Mavzu. Gandbol sport turi bo’yicha musobaqalar tashkil etish va hakamlik qilish Reja


Download 43.1 Kb.
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi43.1 Kb.
#1242992
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gandbol sport turi bo’yicha musobaqalar tashkil etish va hakamlik qilish

MUSOBAQA NIZOMI
Musobaqada qatnashuvchi jamoalar soni aniq bo’lgach, musobaqa haqida Nizom tuzish kerak. Nizom qo’l to’pi federasiyasi yoki musobaqani o’tkazuvchi biror tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Musobaqa Nizomi yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy-tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi. Musobaqada qatnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik ko’rishi yetarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, Nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak. Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan Nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda ushbu musobaqani o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putur yetkazishi va nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Musobaqa Nizomida qo’yidagilar aks ettirilishi lozim:
– O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari;
– Musobaqa kim tomonidan o’tkazilishi;
– Musobaqa o’tkazish muddati va shartlari;
– Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi qatnashuvchilar soni;
– Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davrali, turli, aralash tizim);
– Hisobga olish tizimi va jamoalarning egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi;
– Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish;
– O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni qarab chiqish, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish va hokazolar orqali Nizom masalalarini ko’rib chiqish tartibi;
– Musobaqa o’tkaziladigan joy va unga qo’yiladigan talablar;
– G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning keyingi shu xildagi musobaqada qatnashish shartlari.
3. Musobaqa o’tkazish muddatlari va shartlari.
Musobaqaga qo’yiladigan jamoalar soni va nomi, talab-homaga (zayavka) kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori. Musobaqa o’tkaziladigan o’yin tizimi (davrali — bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash tizim). Hisobga olish tizimi va jamoalarning (natijalar klublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi. Musobaqaning alohida shartlari (qanday hollarda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda g’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilganidan tashqari nechta zahiradagi o’yinchini almashtirish mumkinligi va h.k.). Jamoalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o’yinchilarga talabnomalar berish va qayta talabnoma berish muddati. Musobaqalarni olib boradigan hakamlar hay’atining nomi. O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni qarab chiqish, shuningdek, o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini ko’rib chiqish tartibi. O’yinchilari intizomni buzganligi uchun jamoalarning javobgarligi hamda maydon (sport zali) va klublar ma’muriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi. Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan ta-lablar. G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada qatnashish shartlari.

Download 43.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling