Mavzu: Futbol sport turini olimpia o’yinlarida kirib kelishi. Reja
Burchak to’pi va yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish
Download 466.6 Kb.
|
Futbolning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 metrlik jarima to’pi
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Burchak to’pi va yon chiziqdan to’pni o’yinga kiritish. To’p darvozabon yoki himoyachiga tegib maydondan chiqib ketsa burchakdan to’pni tepib o’yin kiritiladi. Burchak to’pi tepganda to’p darvozaga kirsa gol hisoblanadi.
Yon chiziqdan to’pni tashlab o’yinga kiritish maydon o’yinchilari qo’lda o’ynaydigan yagona usul bo’lib, to’p raqib jamoa o’yinchisi oyog’idan maydonni tark etganda qo’llaniladi. To’pni tashlash vaqtida maydon ichiga kirish, oyoqni ko’tarish yoki sakrash man etiladi. Shunday holat ro’y bersa to’p, raqib jamoaga beriladi. To’pni tashlagandan so’ng to’pni tashlagan o’yinchi to’pni sherigi yoki raqibdan qaytgandan so’ng o’ynashi mumkin. 11 metrlik jarima to’pi (penalti). Himoyachilar va darvozabon tomonidan jarima maydoni ichida hujumchiga qarshi qo’pollik ishlatilsa, himoyachini qo’liga to’p tegsa, 11 metrlik jarima to’pi belgilanadi. 11 metrlik jarima to’pi bajarilayotgan vaqtda to’p 11 metrlik nuqtaga qo’yiladi jarima maydoni ichida faqat darvozabon va 11 metrlik jarima to’pini tepuvchi o’yinchi bo’ladi, qolgan hamma o’yinchilar jarima maydonidan tashqarida bo’ladi. Taqiqlangan o’yin qoidalarini qo’llagan, qo’pol va sportga xos bo’lmagan harakat qilib intizomni buzgan o’yinchiga hakam tomonidan sariq kartochka ko’rsatiladi. O’yin vaqtda shunday harakatlarni takror bajarsa, hakam sariq kartochka ketidan qizil kartochka ko’rsatib o’yinchini maydondan chiqarib yuboradi. Maydondan chiqarilgan o’yinchi qaytib maydonga tushmaydi. Jamoa o’yinni 1 kishi kam bo’lib davom ettiradi. Agar ikkala jamoa o’yinchilari bir vaqtda xatolikka yo’l qo’ysa yoki o’yin qandaydir sababga ko’ra to’xtatilgan bo’lsa, bahsli to’p tashlash belgilanadi. Xulosa Darvozaning ikkala ustunida radiusi 6 metrdan iborat yarim aylana chizilishi lozim va ustunlar ro’parasida (darvoza chizig’iga parallel qilib) to’g’i chiziq bilan birlashtiriladi. Aylananing davomi darvoza turgan chiziq bilan birlashtiriladi. Hosil bo’lgan chizma oralig’i darvozabonning jarima maydoni deb ataladi. Darvoza ustunlarining teng o’rtasidagi nuqtaning ro’parasiga 6 metrli jarima chizig’i belgilanadi va uzunligi 0,5 metrli jarima chizig’i chiziladi. Maydonning teng o’rtasidan bo’lib, to’g’ri chiziq o’tkaziladi va uning o’rtasiga 3 metr radiusga ega bo’lgan markaziy aylana chiziladi. Maydonning zahiradagi o’yinchilari o’tiradigan tomoniga o’rta chiziq oldida ularni «almashtirish hududi» (6 metrli chiziq) belgilab qo’yiladi. O’yinchi almashtirish faqat o’sha hudud orqali amalga oshiriladi. Maydondagi o’yinchilarni almashtirish o’yin davomida o’yin to’xtatilmay, amalga oshiriladi. Darvozabonni almashtirish esa faqat o’yin to’xtatilgandagina amalga oshririladi. Standart holatlarda, jarima to’pini terishda raqib jamoa o’yinchisi to’pdan 3 metr masofada turishi shart. Yon chiziqdan to’p o’yinga oyoq bilan kiritiladi. O’yinning davom etishi uchun jami 50 daqiqa vaqt, 25 daqiqali ikkita taym, oralig’ida 10 daqiqa tanaffus bilan o’tkaziladi. O’yinni ikki nafar hakam (bosh va yon chiziqdagi hakam) boshqaradi. 6 nafardan o’yinchi va 1 darvozabondan iborat ikki jamoa bir-biriga qarshi o’yinnaydi. O’yinda ishtirok etish uchun bir jamoadan 12 nafargacha o’yinchiga buyurtma berish mumkin. O’ynaladigan to’p yumaloq, teridan tikilgan, og’irligi 396-453gr, aylanasi 68-71 sm ni tashkil qilishi lozim (29-rasm). FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Download 466.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling