik darsida ("Suvda eriydigan va erimaydigan moddalar"), 6-sinf geografiya darsida ("Suvdagi tuz tarkibi"), 6-sinf botanika darsida ("Tsitoplazmaning xarakatlanishi. Xujayraga moddaning kirishi"), 7-sinf fizika darsida (Tazlarda, suyukliklarda va kattik jismlarda diffo`ziya"), 8-sinf ximiya darsida va nihoyat 8-sinf zoologiya darsida ("Nafas olish, xazm kilish jarayonida diffuziyaning roli") ko`rib chiqiladi. Kompas asbobi 5-sinfda tabiatshunoslik darsida ("Plan va karta"), 6-sinf geografiya kursida ("Joyda orientirovka olish, kompasga qarab azimutni belgilash"), 8-sinf fizika kursida ("Magnit may-doni"), 8-sinf geografiya darsida ("Azimutlar- magnit va xaqiqiy, direktsion burchak") hammasi bo`lib to`rt marta ko`rib chiqiladi. O`qituvchi o`quvchilar kompas bilan ilgari tanishganliklarini bilmaydi. SHuning uchun yana boshdan tushuntiradi. Predmetlararo bog`lanishni to`g’ri o`rgatilishi tabiiy-ilmiy sikldagi turli fanlar bo`yicha o`quv materialining takrorlanishiga yo`l qo`ymaydi, vaqtni ma’lum darajada tejashga imkon beradi. Maktab fizika kursi politexnik mazmuniga ega. Bu ta’lim yoshlarning mustaqil mexnat yo`lini tanlashda, kasb tayyorgarligini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ham fizika fani politexnik ta’lim asosida o`quvchilarning tabiat qonunlarini chuqur o`zlashtirishlariga imkon beradi. Bu qonunlardan amalda foydalanish, zamonaviy ishlab chiqarsh asoslari bilan tanishish kabi masalalarni hal qilishga yordam beradi. Bu esa fizika programmasi oldiga quyidagi talablarni qo`yadi: Fizik hodisa, qonun, nazariya,umumiy ilmiy prinsip, hodisalarning mexanizmini chuqurroq darajada ko`rib chiqish. Fizikaning amaliy sohalarini o`rganish. Fizik-texnik xarakterdagi bilimlarni umumlashtirish yirik xalq xo`jaligi masalalarini texnik iqtisodiy yechilishi bo`yicha tushuntirish: o`zgaruvchan va o`zgarmas tok elektr energiyalarini uzatish liniyalarini qurish, avvaldan fizik va ximik xossalari berilgan materiallar yasash, yerning sun’iy yo`ldoshlaridan foydalanish va boshqalar). 4) Laboratoriya va namoyish qilinadigan eksperimentlarni zaruriy darajagacha bo`lishini ta’minlash, ishlab chiqarishga ekskursiyalar o`tkazish. Fizika kursini boshqa tabiiy ilmiy-sikldagi fanlar bilan bog’lab o`qitish quyidagi imkoniyatlarni ochib beradi: 1.o`quvchilar fundamental tabiiy-ilmiy tushuncha ("modda", "mate-riya", "xarakat", "energiya") va qonunlarni "energiyaning saqlanish va bir turdam ikkinchi turga aylanish qonuni", "impulsning saqlanish qonuni", "massaning saqlanish qonuni") chuqurroq o`zlashtiradilar. 2.Turli tushunchalar bo`yicha o`quvchilarda umumlashgan ko`nikma va malakalarni (predmetlararo xarakterdagi o`lchash, grafik yasash, darslik bilan ishlash kabi) hosil qilish. 3.O`quvchilarda bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda o`qitishning rolini oshirish, ularda har xil manbalardan mustaqil foydalanish malakasini shakllantirish. 4.O`quvchilarning dialektik materialistik dunyoqarashlari va politexnik bilimlari doirasini kengaytirishda o`qitishning rolini oshirish. 5.Tabiiy-ilmiy sikldagi turli fanlar bo`yicha o`quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtirish va sistemalashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal qilish. 6.Kompleks xarakterdagi masalalarni yechishda, tabiatda va texnikada sodir bo`ladigan hosidalarini xar tomonlama o`rganishda turli tabiiy fanlar bo`yicha olingan bilimlardan foydalanish malakasini xosil qilish. 7.Tabiatdagi ko`pgina xodisa va qonunlarni o`rganishda ortiqcha takrorlashlarni tugatish, natijada ma’lum o`quv vaqtini tejab qolish. 8.Tejab qolingan vaqt xisobiga ba’zi xodisa va qonunlarni chuqurroq o`rganish, ijodiy va amaliy xarakterdagi ishlarni bajarish. 22: Qadimgi zamonlarda olimlar faqat fizika bilan shug’ullanishgan.Fizika fani o`z ichiga tabiatdagi hamma hodisa va qonuniyatlarni qamrab olgan edi. Olimlar tabiatda bo`ladigan o`zgarishlarni o`rganib. ularning hammasi ma’lum qonuniyat asosida yuz berishni aniqladilar. Umuman tabiat xaqidagi fanlarning maqsadi-tabiatda mavjud qonunlarni ochish, o`rganish va ulardan inson ehtiyoji uchun foydalanishdan iboratdir. Tabiat doimo o`zgarishda bo`lgani uchun tabiat haqidagi fanlar ham doimo rivojlanib boradi. Vaqt o`tishi bilan fizikadan mustaqil fan sifatida kimyo, biologiya, geografiya, matematika kabi fanlar ajralib chiqdi. Lekin bu fanlar fizikaning asosiy qonunlari asosida rivojlanishni davom ettirdilar. Bu fanlarning fizikani o`rganish bilan chambarchas bog’liqligi saqlanib qoldi. SHuning uchun fizika boshqa tabiiy fanlar bilan bog’lab o`rganilishida katta imkoniyatga ega. Biz quyida fizikani ba’zi tabiiy fanlarga bog’lab o`qitishning ayrim misollarini ko`rib chiqamiz. Maktab fizika va ximiya kurslari bir-biri bilan o`zaro chambarchas bog’langan. CHunki ularning o`rganish ob’ekti bir xil (jism,jarayonlar,jonsiz tabiatdagi qonuniyat). Bu to`g`rida M.V.Lomonosov shunday degan edi: "Ximiya va fizika o`zaro shunday bog’langanki, biri ikkinchisisiz rivojlana olmaydi". Bu o`zaro bog`lanishning natijasi sifatida fizik ximiya fani yuzaga keldi. Bu fanlarni o`kitishda predmetlararo bog`lanish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshirilishi mumkin: 1 .O`quvchilarda fizika va ximiya uchun umumiy bo`lgan modda tuzi- lishi, atom va molekula haqidagi tushunchalar, ularda sodir bo`ladi- gan jarayonlar to`g`risidagi bilimlarni shakllantirish. 2.Fizika va ximiya uchun umumiy bo`lgan qonunlarni o`rganish. 3.Fizika va ximiya uchun umumiy bo`lgan nazariyalarni o`rganish. 4.Ximiyaviy tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun fizikada o`rganilgan bilimlardan foydalanish. 5.Fizik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun ximiyada o`rganilgan bilimlarni qo`llash. Ba’zi bir tushunchalarni urganishda fizika va ximiyaning o`zaro aloqadorligini ko`rib chiqamiz. 7- sinf fizika kursida moddalari molekulalardan tuzilganligi, ularni doimo xarakatda bo`lishi haqida ma’lumotlar beriladi. 8-sinf fizika va ximiya kurslarida esa 7-sinfdagi o`rganilganlarga tayanib moddalarning atom molekulyar tuzilishi hakida dastlabki tushunchalar beriladi. 8-sinf fizika kursida moddalarning atom tuzilishi o`rganiladi va ion, elektronlar xaqida ma’lumotlar beriladi. 8-sinf ximiyasida esa bu masalalar" endi takrorlanmaydi, balki rivojlantiriladi. Modda hakidagi tushuncha asosida aralashmalar va toza moddalar ko`rib chiqiladi, fizik tushuncha bilan taqqoslash orqali ximiyaviy hodisa hakida tushuncha kiritiladi. 8-sinf boshlanishda ximiyadan atom haqidagi tushuncha asoslarning doimiyligi qonunga ko`ra o`rganiladi, ximiyaviy reaksiyalar ko`rib chiqiladi, nisbiy atom va molekulyar massa xaqidagi tushunchalar kiritiladi.
Download 270.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling