Mavzu: fonologik zidlanishlar


Download 95 Kb.
bet2/2
Sana14.12.2022
Hajmi95 Kb.
#1002399
1   2
Bog'liq
FONOLOGIK ZIDLANISHLAR

Bir o‘lchovli zidlanishlarda zidlanuvchi a’zolarning zidlanishi uchun asos
bo‘lgan belgi faqat shu zidlanish uchungina xos bo‘lib, zidlanish sistemasining
boshqa a’zolarida uchramaydi. Shunga ko‘ra, [s] va [sh] zidlanishi aynan bir
o‘lchovli zidlanish hisoblanadi. Chunki [sh] [s] dan “shippillovchi” ekanligi bilan
farq qiladi va shu belgisi ularning o‘zaro farqlanishi uchun asos bo‘ladi. Bunday
zidlanish sistemaning boshqa a’zolari o‘rtasida uchramaydi. Bundan tashqari, [sh]
ning “shippillovchi”lik xususiyati o‘zbek tili fonologik sistemasidan o‘rin olgan
fonemalarning hech birida mavjud emas. Bu esa uning ajralgan zidlanish
ekanligidan dalolat beradi.
Xuddi shunday zidlanish turini [l] va [r] o‘rtasida ham kuzatish mumkin.
Fonologik sistemada [l] “yon”lik, [r] esa “titroq”lik belgisi bilan boshqa
fonemalardan ajralib turadi. Ular o‘rtasidagi zidlanish bir o‘lchovli zidlanish bo‘lib,
ularning farqlanishi uchun asos bo‘luvchi “yon”lik va “titroq”lik belgilari esa faqat
shu birliklar uchungina xos bo‘lgan, boshqa hech qaysi birlikda takrorlanmaydigan
ajralgan zidlanishdir.
Zidlanuvchi a’zolar o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra zidlanishlarni quyidagi
turlarga ajratishimiz mumkin:

  1. Privativ zidlanish.

  2. Ekvipolent zidlanish.

  3. Gradual zidlanish.

  4. Ajratilgan zidlanish.

Privativ zidlanish birida bor, ikkinchisida yoq bo’lgan belgi asosidagi
fonologik oppozisiyalar bo‘lib, ikki a’zodan iborat bo’ladi: b-p, d-t, i-u kabi. Demak,
privativ zidlanishda korrelyativ belgi asos bo‘ladi. Jumladan, t↔d zidlanishida t
fonemasida jarangsizlik belgisi korrelyativ belgidir. Chunki shu fonemaning asosiy
belgilariga ega boʻlgan, ammo undan boshqa korrelyativ belgisining borligi bilan
(jaranglilik belgisi borligi bilan) ajralib turuvchi d fonemasi bor. Qolgan belgilari
ushbu zidlanishda korrelyativ boʻlmagan belgi hisoblanadi.
Ekvipolent zidlanish teng qimmatli fonologik oppozitsiyalar bo‘lib,
zidlanuvchi a’zolar mantiqan teng huquqlidir. Ya’ni ziddiyatga kirishayotgan ikki
a’zoning zidlanish belgilari teng. Masalan, d↔v zidligida d – til oldi, portlovchi,
jarangli; v – lab, sirgaluvchi, jarangli. Ziddiyatga asos bo‘layotgan belgilar ikkisida
ham teng.
Gradual zidlanish ma’lum belgining ortib borishi natijasidagi fonologik
oppozitsiyadir. Masalan, i↔e↔a zidligida og‘izning ochilish darajasi, yoki u↔o‘↔o zidligida lablanish belgisining darajalanishi.

Fonologik oppozitsiyalar zidlanuvchi a’zolar ishtirokiga ko‘ra oppozitsiyasiga ko‘ra binar, tenar va ko‘p a’zoli zidlanishlarga bo‘linadi. Jumladan, fonologik oppozisiyalar ikki a’zodan iborat bo’lsa, binar oppozisiya deyiladi: b-p, t-ch,i-u kabi.


Fonologik oppozisiyalar uch a’zodan iborat bo’lsa, tenar oppozisiya deyiladi: p-t-k, ie-a kabi. Ko‘p a’zoli zidlanishlarda zidlanish a’zolari uchtadan ko‘p bo‘ladi:
p=b=t=d=m=n=ng=k=g=q – portlovchilar ekvipolent zidlanishga kirishadi.
Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling