Mavzu: Fiziologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja: Fizalogiya fanining predmeti Fizalogiya fanning maqsadi
Download 13.75 Kb.
|
fanning maqsad vazifalarig
Mavzu: Fiziologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja: 1.Fizalogiya fanining predmeti 2. Fizalogiya fanning maqsadi 3. Fanning vazifalari Fiziologiya suzi yunoncha пҳйсис — tabiat va логос — ta’limot suzlaridan tashkil topgan. Fiziologiya - tirik organizmda kechayotgan jarayonlar va ularni o'rab turgan muhitda hayot kechirishga moslashishini ta’minlovchi jarayonlar haqidagi fandir. Fiziologiya odam va hayvonlarni yaxlit organizmida va uning a’zolari, to'qima, hujayralar hamda ularning tuzilish birliklarini tashkil qiluvchi qismlarida bajarilayotgan funksiyalar bo'yicha qonunlami o'rganadi. Funksiya - bu organizmda, uning organ va to4qimalarida tinimsiz o'zgaruvchan atrof-muhit sharoitiga faol holda moslashishida va shu bilan birga ularning o‘zlari ham tashqi muhitga yetarlicha ta’sir ko'rsatishi natijasida yuz beradigan moddalar almashinuvining o'zgarishi natijasidir. Fiziologiyasi fanning predmeti va vazifasi. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fani biologiya fanlarining eng muhim bo‘limlaridan biri bo‘lib, tirik organizm, undagi organlar, to‘qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalari ya’ni ularning hayot faoliyati jarayonlarini o‘rganadi. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanning asosiy maqsadi organizmda kechayotgan turli fiziologik - biokimyoviy jarayonlarni a’zo, to‘qima, hujayra, membrana va organella darajalarida chuqur o‘rganish va ularga faol ta’sir qilib, hohlagan tomonga yo‘naltirishdan iborat. Fiziologiyani umumiy, qiyosiy va xususiy qismlarga ajratiladi. Fiziologik funksiyalarni har tomonlama chuqur tushunish uchun ularning hamma xossalarini, ko‘rinishlarini, o‘zaro munosabatlarini organizmning turli holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida aniqlashga intiladi. Fiziologiya avvalo umumiy, solishtirma va maxsus yoki hususiy qismlarga ajratiladi. Umumiy fiziologiya muhit ta’siriga tirik materiya javob berishining xos bo‘lgan asosiy hayotiy jarayonlarini o‘rganadi, tirik tabiatni o‘lik tabiatdan farqlovchi sifat jihatdan o‘ziga xos xodisalarni tekshiradi. Hujayra fiziologiyasi umumiy fiziologiyaning bo‘limlaridan biridir. Har bir turga mansub organizmlar va indvidual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funksiyasining o‘ziga xosligini solishtirma fiziologiya tekshiradi. Barcha fiziologik materiallarni umumlashtiruvchi umumiy fiziologiya va evolyusion fiziologiyadan tashqari, fiziologiyaning maxsus yoki xususiy bo‘limlari ham bor. Bularga hayvonlarning ayrim sinf va guruhlari: masalan, (qishloq xo‘jalik hayvonlari, qushlar, hasharotlar) fiziologiyasi yoki ayrim turlar: mas. (qo‘y, sigir) fiziologiyasi, ayrim organlar: mas. (jigar, buyrak, yurak), to‘qimalar: mas.(nerv yoki muskul to‘qimasi) fiziologiyasi kiradi. Fiziologiyaning boshqa maxsus sohalaridan odam va yuksak hayvonlar fiziologiyasi ko‘proq rivojlanmoqda. Mehnat fiziologiyasi, jismoniy mashqlar va sport fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, odam va hayvonlar fiziologiyasi fiziologiyaning laboratoriya ahamiyatga ega bo‘lgan sohalaridir. Patologik fiziologiya - kasal organizm hayot faoliyatining maxsus belgilarini o‘rganadi, kasal organizm shu belgilari bilan sog‘lom organizmdan farq qiladi. Fiziologiya o‘z tekshirishlarida boshqa fanlarning ma’lumotlariga asoslanadi va o‘z navbatida bir qancha fanlarning rivojlanishiga asos bo‘ladi. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fizika bilan ximiya qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish usullaridan keng foydalaniladi. Buning sababi shuki, energiya almashinadi ya’ni ximiyaviy va fizikaviy jarayonlar ro‘y beradi. Fiziologiyada fiziologik tadqiqotlarning ikkita yo‘nalishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Organizmda fizik va kimyoviy jarayonlar o‘tishining o‘ziga xos qonunlari aniqlanadi, bu jarayonlarni o‘rganishda maxsus usul va texnikaviy usullar ishlab chiqiladi. hayotiy xodisalarni tekshirishning fizik va ximiyaviy yo‘nalishlari biologik va biologik ximiya deb ataluvchi mustaqil fanlarga aylanganligiga sabab. Fiziologiyadagi biofizik yo‘nalishning muhim tarmoqlaridan biri elektrofiziologiya hayvonlar organizmida nerv-muskul, bez to‘qimalari ko‘zlanganda ro‘y beruvchi elektr xodisalarni o‘rganadi. Fiziologiya morfologik fanlar, anatomiya, gistologiya, sitologiyaga jips bog‘liq. Buning sababi shuki morfologik va fiziologik xodisalarni bir-biri bilan chambarchas bog‘langan organizm va qismlarning shakli, strukturasi va ularning funksiyasi o‘zaro bog‘liq, ularning makroskopik, mikroskopik va submikroskopik tuzilishini va tekshirilayotgan funksiya yuzaga chiqayotganda bu tizim o‘zgarishini bilmay turib organizm funksiyalarini chuqur o‘rganib bo‘lmaydi. Fiziologiya umumiy biologiyaga va evolyusion ta’limotga, embriologiyaga ham tayanadi, chunki har qanday organizm faoliyatini o‘rganish uchun uning taraqqiyot tarixi - felogenezi va ontogenezini bilish lozim, shu bilan birga funksiyalar evolyusiyasini o‘rganish evolyusion ta’limotni ba’zi masalarini aniqlashga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar Almatov K.T., Odam va hayvonlar fiziologiyasi, T., 2004; Qodirov U.Z., Normal fiziologiya, T., 1996. Haitov R., Rajamurodov Z., Zaripov В. Hayvonlar fiziologiyasi. Toshkent. 2005 y. 0 ‘qituvchi Nuritdinov E.N. Odam fiziologiyasi. Toshkent, Aloqachi, 2005 у Internet tarmogʻi Arxiv.uz Wikipedia Download 13.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling