Mavzu: Fotofosforlanish


Download 335.11 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi335.11 Kb.
#1139425
Bog'liq
botanika mt 7


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika unversituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo‘nalishi 303-guruh talabasi Xujanazarova Yulduzning Botanika fiziologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.
Mavzu: Fotofosforlanish
Reja:
1.Fotofosforlanish jarayonlarida elektron yõli.
2.Fotofosforlanish turlari.
Fotosintetik fosforlanish protsessini 1954 yilda Arnon (AQSh) kashf etgan.Fotosintetik fosforlanish protsessida ATF hosil bo’lishi turli tipdagi reaksiyalarga bog’liq bo’lib, ular bir-biridan reaksiyalarda ishtirok etuvchi kofaktorlari va reaksiya natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar bilan farq kiladi.
Fotosintetik fosforlanish reaksiyalari ikki asosiy tipga: tsiklik (halqali) fotosintetik fosforlanish va tsiklik bo’lmagan (halqasiz) fotosintetik fosforlanishga bo’linadi. Fotosintetik fosforlanish reaksiyalarining bo’nday bo’linishi bu protsessda elektronlar ma'lum sistema bo’ylab tashilishi (ko’chishi) xususiyatiga bog’liq.
Bu protsessda bioximiyaviy jihatdan samarali hisoblangan barcha yorug’lik ATF sintezlinishi uchun sarflanadi. Tsiklik fotofosforlanish reaksiyalarning umumiy formulasiga mos keladi. Bu reaksiya anaerob sharoitda borgani uchun kislorod ishtirok etishini talab qilmaydi.
Reaksiya davomida kislorod yutilmaydi ham, ajralib chiqmaydi ham.
Siklik fotofosforlanish reaksiyalarida quyoshning yorug’lik energiyasini yutgan xlorofill qo’zgalgan holatga o’tadi. Bunday holatdagi xlorofill molekulasi elektronlar donori sifatida yuqori energetik potensialga ega bo’lgan tashqi qavatdagi elektronlarni chiqarib yuboradi.
Natijada xlorofill molekulasi musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Elektron ma'lum elektron o’tkazuvchi sistema orqaliko’chirilib, musbat zaryadga ega bo’lgan va shu tufayli elektronning akseptori sifatida namayon bo’lgan avvalgi xlorofill molekulasiga qaytadi. Shunday qilib, elektron bosib o’tgan yo’l halqani (siklni) tashkil qiladi .
Foydalanilgan adabiyotlar:
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
E'tiboringiz uchun raxmat
Download 335.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling