Mavzu: Fotolyuminessesensiya. Fluoressensiya va fosforensensiya
Download 0.61 Mb.
|
1 F
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat
Mavzu:Fotolyuminessesensiya.Fluoressensiya va FosforensensiyaTuzuvchi:Tekshiruvchi:Reja: 1.Fotolyuminessensiya 2.FluoressensiyaFotolyuminessensiya - yorugʻlik nurlari va ultrabinafsha nurlar vujudga keltiradigan lyuminessensiya turi. F.ning optik spektrlari (103—0,1 mkm toʻlqin uzunlikdagi elektromagnit nurlanish spektrlari) chizikli, yoʻlyoʻl va uzluksiz (tutash) boʻlishi mumkin. Ularning qandayligi moddaning agregat (baʼzi xossalari sakrabsakrab oʻzgaradigan) holatiga, atomlar va molekulalarining vujudga kelish (uygonish) shartsharoitlariga bogʻliq, faqat bugʻlar F.si spektrlarigina uygʻotuvchi nurlanish (yorugʻlik nurlari va ultrabinafsha nurlar) toʻlqinlari uzunligiga boglik boʻladi. F.ning eng oddiy holi — atom bugʻlarining rezonans (uygʻunlashib) nurlanishi. F.dan lyuminessent lampalar, yorugʻlikni qayd qilish asboblari va boshqalarda foydalaniladi. FLUORESSENSIYA FLUORESSENSIYA (flyuorit va lot. escent — kuchsiz taʼsirni ifodalovchi suffiks) , flyuoressensiya — qisqa vaqtda soʻnadigan lyuminissensiya. Odatda, Fluoressensiya atom va molekulalarning spontan kvant oʻtishlarida sodir boʻladi, shuning uchun Fluoressensiya davomiyligi atom va molekulalarning uygʻongan holatda yashash vaqti b-n aniqlanadi (man etilgan utishlar holida Fluoressensiya davomiyligi anchagina katta boʻlishi mumkin). Fluoressensiya yordamida moddalar strukturasi va ularda yuz beradigan fizik jarayonlar oʻrganiladi. Fluoressensiyadan lyuminessent analiz, chaqnovchi \sanagichlar, defektoskopiya, mikrobiologiya, tibbiyot, biofizika va h. k. larda foydalaniladi. Fosforessensiya - uygʻotish tugagandan keyin xam ancha davom etadigan lyuminessensiya. F. bir necha sekund, minut, soat, oy va hatto yil davom etishi mumkin. Kristallofosforlarning F.si uygʻotish vaqtida ajraladigan elektronlar va kovaklarning rekombinatsiyasi vaqtida sodir boʻladi Nurlanishning choʻzilishi elektronlar va kovaklarning turli "qopqon"larga ilinishi bilan bogʻliq. Ular faqat "qopqon" chuqurligidan katta boʻlgan qoʻshimcha energiya olibgina bu "qopqon"lardan ozod boʻlishi mumkin. Murakkab organik molekulalarning F.si ularning metastabil (oraliq) holatda boʻlishi bilan bogʻliq. Organik molekulalar F.sining ravshanligi, odatda, vaqt boʻyicha eksponensial qonun boʻyicha kamayadi. Kristallofosforlar F.si ravshanligining soʻnish qrnuni murakkab. Kristallofosforlar trasining ortishi, odatda, F.ning soʻnishini tezlatadi (yana q. Fluoressensiya). Etiboringiz uchun rahmatDownload 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling