Mavzu: fudbol o’yinida to’pni boshqarish texnikasini va uning ahamiyati reja: Kirish Asosiy qism


Download 93.26 Kb.
bet14/20
Sana25.02.2023
Hajmi93.26 Kb.
#1230520
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
9FUDBOL O’YINIDA TO’PNI BOSHQARISH TEXNIKASINI VA UNING AHAMIYATI

Aldash harakatlari (fintlar)
Futbol texnikasining raqib bilan bevosita yakkama-yakka kurashda bajariladigan priyomlar guruhi aldash harakatlarini tashkil etadi. Fintlar raqib qarshiligini engish va o‘yinni davom ettirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ishlatiladi.
Fintlardan foydalanish hujumda ham, himoyada ham ko‘p taktik masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi.
Futbol texnikasida aldash harakatlarining quyidagi asosiy priyomlari ko‘zga tashlanadi: «qocha turib» aldash, «zarba berib» aldash, «to‘pni to‘xtatib» aldash. Bu fintlarni va ularning turlarini bajarishning xilma-xil usullari bor. Fintlarning klassifikatsiyasi berilgan.
Aldash harakatlari texnikasini taxlil qilganda ikkita umumiy bosqich ajratib ko‘rsatiladi. Bulardan biri tayyorlov bosqichi bo‘lsa, ikkinchisi asl niyatni amalga oshirish bosqichidir. Aldash harakatlari birinchi bosqichda raqibda qarshilik ko‘rsatish uchun javob reaksiyasi o‘yg‘otishga qaratilgan bo‘ladi. Shu bosqichdagi harakatning tabiiyligi raqibning javob reaksiyasi qanday bo‘lshini belgilab beradi. Ikkinchi bosqichda aldash harakatiga javoban raqib reaksiyasidan keyin futbolchining asl niyati amalga oshiriladi. O‘yindagi vaziyat va taktik mulohazalarga qarab variantlar ko‘p bo‘lishi asl niyatini amalga oshirish bosqichiga xos xususiyatdir. Fintlarni bajarishda to‘p bilan (olg‘a, o‘ngga, chapga, orqaga) qochib qolish, to‘pni olib qochish, kelayotgan to‘pga tegmay sherigiga o‘tkazib yuborish hamda shularning birgalikdagi turli variantlari qo‘llaniladi.
Aldash harakati birinchi bosqichning tezligi qo‘llanilayotgan texnik priyomning tayyorlov bosqichini tabiiy qilib bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt bilan belgilanadi. Ikkinchi bosqichni bajarish tezligi esa taktik sharoitga bog‘liq bo‘lib, odatda maksimumga yaqin bo‘ladi.
«Qochib qolish» finti. Turli usullarda bajariladigan bu texnik priyom harakat yo‘nalishini to‘satdan va tez o‘zgartirish prinsipiga asoslangan. O‘yinchi tayyorlov bosqichida muayyan yo‘nalishda raqibdan qochib qolmoqchi ekanini ko‘rsatmoqchiday harakat qiladi. Raqib ham shu tomonga intilib, buning o‘tmoqchi bo‘lgan zonasini to‘sib chiqmoqchi bo‘ladi. O‘yinchi asl niyatni amalga oshirish bosqichida tezda harakat yo‘nalishini o‘zgartirib, tupni qarama-qarshi tomonga olib qochadi.
Qochib qoladigan aldash harakatlari ko‘pincha oyoqlarni yarim bukib bajariladi, chunki bu hol harakat amplitudasi keng bo‘lishini, demak raqib ancha chetda qolishini, shuningdek harakat yo‘nalishini tez o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Raqib oldindan ataka qilganida, o‘yinchi uning o‘ng yoki chap tomonidan o‘tib ketmoqchidek harakat qiladi.
Futbolchining chap tomonga aldash harakati qilib, ung tomonga qochib qolishdagi harakatini ko‘rib chiqamiz. O‘yinchi raqibga 1,5-2 m cha yaqin qolganda o‘ng oyog‘ida depsinib, oldinlatib chap tomonga katta odimlab tashlanadi. Lekin og‘irlik markazi o‘qining proeksiyasining tayanch satxgacha etib bormaydi. Bunda muvozanat qandaydir omonatroq bo‘lib qolsa ham, u shundan keyingi harakatga yordami tegadi. Raqib uning o‘tib ketish zonasini to‘smoqchi bo‘lib, tashlanish tomoniga o‘tadi. Shunda fint qilayotgan o‘yinchi ung tomonga katta qadam tashlaydi. To‘pni o‘ng oyoq yuzining tashqi qismi bilan oldinlatib o‘ng tomonga yo‘naltiriladi.
Bu fint ko‘pincha raqib orqadan ataka qilganda qo‘llaniladi. To‘p o‘zida bo‘lgan o‘yinchi tayyorlov harakatlarida yon tomonga (masalan, chapga) ketmoqchi ekanini ko‘rsatadi. Gavdasini chap tomonga buradi, o‘ng oyog‘ini chalishtirib to‘p ustidan o‘tkazadi-da, chap tomonga tashlanadi. Orqadan ataka qilayotgan raqib to‘pni ko‘rmaydi. Tashlangan o‘yinchiga ergashib, u ham chapga tashlanadi. Ana shu paytda to‘p o‘zida bo‘lgan o‘yinchi tezlik bilan o‘ngga aylani, to‘pni oyoq yuzining tashqi qismi bilan olga yo‘naltiriladi-da, keyin o‘yindagi vaziyatga qarab, harakatini davom ettiradi.

Download 93.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling