Mavzu: Futbol o‘yin texnikasining tasnifi. Reja


Download 98.05 Kb.
bet16/18
Sana16.02.2023
Hajmi98.05 Kb.
#1204502
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Hamitova H

3.3.6. To’pni tashlash
To’pni tashlash - maydon o’yinchilari qo’lda bajaradigan yagona usul. To’p tashlash harakatining tuzilmasi ko’p jihatdan futbol qoidalarining talabiga qarab belgilanadi va unchalik murakkab hisoblanmaydi. Biroq to’pni uzoqroq masofaga yetkazib tashlash uchun maxsus ko’nikma hosil qilingan bo’lishi va qorin, yelka kamari hamda qo’ldagi mushak guruhlariga muayyan darajada kuch berilishi kerak.
To’pni tashlashda keng yozilgan barmoqlar uni yon tomonidan (o’yinchiga qaragan tomoniga yaqinroq) qamrab turadigan qilib, bosh barmoqlarni qariyb bir-biriga tekkizgan holatda ushlash kerak (48-rasm).
To’pni tashlash 49-rasmda ko’rsatilgan. Qo’lni yuqoridan orqaga tortish tayyorlov bosqichi hisoblanadi. Dastlabki holat - oyoqlarni kerib yoki qadam tashlagan holatda turish. To’pni tutgan qo’llar tirsakdan sal bukiladi va yuqori ko’tarilib, boshdan orqaga o’tkaziladi. Gavda orqaga egiladi, oyoqlar tizzasi bukilib, gavdaning og’irligi orqadagi oyoqqa tushadi.
Ishchi bosqich - oyoqlar, gavda, qo’llarni keskin rostlashdan boshlangan to’pni tashlash harakati uloqtirish tomonga barmoqlar yordamida kuch berish bilan tugallanadi.
Yakunlash bosqichini bajarish tashlash vaqtida futbolchining ikkala oyog’i yerga tegib turishi lozimligi to’g’risidagi qoida talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Shunga binoan yakunlovchi bosqichni bajarishning bir qancha variantlari bor. Birinchi holda o’yinchi qo’llari frontal tekislikdan o’tayotganda to’pni qo’yib yuboradi va gavdaning olg’a tomon harakati darhol tormozlanadi. Ba’zan uloqtirish paytida orqadagi oyoq oldingi oyoq bilan juftlanadi.
Nihoyat, yakunlovchi bosqichda ataylab yiqilish mumkin. Bunda gavda frontal tekislikdan o’tganidan keyin, to’p tashlab yuborilgan zahoti oldga-pastga tomon harakat davom etadi. Qo’llar gavdadan ilgarilab ketib, yerga tushadi-da, yiqilishni amortizasiyalaydi.
Tashlash uzoqligini oshirish uchun ba’zan yugurib kelib uloqtiriladi. Yugurib kelish to’pni tashlashda qatnashdigan a’zolarning tezligini oshirishga yordamlashadi.

Download 98.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling