Mavzu: Futlyarli novokain bilan blokadalash 211-a guruh talabasi Tursunpo’latova sarvinoz


Download 0.75 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1155295
Bog'liq
XDJ.ppt.

mavzu: Futlyarli novokain bilan blokadalash

211-A guruh talabasi Tursunpo’latova sarvinoz


Blokada - bu og'riqni yengillashtirish yoki kamaytirish / shuningdek, patologik jarayonning yanada qulay yo'nalishiga erishish uchun organizmga mahalliy dori ta'sirining shakli.
Novokain blokadasi – prokain yoki lidokainning zaif eritmalarini hujayra bo’shliqlariga, ular orqali o’tadigan nerv magistrallarini blokirovka qilish uchun kiritish. Blokadalar travmatik shokning oldini olish va davolash uchun va keyingi infiltratsion behushlik uchun asos sifatida, shuningdek, ayrim yallig’lanish kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi
Novakain mahalliy foydalanishda og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega bo’lgan mahalliy anesteziklar guruhiga kiradi. To’qimalarga kiritilganda tez ta’sir ko’rsatadi va 40-60 daqiqa davom etadi. Novokain keng terapevtik potensialga va mahlalliy anestetik ta’sir bilan birga boshqa ta’sirga ham ega :
  • Antiseptik va bakteriostatik ta’sir ( mikroblarni o’sishi va ko’payishini kamaytiradi)
  • Tananing allergenlarga sezgirligini pasaytiradi
  • Qon tomir devorining o’tkazuvchanligini pasaytiradi
  • Silliq mushaklarning spazmini yo’q qiladi
  • Nerv to’qimasi trofikasini yaxshilaydi
  • Qon tomirlarning tonusini tenglashtiradi

Preparatning ba’zi xususiyatlari asab tizimiga ta’siri, xususan uning vegetativ qismiga so’rilgach paydo bo’ladi. Novokain blokada sifatida buyurilganda, nojo’ya ta’sirlar deyarli kuzatilmaydi, u past toksiklikka ega.
Qo’llaniladi:
  • Har qanday joylashuviga va kelib chiqishiga ko’ra kuchli og’riq sindromida
  • Yumshoq to’qimalarning o’tkir yallig’lanish jarayonlari(furunkul, karbunkul, tendovaginit)
  • Ko’krak qafasi, bosh, chanoq shikastlanishlari
  • Shok
  • Kuyish, muzlash, ilon chaqishi
  • Ichki organlar tonusi buzilganda

Qo’llanilamaydi:
  • Bemorning terminal holatida
  • Shakklangan flegmona va absesslarda
  • Qorin pardasining yallig’lanishi(peritonit)
  • Tizimli infeksiyalar
  • Chidamli arterial gipertenziya
  • 18 yoshdan kichik bo’lganda
  • Homiladorlik

Qo’llaniladigan og’riqsizlantiruvchilar:
  • Novokain 0.25 % 250 ml
  • Novokain 0.5 % 50 ml
  • Novokain 1 %
  • Novokain 2 % 10ml

Blokada turlari
Paranefral
Paravertebral
Futlyarli
Epidural
Tos suyagi ichiga
Bo’yin vagosimpatik
blokadasi
Paranefral blokada
Paranefral novokain blokadasi qorin bo’shlig’i va retroperitonal organlarining shikastlanishi, kuyish shoki, uzoq muddatli siqilish sindromi, bemorni kasalxonaga olib borish bir necha soatga kechiktirilganda ko’rsatiladi. Igna terining yuzasiga perpendikulyar ravishda to’qimalarga chuqur o’tkaziladi, igna doimo novokain eritmasi oqimi bilan oldindan yuboriladi. Igna tomir bo’shlig’iga yoki buyrak parenximasiga kirganligini nazorat qilish uchun shprits porsheni vaqti- vaqti bilan orqaga tortiladi.
Porshenga bosim o’tkazish va novokain eritmasi bilan to’ldirilgan shpritsni almashtirishda ignanini belgilangan darajada ushlashga e’tibor qaratish kerak.
Futlyarli blokada
Oyoq qo’llarining sinishi, yumshoq to’qimalarning o’tkir yallig’lanishi, kuyishlar, ilon chaqishi va muzlashda qo’llaniladi. Buning uchun bemor orqa tomonida tekis oyoq-qo’li bilan yotadi, tanasi biroz o’girilgan. Songa 200 ml gacha novokain yoki yelkaga 100 ml gacha qilinadi. Jarayon tugagandan keyin oyoq-qo’l immobilizatsiya qilinadi.
Bu blokada nafaqat skelet tizimi kasalliklarida, balki ichki organlar patologiyasi bo’lgan bemorlarda, shuningdek, shoshilinch yordam talab qiladigan holatlard ham leng terapevtik ta’sir qiladi. Tashxisga qarab og’riqli, og’riqni yo’qotish va tiklanishni tezlashtiish uchun har xil turdagi blokadalar qo’llaniladi.
Og’riqsizlantirisning bu turini A.V. Vishnevskiy ishlab chiqqan.
Kesma sathining yuqorisidan jgut bog’lanadi, jgutdan pastroqdagi ikki yoki uch nuqtadan teri orqali 0.25%li novokain eritmasini apanevroz ostiga chuqur inyeksiya qilinadi.
Bu turi oyoq-qo’lni operatsiya qilishda keng qo’llaniladi. Asoratlari: jgut tez yechib olinganda novokain intiksikatsiyasi yuz berishi ehtimoli bor. Profilaktikasi – jgutni asta-sekin yechish, davosi antidotlarni yuborish.
Paravertebral blokada
Bu blokada ko’plab qo’sh qovurg’alarning sinishida qo’llaniladi. 6-8 ml 1% li novokain eritmasi yuboriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling