Mavzu: Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash
4. Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash
FIZIKA DARSIDA
| |
XIMIYA DARSIDA | |
Molekula-moddani tashkil |
Molekula moddaning bo`linish che- |
etuvchi zarracha. Molekula |
garasidir. Molekula oddiy va |
moddaning eng kichik |
murakkab moddalarning eng kichik |
miqdoridan iborat. |
zarrasi xisoblanadi. |
Molekula hamma moddalarda bir |
Fizik xodisalar jarayonida mole- |
xil. |
kula o`zgarmasdan koladi. |
Molekulalarning o`lchamlari |
Ximiyaviy xodisalarda bir |
juda kichik.. |
moddaning molekulasi yangi |
Molekulalar bir-biridan |
moddaning molekulasiga |
ma’lum oraliqda joylashgan |
aylanadi. |
bo`ladi. |
Bir turdagi molekula moddani |
Hamma molekula uzluksiz xara- |
xosil qiladi,bir necha turdagi |
katlanadi. |
molekula aralashmani hosil |
Molekular bir-biri bilan o`zaro |
qiladi. |
tortishadi va itarishadi. |
Oddiy moddalarning |
Molekulalar massaga ega. |
molekulalari bir xil atomlardan, |
Molekula kinetik va potensial |
murakkab moddalarning |
energiyaga ega. |
molekulalari turli atomlardan |
|
tuzilgan bo`ladi. |
Bundan ko`rinadiki, 6-7-sinf fizika darslarida molekula to`g`risida o`quvchilarga yetarli ma’lumot beriladi,shuning uchun ximiya darslarida uni yana takrorlashning xojati yo`q. Ximiya darslarida molekula tushunchasi kengaytirib, chuqurlashtirib boriladi. Masalan: 8-sinf ximiya kursida fizika kursida o`rganilgan molekula to`g`risida tushunchalar boyitilibgina qolmay, uning yangi xossalari (bir molekulani boshqa molekulaga aylanish) tushuntiriladi. Natijada molekula xaqidagi bilimlar to`ldirib rivojlantirib boriladi.
Darsga tayyorgarlik vaqtdaida fizika va ximiya o`qituvchilari oldida quyidagi vazifalar turadi:
1.Programmada ko`rsatilgan predmetlararo bog`lanishdagi mavzularning mazmunini aniqlash.
2.Ularni o`tish metodikasini ishlab chiqish.
Predmetrlararo bog`lanish asosida beriladigan bilimlar sistemasiga yaratish.
4.Ikkala fan uchun umumiy tushunchalarni yagona ilmiy talqiniga erishish.
Bu masalalar o`kituvchining darsga tayyorganlik vaqtdada
echiladi. Yarim o`tkazgichlarda erkin elektronlar soni temperatura
yoki yorug’lik ta’sirida o`zgaradi. Elektron chiqarilganda musbat ion,
ya’ni "tezlik" xosil bo`ladi.
Fizikada o`rganiladigan turli xodisalarga jonli tabiatdan juda ko`p misollar keltirish mumkin. Demak, bunday misollar keltirish orqali fizika darslarida biologik tushunchalardan foydalanish fizik xodisani xayot bilan bog`lanish, fizika va biologiyadan olingan bilimlarni chuqurlashtirishga,xar ikki fanga bo`lgan o`quvchilarning qiziqishlarini oshirishga va kasb tanlashlariga imkon beradi.O`quvchilar birinchi darsdayoq barcha tabiiy fanlar fizika qonunlaridan foydalanishni tushunib yetadilar.Fizika- jonsiz va jonli tabiatda ro`y beradigan xodisalarning kaliti ekanligiga ishonch xosil qiladilar.Keyingi yillarda ikkala fan asosida biofizika vujudga keldi.
Fizika darslarida biologiya materiallaridan foydalanish uchta yo`nalish bo`yicha olib borilishi mumkin: 1.O`rganiladigan fizika qonunlarini jonli tabiatga, tirik organizmlarga qo`llash (jonli tabiatdan misollar keltirish). 2.Biologiya va tibbiyotda foydalaniladigan fizik metodlarni qo`llashga imkon beradigan materiallarni tatbiq etish.(Masalan, turli optik asboblar:lupa,mikroskop, stetoskop, fonendoskop kabilar).
3.Darsga bog’langan xolda biologiyaning yangi tarmoq va yo`nalishlari bilan o`quvchilarni tanishtirib borish. (Masalan, radiolakatsiyadan texnikada foydalanishni tushuntirishda turli xasharotlar, qushlar, delfinlar xarakatini gapirish mumkin).
7-sinf fizika kursida molekulalarning o`lchamlarini
tushuntirishda turli tirik organizmlarning o`lchamlari, massalari
to`g`risida gapirish mumkin.Turli viruslarning,
mikroorganizmlarning o`lchamlarini molekulyar o`lchamlariga solishtirish orqali ko`zlangan maqsadga erishiladi.
"Arximed kuchi" mavzusini o`tishda o`quvchilarning biologiyadan o`rgangan baliqlarning tuzilishi, tirik organizmlarga muhitning ko`rsatadigan ta’siri to`g`risidagi bilimlaridan foydalanish mumkin.O`quvchilarga quyidagi savollarni beriladi.
1.Nima uchun baliqlarning skleti boshqa quruqlikda yashovchi xayvonlarning skletiga nisbatan bo`sh, egiluvchan bo`ladi?
2.Nima uchun suv o`tlarining poyasi qattiq bo`lmaydi?
3 .Nima uchun kit sayoz joyda xalok bo`ladi?
Suvda yashaydigan tirik organizmlarning zichligi suv zichligidan juda oz farq qiladi.SHuning uchun ularning og’irligi Arximed kuchi bilan to`la muvozanatlashadi. SHu sababli suv xayvonlari quruqlikda yashovchi xayvonlarnikidek og’ir skeletga ega emas.
Baliqlardagi havo pufagi ular xayotida katta ahamiyatga ega.Bu baliqlarda qisqarish xossasiga ega bo`lgan yagona organdir.Ko`krak va qorin muskullari yordamida pufak siqilib o`z xajmini va o`rtacha zichligini o`zgartiradi.Natijada,u baliqning suv ostiga tushish chuqurligini boshqaradi.
Suv o`tlarining poyasi egiluvchan bo`lsa-da, o`zining vertikal xolatini saqlaydi.
Buning sababi shuki, uning shoxlagan uchlari oxirida havo kalkovuchi vazifasini bajaruvchi yirik xavs pufakchalari mavjud.
Bunday fikrlar aytilgandan keyin, biror toshni suv ostida ko`tarish quruqlikda ko`tarishdan osonroq ekanligiga o`quvchilar e’tiborini jalb qilib,Arximed kuchiga doir tajribalar o`tkaziladi.Ana shu tariqa Arximed kuchi to`g`risida tushuncha hosil qilinadi.
7-sinfda "Bosim va uning birliklari.Tabiatda vg texnikada bosim"mavzusi o`tilganda xayvonot olamida uchraydigan bosim kuchlari to`g`risida gapirish mumkin. Turli xayvonlar oyoq tuyoqlarining (Masalan, ot, sigir, bug’u) tuzilishi, ularning qumda, botqoqlikda va qorda xarakatlanish xususiyatlari aytiladi.
O`simliklar xayotida tikanlarning, xayvonlar xayotida esa o`tkir tishlarning roli to`g`risida gapiriladi.
7-sinf fizika kursida "Oddiy mexanizmlar" mavzusini o`tishda jonli tabiatdan juda ko`p misollar keltirish mumkin.
Inson va xayvonlar organizmidagi erkin xaraktlanadigan
hamma suyaklar richag xisoblanadi. Masalan, odamda qo`l va oyoqlar.
pastki jag’, bosh suyagi, barmoq suyaklari; mushuklarda esa
xarakatlanuvchi tirnoklar richag xisoblanadi.O`simliklarda ham
richag elementlari uchraydi.
Tirik organizmlar skeletining richag mezanizmlari kuchdan yutqizilganda tezlikda yutishga asoslangan.
Richag elementi yelkasining uzunliklari bu organning qanday xayotiy funksiya bajarish bilan bog’liq. Masalan, tozi itning va kiyikning uzun oyoqlari tez chopishga imkon beradi. Ko`rsichqonning qisqa panjalari esa kichik tezliklarda katta kuch xosil kilishga asoslangan. Tozi itning uzun jag’lari yugurib ketayotgan o`ljani tez ushlashga imkon beradi.
O`simliklar dunyosida richag elementlari kam uchraydi. Bu esa o`simlik organizmi xarakatchanligining ozligi bilan tushuntiriladi. Masalan, daraxt tanasi va uq ildizi richag buladi. O`simlik gullarida ham richag mexanizmning topish mumkin. Masalan, gulning otalik organi richag vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, juda ko`p o`simliklarning tikani, xayvonlarning esa shoxlari, tishlari,tirnoqlarini ponaga misol qilish mumkin.
9-sinf o`quvchilarida og’irlik kuchi, massa va zichlik to`g`risida tushuncha xosil qilishda turli xayvonlarning o`rtacha og’irliklari ko`rsatilgan jadvaldan foydalanilsa darsning qiziqarliligi ortadi. Yoki tezlik tushunchasini xosil qilishda turli xayvonlar, qushlar va xasharotlarning tezliklari yozilgan jadvalni ko`rsatish mumkin.
O`simliklar dunyosida diffuziyaning ahamiyati juda katta. Daraxtlar barglari orqali "Nafas olib"gina qolmasdan, qisman oziqlanadi ham. SHuning uchun ularda yuza diffuziyasi kuzatiladi. Hozirgi vaqtda mevali daraxtlarning (ildizi orqali oziqlanishdan tashqari) barglariga purkash yo`li bilan oziqlantirish usuli qo`llanilmoqda.
Diffuziyali jarayonlar tabiiy suv xavzasi va akvariumlarni kislorod bilan ta’minlashda ham katta rol o`ynaydi. Kislorod to`xtab qolgan suvning erkin sirtidan diffuziya tufayli uning juda chuqur qatlamlariga ham yetib boradi. SHu sababli suv yuzalariga har xil to`siqlarni, o`simlik barglarining tushib qolish unga kislorod o`tishini tuxtatib qo`yadi,natijada suv xayvonlarini nobud bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin. SHuning uchun og’zi tor bo`lgan shisha idishlardan akvarium sifatida foydalanib bo`lmaydi.
Download 270.5 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling