- soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar; - - soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar;
- - soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so’mdan ortiq bo’lgan yoki o’z ixtiyori bilan foyda solig’ini to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- - oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
- Agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, aylanmadan soliq to’lovchi shaxslar soliq to’lovchilar hisoblanmaydi.
- Yuridik shaxslar foyda solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim iqtisodiyot tarmoq korxonalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin (misol uchun, energetika, neftgaz-xolding kabi tarmoq korxonalari).
- Foyda solig‘i stavkasi 1998-yilda 36 foizni tashkil etgani holda 2001-yilda 26 foizga tushirilgan. 2002-yilda esa 24 foiz, 2003-yilda 20 foiz, 2004-yilda 18 foiz, 2005-yilda 15 foiz, 2006-yilda 12 foiz, 2007-yilda 10 foiz, 2009-yildan boshlab esa 9 foiz qilib belgilangan. 2010–2013-yillarda mazkur miqdor saqlab qolindi. 2014-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 8 foiz etib belgilandi. 2015-yil 1-yanvardan boshlab mazkur stavka 7,5 foiz miqdorida tasdiqlandi. 2018-yil 1-yanvardan boshlab esa mazkur stavka 14 foiz miqdorida belgilandi. 2019 yilda esa ushbu miqdor 12 foizni tashkil etgan.
- Soliq kodeksining 337-moddasiga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |