Mavzu: Funksional fizik metod qanday metod?


Nazariy tadqiqot metodlari


Download 22.47 Kb.
bet3/4
Sana04.11.2023
Hajmi22.47 Kb.
#1745783
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Funksional fizik metod qanday metod -fayllar.org

Nazariy tadqiqot metodlari. Aksiomatik metod–ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim dastlabki qoidalar–aksiomalar qo‘yiladi va nazariyaning qolgan barcha g‘oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo‘l bilan isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Aksiomalardan teoremalarni (umuman, bir formuladan boshqa formulalarni) keltirib chiqarish uchun maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, aksiomatik metodda isbotlash–har biri yo aksioma bo‘lgan, yo oldingi formulalardan ma’lum qoidaga binoan keltirib chiqariladigan formulalarning ma’lum ketma-ketligi. Aksiomatik metod–olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri. Uning amalda qo‘llanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalashtirilgan mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning ta’biri bilan aytganda, «aksiomatik metod tasniflash yoki ta’lim berishning yaxshi metodi bo‘lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi bo‘la olmaydi».

Gipotetik-deduktiv metod–ilmiy bilish metodlaridan biri. Bir-biri bilan deduktiv bog‘liq bo‘lgan gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard natijada empirik faktlar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo‘lmagan boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi.

Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi:

- nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning iloji bo‘lmasa:

- turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish;

- farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan haqiqatga eng yaqinini tanlab olish;

- gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib chiqarish va uning mazmuniga aniqlik kiritish;

- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu erda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi.

Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin. Bu erda ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko‘ra ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi.

Mavhumdan konkretlikka yuksalish – nazariy tadqiqot va bayon etish metodi. Ilmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil bosqichlari orqali natijaga–tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli mavhum ta’riflarda «mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu erda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar etakchilik qiladi. Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish–ayrim umumiy mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu erda sintez va deduksiya usullari etakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati formal, texnik protsedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o‘tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.



Download 22.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling