Mavzu: formulalar. ASOSIY TENG KUCHLI formulalar. Mulohazalar algebrasining funksiyalari


Download 37.86 Kb.
bet4/6
Sana02.01.2022
Hajmi37.86 Kb.
#192570
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AZIMOVA MAXSUMA MATEM

Muloxazalar hisobi

Mulohazalar hisobi (MH) aksiomatik nazariya bo‘lib, mulohaza tushunchasiga hech qanday mazmun berilmaydi. Mulohazalarni odatdagidek lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilaymiz. Mulohazalarga qo‘yiladigan talab bitta, u ham bo‘lsa, mulohazalar hisobining aksiomalarni qanoatlantirishi kerak. Mulohazalar algebrasini mulohazalar hisobining interpretatsiyalaridan biri sifatida qarash mumkin.



Mulohazalar hisobida .formula tushunchasi.

Mulohazalar hisobini qurish uchun avval uning alfaviti, ya’ni MH da ishlatiladigan belgilar sanab chiqiladi, sûngra shu belgilarning ketma-ketligidan tuzilgan so‘z – formula tushunchasi va niùoyat, keltirib chiqariluvchi formulalar ta’riflanadi.

MH ning alfaviti uchta tur belgilardan iborat :

  1. A , V , S , . . . , X , U, Z , . . . – o‘zgaruvchi mulohazalar.


  2. ù , & , Ú , Þ - mantiqiy bog‘lovchilar.


  3. ( , ) - chap va o‘ng qavslar.




MH da boshqa belgilar yo‘q.

II.1.1 - ta’rif. 1. Har bir o‘zgaruvchi mulohaza formuladir.



2. Agar  va  lar formula lar bo‘lsa, u holda (ù ),

( &  ) , (  Ú  ) , (  Þ  ) – lar ham formuladir.

3. Boshqa usulda formula hosil qilib bo‘lmaydi.

O‘zgaruvchi mulohazalarni elementar formulalar deb ataymiz.

Mulohazalar hisobida formulaosti tushunchasi mulohazalar algebrasidagidek kiritiladi. qavslarni tashlab yuborish tartibi ham mulohazalar algebrasidagidek. SHu sababli, bular ustida to‘xtalib o‘tmaymiz.




Download 37.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling