Mavzu: fonetika va grafika asoslarini o'rganishda pedagogik texnologiyalarni qo'llash tutuq belgisining ishlatilishi
Download 93 Kb.
|
DARS ISJHLANMA fonetika va grafika asoslarini o\'rganishda pedagogik texnologiyalarni qo\'llash
MAVZU: FONETIKA VA GRAFIKA ASOSLARINI O'RGANISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH Tutuq belgisining ishlatilishi Maqsad : a) tutuq belgisining ishlatilish o`rinlari haqida o`quvchilarga ma’lumot berish; b) o`quvchilarda insoniy fazilatlarni tarbiyalash ; d)tutuq belgilari mavjud so`zlarni to`g`ri yoza olish; Dars turi: yangi bilim va tushuncha berish. Uslub: aqliy hujum , guruhlarda ishlash , “Charxpalak” metodi, “Men kimman ” mashqi Jihoz: darslik ,A-3 qog`oz,texnika vositalari. DTS talabi: tutuq belgisining qo`llanishi haqida tushunchaga ega bo`lish Dars rejasi: I Tashkiliy qism Salomlashish , yo`qlama , navbatchi hisobotini tinglash, Ma’naviyat daqiqasi .”O`zlikni anglash” “Biz kim?” savoliga 1-qator o`quvchilari biz olmoshini ega vazifasida keltirib , 2-qator o`quvchilari biz olmoshini kesim vazifasida keltirib , 3- qator o`quvchilari qaratqich aniqlovchisi vazifasida keladigan gaplar bilan kim ekanliklarini izohlashlari kerak. Masalan: Biz 5-sinf o`quvchilarimiz . Mustaqil yurt bizniki. Bizning oilamiz ahil. II O`tgan mavzuni so`rash. O`tilgan mavzu test tarqatmalar va “Men kimman?” mashqi orqali takrorlanadi.Tarqatma qo`sh undoshli so’zlar asosida bo`lishi mumkin.”Men kimman ?” mashqida o`quvchilar boshlariga kiygizilgan tojdagi yozuvni aytilgan ma’lumotlarga qarab aniqlashlari kerak bo’ladi. Masalan: Mustaqil so`zlar Ma’lumotlar: Siz morfologiyada o`rganilasiz. Siz olti turga bo`linasiz. Atash ma’nosiga egasiz. Gap bo`lagi bo`la olasiz. So`roq olasiz. Shu tarzda “Unli tovushlar” , “Bo`g`iz tovushi”,”B” , “Fonetika”,”Orfografiya”,”Tutuq belgisi” kabi so`z va atamalar haqida ma’lumotlar aytiladi. III Yangi mavzu bayoni Har bir guruh uchun alohidadan qo`shiq eshittiriladi . O`quvchilarga qo`shiqdagi tutuq belgisi mavjud so`zlarni aniqlash topshiriladi. Masalan: Muhayyo, Surayyo , Ra’no , Muqaddas Ko`zimni yashnatib kiyibsiz atlas. E’tibor beramiz , mavjud bo`lgan so`zlar qanday talaffuz qilinyapti? 1-topshiriq , 2- topshiriqni past o`zlashtiruvchi o`quvchilar doskada diktant tarzida yozadilar. Tutuq belgisi qanday vazifa bajarayotganini aniqlaydilar. Mo`jiza,mo`tadil , mo`tabar so`zlarida tutuq belgisining ishlatmaslik sababini aniqlanadi. Ekranda tutuq belgisi haqidagi qoidalar namoyish etiladi. Avval o`qituvchi , undan so`ng o`quvchilar tomonidan o`qitiladi. IV Mustahkamlash qismi. 435-mashq o`quvchilarga so`z diktant tarzida bajartiriladi . (Kitoblar berkitilgan holda) So`ngra o`quvchilar o`z-o`zini tekshiradi. Tahlil qilinadi. Tutuq belgisi unlini cho`ziqroq aytilishini ifodalaydi: e’lon , she’r , shu’la, da’vo , ma’no, ba’zan , e’tiqod, ne’mat. Tutuq belgisi unlini undoshlardan ajratishni ifodalaydi: qal’a , qit’a, jur’at, qat’iy. 436- mashq kichik guruhlarda bajariladi..Har bir so`z juftligi guruhlar (to`rtlik) tomonidan izohlanadi. Masalan: San’at – sanat. 1-o`quvchi: - Tutuq belgisi undosh va unlini ajratib talaffuz qililishni ifodalayapti, shuningdek, xuddi tovushga o`xshab ma’no farqlayapti. 2-o`quvchi: -1- so`zda yuqori darajadagi ish ma’nosini ifodalayapti. -2- so`zda harakat ma’nosida kelyapti. 3- o`quvchi: O`zbek qo`shiqchiligi san’ati dunyoga mashhur. 4- o`quvchi: -Guruhimiz olgan rag`batlarni sanat. 437-mashq doskada yozma bajariladi. Podsho vazir-u a’yonlari davrasida otdan tushib , tog` bag`riga qaradi. Zamira sun’iy ravishda bosiq bo`lishga urinar edi. Sening vujudingda mo`jizalar mavjudligini birinchi bor uchratganimdayoq payqagan edim. Mashqdagi tutuq belgili so`zlar (a’yon , sun’iy ) ga izoh beriladi. “Mo`jiza” so`zida qo`llanmaslik sababi esga olinadi. Hurmatli o`quvchim , bugungi darsdan qanday bilim olganingizni “Charxpalak ”metodi orqali tekshirib olamiz . diqqat qiling , unda har bir o’quvchi uchun 3 tadan so`z yozilgan . Siz bu so`zdagi tutuq belgisini kerakli joyga qo`yasiz, o`z qatoringiz oxiriga mana bu chehralardan birini yopishtirasiz. Agar darsdan yetarli bilim olgan bo`lsangiz , kulib turgan chehralarni , nimanidir tushuna olmagan bo`lsangiz, hafa chehrani yopishtiring. Buning uchun guruhlarga 3 daqiqa vaqt ajratiladi. -Topshiriqni bajarish bilan birga quyidagi gapga diqqat qilamiz . –Hammamiz ekranga qarab , yozuvdagi xatoni aniqlaymiz va gapni sintaktik tahlil qilamiz ”Men Ishoqning o`qishdagi yutuqlariga havas qilaman” O`quvchilar guruh ishi bilan bir paytda bu mashqni ham bajaradilar. Keling , bu guruh ishini sokin musiqa ostida bajaramiz. (3 daqiqali musiqa eshittiriladi ) O`quvchilar javobi eshittiriladi. Guruh ishi yakunlangach , hamkor guruhlar ishini almashtirib , xatolar tekshiriladi va taqdimotchilar taqdim etadi. -Demak , o`quvchilar , tutuq belgisi qanday vazifa bajarar ekan? -Qaysi holatda unli cho`ziq talaffuz qilinsa ham , tutuq belgisi qo`yilmaydi? V Yakuniy qism -Mana, bugungi darsimiz o`z nihoyasida yetib bormoqda unda barcha o`quvchilar faol ishtirok etdi.Ayniqsa, ____________ larga alohida rahmat demoqchiman , shuningdek, ________________larga ham barakalla deyman. Bugun har biringiz bugungi darsga fayz , mazmun bag`ishladingiz. Bir og`iz so`z bilan aytganda : Munchoqdek ko`zingiz chaqnoq baxtiyor , Faolsiz , zukkosiz har ishdalarim. Siz bilan har kunim mazmunli , bahor , Mening jajjigina farishtalarim. -Aziz o`quvchim , savodxonlik – millatning ma’naviyati , uning kelajagini belgilovchi omildir . Bugun “Tutuq belgisining ishlatilishi ” mavzusi orqali savodxonligimizni yana bir karra mustahkamladik. Agar bugungi darsda , hech bo’lmaganda , bitta so`zning yozilishi haqida tushunchaga ega bo`lgan bo`lsangiz, darsda bir marta bo`lsa-da, ishtirok etgan bo`lsangiz , demak , siz ham millatimiz kelajagi uchun o`z hissangizni qo`shdingiz. Demak, siz mana bu “ O`zbekiston “ deb atalmish azim va hamisha navqiron daraxtga yaproq bo`lishga haqlisiz . O`quvchim , darsdan chiqishdan avval ismingiz yozilgan yaproqlarni mana bu daraxtga yopishtirishingiz mumkin Shu bilan darsimiz tugadi. Bugungi mehnatingiz uchun rahmat! CHARXPALAK
Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling