Mavzu: Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash


Download 270.5 Kb.
bet4/7
Sana22.06.2023
Hajmi270.5 Kb.
#1649668
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4. Fizikani o’qitishda qo’shni fanlar bilan bog’lanishni ta’minlash

MAVZU: FIZIKA,TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA
Fizika, tabiatshunoslik va geografiya fanlari bir-bir bilan chambarchas bog’langan.Ular tabiat hodisalarining turli tomonlarini o`rganadi.
Tabiat geografiya kursining asosiy vazifasi tabiat va jamiyat taraqqiyotining qonunlari bo`yicha o`quvchilarga bilim berishga, ularga doimiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan.
Geografiyaning muxim bo`limi bo`lgan tabiat geografiya va uning ajralmas tarkibiy qismi bo`lgan tabiatshunoslik fanlari bir-biriga juda yaqin xisoblanadi.
Tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursi tabiatni va uning Yer yuzidagi o`zgarishlarini, Yerning o`z uqi atrofidagi va Kuyosh atrofidagi yillik xarakatlarini o`rgansa, tabiatshunoslik fani esa jonli va jonsiz tabiatni va undagi yangiliklarni o`rganadi. Tabiiy geografiyaning keyingi bosqichlarida esa (6-8sinflarda o`quvchilarga geografiya qobiq, uning bir butunligi, mavjud organik va noorganik strukturalar, ularning tarkibi to`g`risidagi insonni o`rab turgan tabiat,u yashayotgan, unga o`z aloqalari ta’sirida va ular orqali umuman dunyoga ta’siri to`g`risida bilimlar beriladi.
Umuman, tabiatshunoslik va geografiyaning fizika bilan bog’liq bo`lgan juda ko`p masalalari avval tabiatshunoslik va geografiya kurslarida, keyinchalik fizika kursida o`rganiladi Boshqacha qilib aytganda, fizika kursida o`rganiladigan materialllar, parametrlar, asboblar, ba’zi terminlar tabiatshunoslik va geografiya kurslarida uchraydi. Bu yerda har bir qonun yoki xodisalar batafsil tushuntirilmaydi. Tabiatshunoslik va geografiya o`qituvchilari tabiatdagi xodisalarni tushuntirishda fizik terminlardan foydalanadi,lekin uning ilmiy moxiyatini o`quvchilarga tushuntira olmaydi.
Fizika, tabiatshunoslik va geografiya fanlari o`rtasidagi o`zaro bog`lanishning asosiy xususiyati shundan iboratki, fizika o`kitishda ana shu tabiatshunoslik va geografiya fanlarida o`rganilgan materiallarga suyangan xolda tabiat xodisalarining fizik moxiyati ochib beriladi. Masalan, 7-sinf fizika kursida "Atmosfera bosimi","Atmosfera bosimini o`lchash. "Torrichelli tajribasi", "Aneroid- barometr", "Turli balandliklarda atmosfera bosimi", "Manometrlar" mavzulari o`rganilali. 6-sinf geografiya kursida esa "Atmosfera bosimi" degan mavzu utilgan bo`ladi.
Fizika kursida o`quvchilarning ana shu bilimlariga asoslangan xolda dars o`tilsa uning samaradorligi ortadi.
Tabiiy geografiyada atmosfera-sayyoramizni o`rab turadigan havo qobig’idir, deb tushuntiriladi. Fizikada esa Yer sharini qurshab olgan havo qatlami atmosfera deyiladi, deb tushuntiriladi. Ushbu ikkala ta’rifning ham ma’nosi bir xil.Tabiatshunoslik va tabiiy geografiyada atmosfera o`zgarishlari va o`lchov to`la tushuntirilmaydi.Fizika kursida esa o`quvchilarning olgan bilimlari tabiat qonunlariga bog’lanadi.
Yer sharini o`rab turgan ma’lum og’irlikka ega bo`ladi.SHuning uchu u yer yuzasiga va undagi narsalarga kuch bilan ta’sir etadi.Bu ta’sirni okeandagi suvning bosimiga o`xshatish mumkin.Okean qanchalik chuqur bo`lsa, uning kursida suv bosimi shunchalik katta bo`ladi. Yer o`zining tortish kuchi yordamida havo massasini ushlab turadi.Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi havo massasi xuddi suv kabi pastki qismlarga ta’sir etib, Yer yuzasida eng yuqori atmosfera bosimini vujudga keltiradi.
Havoning og’irlikka ega ekanligi birinchi marta XVII asrda buyuk italyan olimi G.Galiley tomonidan aniqlangan edi. Bungacha havo og’irlikka ega emas,deb kelinardi. Galiley havo bilan to`ldirilgan bitta shisha olib, uni isitadi va tarozida tortib ko`radi. Isitilgan shisha yengilroq bo`lib chiqadi. SHisha isitilgan paytda uning ichidagi havo kengayib, bir qismi tashqariga chiqib ketadi va shisha idish oldingiga nisbatan yengilroq bo`lib qoladi.
Atmosferaning bosimga ega ekanligi 1643 yilda italyan olimi Torrichelli tomonidan tasdiqlandi. Torrichelli bir tomoni kavsharlangan 90 sm uzunlikdagi shisha trubkani simob bilan to`ldirib, trubkaning ochiq tomoni berkitilgan holda uni simobli idishga tonkarib tushiradi va trubkaning pastki qismini ochib yuboradi.
SHunda trubkadagi simob pastga tusha boshlaydi.Ma’lum vaqtdan keyin to`xtab qoladi. Trubkada 76 sm balandlikdagi simob ustuni qoldi. Bunda trubkadagi simob batamom to`kilib ketmadi. Bunga sabab, simobli katta idishga ta’sir etayotgan atmosfera bosimidir.Bu bosim trubkada qolgan simob ustuniga teng.

Download 270.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling