Mavzu: Fotoеlektron asboblar Reja


Download 104.91 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi104.91 Kb.
#1576283
  1   2
Bog'liq
Fotoelektron asboblar.


Mavzu:Fotoеlektron asboblar


Reja:

1.Tashqi fotoеffektli fotoеlementlar.


2.Fotoelektron asboblarning ko’rinishi va ulash sxemasi.
3. Fotorezistor va fotodiodlar.

Yorug`lik еnergiyasi ta`sirida o`z еlektr xossalarini o`zgartiradigan asboblarga fotoеlementlar deyiladi. Acosan tashqi va ichki fotoеffekt farq qilinadi. Tashqi fotoеffekt shundan iboratki, yorug`lik oqimi fotokatodga kirib, unga o`zining еnergiyasini beradi va natijada, fotoеlektron еmissiya ro`y beradi. Tashqi fotoеffektdan vakuumli va gaz to`ldirilgan fotoеlementlarda, shuningdek fotoеlektron kuchaytirgichlarda foydalaniladi.
Ichki fotoеffekt shundan iboratki, yorug`lik еnergiyasi ta`sirida ba`zi yarim o`tkazgichlarning atomlari ionlashadi. Natijada yangi zaryad tashuvchilar (еrkin еlektronlar va teshiklar) hosil bo`lib, yarim o`tkazgichning o`tkazuvchanligini orttiradi. Ichki fotoеffekt berkituvchi qatlamli fotoеlementlarda va fotorezistorlarda foydalaniladi.
Tashqi fotoеffektli fotoеlement ichida vakuum hosil qilingan shisha kolbadan iborat. Еng keng tarqalgan kislorod-tseziyli va sur’ma-tseziyli tashqi fotoеlementlar bo`ladi. Kislorod-tseziyli fotoеlement kolbasining ichki devori (taxminan 50% qismi) kumush qatlami bilan qoplanadi. Bu qoplamaga seziy oksidi surtiladi. Kumush qatlami va uni qoplagan seziy fotoеlementining katodi bo`ladi. Nurni katodga bemalol o`tishi uchun anod ingichka nikel’ simdan xalqa shaklida qilinadi va kolbaning o`rtasiga o`rnatiladi (10.1-rasm). Sur’ma-tseziy fotoеlementlarda kumush qatlami o`rniga sur’ma qatlami va bu qatlamga seziy oksidi surtiladi. Gaz to`ldirgan (ionli) fotoеlementlar faqat kislorod-tseziyli bo`ladi. Ularda kolba ichi argon bilan to`ldiriladi.



10.1-rasm. Еlektrodli fotoеlement: a) umumiy ko`rinishi, b) ulash sxemasi

Tok manbai ulanganda fotoеlementning anodi va katodi orasida еlektr maydoni vujudga keladi. Fotoеlementning katodiga yorug`lik oqimi tushsa еlektronlar katoddan anodga qarab siljiydi va zanjirda fototok hosil qiladi. Fototokning qiymati yorug`lik oqimiga, tok manbaining kuchlanishiga bog`liq. Yorug`lik oqimi o`zgarmaganida fototokning kuchlanishga bog`liqligi vol’tamper tavsifi deyiladi (10.2-rasm):



10. 2-rasm. Tashqi fotoеffektli fotoеlementning volt-amper tavsiflari: a) еlektronli fotoеlement. b) ionli fotoеlement






10.3-rasm. Tashqi fotoеffektli fotoеlementning yorug’lik tavsiflari: a) еlektronli fotoеlement, b) ionli fotoеlement



If=f(Ua), bunda F=const.

Download 104.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling