Mavzu: Futbol mashg’ulotlarida mashqlarni qismga bo’lib o’rgatishning ahamiyati Reja: Kirish


Download 117.5 Kb.
bet4/11
Sana16.06.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1500789
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Futbol mashg’ulotlarida mashqlarni qismga bo’lib o’rgatishning ahamiyati

O‘zbek futboli haqida 10 fakt
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yettinchi bor Jahon chempionatlari saralashlarida qatnashib, yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Albatta, terma jamoa tarixida jahon chempionatiga chiqish uchun atigi bir gol yoki bir g‘alaba yetishmagan paytlar ham bo‘ldi, hattoki uning g‘alabasi bekor qilingan chog‘lar ham.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston futboli ayrim yutuqlarga ham erishgan. Keling, ularni bir-bir esga olaylik.
1992 yildan buyon, 26-marta tashkillashtirilgan O‘zbekiston milliy chempionatining bu yilgi mavsumida Toshkentning «Lokomotiv» klubi ikkinchi bor chempion bo‘lishga juda yaqin turibdi va yangi chempion O‘zbekistonning 27-chempioni bo‘ladi. Eng dastlabki chempionat — 1992 yilgisida Toshkentning «Paxtakor» va Farg‘onaning «Neftchi» klublari ochkolari teng bo‘lgani bois birvarakayiga qo‘sh chempion, deya e'lon qilingan. Kumush medal hech kimga berilmagan.
JAHON CheMPIONLARI O‘ZBeKISTON CheMPIONATIDA
O‘zbekiston chempionatida jahon chempioni to‘p surgan va jahon chempioni bo‘lgan murabbiy ishlagan. 2002 yilgi jahon chempioni, 1999 yilda «Oltin to‘p» mukofoti va FIFAning «Yilning eng yaxshi o‘yinchisi» Rivaldo 2008-2010 yilgi mavsumlarda O‘zbekiston chempionatida to‘p surgan va hattoki 2009 yili 20ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purari sifatida tarixda qolgan. U ikki bor O‘zbekiston chempioni (2008-2009) va bir bor mamlakat kubogi sohibi (2008) ham hisoblanadi.
Murabbiy sifatida 2002 yilgi jahon chempioni Luis Felipe Skolari ham «Bunyodkor»ni 2009-2010 yillarda boshqargan va 2009 yili chempionlik sari yetaklagan.
O‘ZBeK FUTBOLINING ENG KATTA YuTUG‘I XIROSIMADA RO‘Y BeRGAN
O‘zbek futbolining eng esda qolarli yutug‘i 1994 yili Yaponiyaning Hirosima shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida quchgan zafaridir. Guruh uchrashuvlarida Saudiya Arabistoni (4:1), Malayziya (5:0), Hongkong (1:0), Tailand (5:4) ustidan g‘alaba qozongan O‘zbekiston futbolchilari chorak finalda Turkmanistonni 3:0, yarim finalda Janubiy Koreyani 1:0 hisobida yengib, finalda xitoylik futbolchilar ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonishadi.
O‘sha paytlarda Osiyo o‘yinlarida milliy terma jamoalar ishtirok etishardi. Yangi asrdan Osiyo o‘yinlaridagi futbol turnirida olimpiya (U23) terma jamoasi ishtirok etadigan bo‘ldi.
JAHON CheMPIONATI SARALASh O‘YINI QAYTADAN O‘TKAZILGAN
2006 yili Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati saralash turnirining O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi OFK mintaqasi pley-off uchrashuvining dastlabkisi Toshkentda bo‘lib o‘tadi. O‘yinni boshqargan hakam — yaponiyalik Toshimitsu Yoshida o‘yinda bahraynliklar darvozasiga penalti belgilaydi. Server Jyeparov tomonidan amalga oshirilgan penalti gol bo‘ladi. Biroq Temur Kapadze penalti ijro etilayotgan chog‘da raqib jarima maydoniga zarbadan avval kirgani sababli penalti qaytadan ijro etilmasdan, Bahrayn foydasiga erkin to‘p belgilanadi. Garchi o‘yinda O‘zbekiston 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, O‘zbekiston futbol federatsiyasi hakamlik ustidan shikoyat qilib xat yozadi. FIFA o‘yin natijasini bekor qilib, o‘yinni boshqatdan o‘tkazadi. Toshkentdagi qayta o‘tkazilgan o‘yin 1:1 hisobida yakunlanadi va Manamadagi o‘yinda hisob ochilmaydi. Qit'alararo pley-offga Bahrayn yo‘l oladi. Yoshida esa hakamlikdan chetlatiladi.
15 YILDAN BeRI FAQAT POYTAXT JAMOALARI CheMPION BO‘LMOQDA
Agar 2017 yilgi chempionatda Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi chempion bo‘ladigan bo‘lsa, O‘zbekiston chempionligi kubogi qatorasiga 16 yil ketma-ket poytaxtni tark etmaydigan bo‘ladi. Viloyat jamoalari ichidan so‘nggi bor O‘zbekiston chempionatida 2001 yili Farg‘onaning «Neftchi» klubi chempion bo‘lgan edi. So‘nggi 15 chempionatda «Paxtakor» 9 marta, «Bunyodkor» 5 marta, «Lokomotiv» bir marta g‘alaba nashidasini surgan.
O‘ZBeKISTON O‘SMIRLARI VA YoShLARI JAHON CheMPIONATI ChORAK FINALIGA ChIQIShGAN
2011 yili Meksikada o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida va 2013 yili Turkiyada o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan. O‘smirlar urugvaylik tengdoshlariga imkonni boy bergan (0:2) bo‘lishsa, yoshlar tarkibida Pogba, Umtiti, Dine kabi bo‘lajak yulduzlar to‘p surgan fransiyalik futbolchilarga 4:0 hisobida yutqazishgan.
O‘ZBeKISTON TeRMA JAMOASI BIR O‘YINDA 15 TA GOL URGAN
1998 yili Tailand poytaxti Bangkokda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining futbol turnirida qatnashgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichi G guruhida Mo‘g‘uliston terma jamoasi darvozasiga javobsiz 15ta to‘p yo‘llagan. Qayd etish joizki, O‘zbekiston o‘shanda 4 yil avvalgi natijasini takrorlay olmagan va chorak finalda bo‘lajak chempion — Eronga 0:4 hisobida yutqazib, musobaqani erta tark etgan.
O‘ZBeK KLUBLARI OSIYo VA MDH KUBOKLARINI QO‘LGA KIRITGAN
2011 yili o‘zbek futbol klublari tarixida xalqaro miqyosdagi eng yuksak natija qayd etilgan. Qarshining «Nasaf» klubi OFK kubogini qo‘lga kiritdi. Ta'kidlab o‘tish joizki, final uchrashuvi Qarshida tashkillashtirilgan va mehmon jamoa — Kuvaytning «Al-Kuvayt» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etilgan.
Bungacha 2007 yilda Toshkentning «Paxtakor» jamoasi MDH kubogi g‘olibi bo‘lgan edi. Moskvada o‘tgan finalda paxtakorchilar Latviyaning «Ventspils» klubi ustidan penaltilar seriyasida g‘olib kelishgan edi.
Server jyeparov ikki bor osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jyeparov ilk marta 2008 yili Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan. O‘shanda u «Bunyodkor» klubi safida to‘p surardi. Oradan 3 yil o‘tib, 2011 yili ham u ikkinchi bor qit'aning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bunga sabab qilib Server Jyeparovning Qatarda o‘tgan Osiyo kubogidagi yorqin o‘yinlari ko‘rsatilgan. Bu vaqtga kelib u Saudiya Arabistonining «Ash-Shabob» klubiga o‘tgan edi.
Bungacha qit'a miqyosida O‘zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylari — 1999 yili Mahmud Rahimov (marhum) va 2007 yili Rauf Inileyev eng yaxshi murabbiylar deb topilishgan.
«Paxtakor» (Toshkent) esa 2002 yili qit'ada yilning eng yaxshi klubi bo‘lgan.
O‘ZBeK HAKAMI RAVShAN ERMATOV JAHONDA ReKORD QO‘YGAN
O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov Jahon chempionatlarining 9 ta uchrashuvini boshqarib, bu borada rekord o‘rnatgan. U 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasida tashkillashtirilgan jahon chempionatida 5 ta, 2014 yili Braziliyada o‘tgan jahon chempionatida 4ta o‘yinni boshqargan. 2018 yili Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatida ham qatnashish imkoni borligi hisobga olinsa, u yaqin orada yangilanmaydigan rekord sohibiga aylanishi mumkin.
Ravshan Ermatov 5 marta (2008–2011 yillar va 2014 yilda) Osiyoning tengsiz hakami deb e'tirof etilgan.

Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling