Fosfat kislota va uning birikmalari
Fizik xossalari. Toza xolatdagi ortofosfat (yoki soddaroq aytilganda fosfat) kislota rangsiz prizmatik kristall bо‘lib, 42,35°S da suyuqlanadi va suvda yaxshi eriydi.
Odatda uni quyuq, moysimon suyuqlik xolatida olinadi, undan sovutish orqali kristall maxsulot ajratib olinadi. Kо‘p xollarda kristallanish faqatgina kristallantiruvchi qо‘shimcha (zatravka) qо‘shilgandagina amalga oshadi. Buni fosfat kislotaning —121°S gacha qayta sovutish orqali suyuqlikning shishasimon holatga о‘tishga va 13°S gacha sovutish orqali 1,88 g/sm3 zichlikka ega bо‘lgan moysimon suyuqlikka aylanishga moyilligi orqali izoxlanadi.
Ozgina miqdordagi suvning ishtiroki kislota suyuqlanish xaroratining pasayishiga olib keladi va uning kristallanishi sekinlashadi. Kristallanish jarayoni 29,32°S da suyuqlanadigan yarimgidratli fosfat kislota N3R04*0,5N2O xosil bо‘lishida tezlashadi.
Fosfat kislota xar qanday konsentratsiyadagi suvli eritmalarni xosil kiladi. 0,5°S xaroratda suvda 78,7% N3R04 eriydi, 29,3°S xaroratda esa tarkibida 91,6% N3R04 bо‘lgan N3R04*0,5N3O inkongurent suyuqlanadi.
Tabiiy fosfatlarni sulfat kislotali parchalashningumumiy fizik-kimyoviy asoslari
Tabiiy kalsiy fosfatlarning kislotalar bilan parchalanishidan fosfor kislotasi va kalsiyning tegishli tuzlari xosil bо‘ladi. Kalsiyli tuzlari suvda yaxshi eriydigan kislotalar (masalan, nitrat yoki xlorid kislota) ishlatilganda olingan eritmalarni о‘g‘itga aylantirish, о‘simliklar tomonidan uzlashmaydigan yoki kiyin uzlashadigan fosfatli birikmalarga aylanishiga olib keladigan kimyoviy uzgarishlarni oldini olish uchun kalsiyning bir qismini ajratib olish yoki bog‘lash orqali amalga oshiriladi.
Bundan farqli ularok, fosfatlarni sulfat kislotali parchalashda ajraladigan suvda kam eruvchi kalsiy sulfat qattiq fazaga о‘tadi; о‘g‘it tarkibida ballast (keraksiz kо‘shimcha) sifatida katnashishi yoki eritmadan ajratib olinishi mumkin.
Birinchi xolatda oddiy superfosfat, ikkinchisida esa ekstraksion fosfat kislota olinadi.
Tabiiy fosfatlarni sulfat kislota bilan ishlov berilganda, ftorapatit:
fosfat kislota olishda:
Sa5(RO4)zF + 5N2SO4 + 5nN2O == ZNzRO4 + 5SaSO4·nN2O + NF
Do'stlaringiz bilan baham: |