Мавзу: Фосфор кислота ишлаб чиқаришдаги экстракторнинг тўлиқ иссиқлик техник ҳисоби


Download 302 Kb.
bet1/7
Sana29.04.2023
Hajmi302 Kb.
#1401481
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Электротермик усулда фосфат кислотаси ишлаб чиқаришнинг тўлиқ иссиқлик


Mavzu: Elektrotermik usulda fosfat kislotasi ishlab chiqarishdagi ekstraktorning moddiy hisobi.

Reja:

Kirish.


  1. Fosforitlarning fizik – kimyoviy va mexanik xossalari.

  2. Fosfat xom ashyolari va ularga ishlov berish usullari.

  3. Elektrotermik usulda fosfat kislotasi ishlab chiqarish texnologik hisoblari. Minoraning moddiy hisobi.

  4. Ekstraktorning issiqlik hisobi

  5. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH



О‘rta Osiyo mintaqasida qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishidagi asosiy muammo mineral о‘g‘itlar yetishmasligidir.
Mineral о‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar: О‘zbekistonda oltita, Qozog‘istonda uchta, Turkmanistonda ikkita, Qirg‘izistonda va Turkmanistonda esa yо‘q.
Ishlab turgan zavodlar azotli va fosforli о‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda. Mintaqada kaliyli ma’danlar zahirasiga boy bо‘lishiga qaramay birorta kaliyli о‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar yо‘q.
О‘zbekistonda azot, fosfor va kaliyli о‘g‘itlarga bо‘lgan 2005 yildagi talab quyidagicha: 100% li azot 761,82 ming. T. 100% li R2O5 – 518,27 ming.t. va 100% li K2O – 278,12 ming.t.
2004 yilda О‘zbekistonda 100% li ozuqa elementlariga hisoblaganda 736,754 ming.t. azotli va 137,414 ming.t.
Fosforli о‘g‘itlar ishlab chiqarildi. 250 ming.t kaliyli о‘g‘it (K2O bо‘yicha) Rossiyadan sotib olingan.
О‘zbekiston qishloq hо‘jalik ishlab chiqarishining asosiy mahsuloti paxta va dondir. Paxta xosildorligi 3 mln.t bug‘doy esa 5 mln.t. dan ortiqroq.
Ma’lumki, har bir tonna paxta har yili yerdan 45 kg azot, 15 kg R2O5 va 45 kg K2O xar bir tonna bug‘doy esa 35 kg azot, 10 kg R2O5, 24 kg R2O5 о‘zlashtiradi.
Faqat ikkita qishloq xо‘jalik mahsuloti (paxta va don) keltirilgan xosildorlikda xar yili yerdan 310 ming.t azot, 115 ming.t fosfor va 255 ming. t kaliy о‘zlashtiradi. Boshqa mahsulotlar xam yerdan о‘zi bilan katta miqdordagi ozuqa elementlarini olib chiqadi.
О‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti kо‘rsatishicha, о‘g‘itsiz paxta xosildorligi 12 s/ga, Har gektarga 225 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy ishlatganda va tо‘g‘ri agrotexnik qoidalariga amal qilinganda hosildorlik 30-35 s/ga yetishi tasdiqlangan.
Hozir о‘rtacha paxta hosildorligi 24 s/ga teng.
О‘zbekiston qishloq xо‘jaligi rivojlangan agrar mamlakatdir. Mexnatga loyiq axolining 40% qishloq xо‘jaligi bilan band. Paxta va boshoqli don yetishtiridigan asosiy ekinlardir. О‘zbekistonning xozirgi rivojlanish bosqichida 25 milliondan ortiqroq aholini turli xil qishloq xо‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlashga katta e’tibor berilmoqda. Ekinlar xosildorligini oshirish va ularning sifatini yaxshilashda turli о‘g‘itlardan foydalanish asosiy omil xisoblanadi.

Download 302 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling