Mavzu: fudbol o’yinida to’pni boshqarish texnikasini va uning ahamiyati reja: Kirish Asosiy qism
MAVZU: FUDBOL O’YINIDA TO’PNI BOSHQARISH TEXNIKASINI VA UNING AHAMIYATI
REJA:
Kirish……………………………………………………………………………2
Asosiy qism
1.Futbol o‘yinining paydo bo‘lishi va rivojlanishi………………………………3-7
2.Futbol texnikasining klassifikatsiyasi……………………………………………8
3.O’yinchining harakatlanish texnikasi………………………………………..9-13
4.Maydon o‘yinchisining texnikasi…………………………………………..14-49
5.Darvozabon o‘yin texnikasi…………………………………………………40-46
Xulosa…………………………………………………………………………47-48
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...49
Kirish
Tayanch tushunchalar: Qo‘yilgan maqsadga erishmoq uchun o‘yinda xilma–xil tarzda qo‘shib turib qo‘llaniladigan maxsus usullar to‘plami futbol texnikasini tashkil etadi.
Texnik usullar – bu futbol o‘yinini vujudga keltirish vositasi demak. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan futbolchining ana shu xilma–xil vositalarni qanchalik to‘liq bilishiga, raqib jamoa o‘yinchilari qarshilik ko‘rsatayotgan, ko‘pincha charchoq orta borayotgan sharoitda o‘yin faoliyatidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llanishga bog‘liq. Futbol texnikasini yaxshi bilish futbolchining har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi va garmonik kamol topishidagi ajralmas qismdir.
O‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida futbol texnikasida muayyan o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu evolyusiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: boshning chakka qismi va orqasi bilan zarba berish, to‘pni boldir bilan to‘xtatish singari noratsional usullarni qullanish ancha kamayib ketdi; oyoq yuzi bilan zarba berishdan, to‘pni son va ko‘krakda to‘xtatishdan, to‘pni qo‘l bilan tashlash (darvozabon texnikasi)dan foydalanish koeffitsienti oshdi, aldash harakatlarni (fintlar) ko‘paydi.
Hozirgi futboldagi texnik usullar uyin xarakatlari tezligi va aniqligini oshirish uchun kuchdan etarlicha tejab foydalanish imkonini beradigan, biomexanika nuqtai nazaridan maqbul harakat tizimi bilan xarakterlanadi. Tez va ishonchli, sodda va samarali bo‘lsin! Futbol texnikasini qo‘llanishga qo‘yiladigan xozirgi kundagi talab ana shundan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |