Mavzu: Gap bo‘laklari. Bosh bo‘laklar. Gap bo‘laklari haqida ma‘lumot
Download 1.11 Mb.
|
Gap bo‘laklari pptx
Mavzu: Gap bo‘laklari. Bosh bo‘laklar. 1. Gap bo‘laklari haqida ma‘lumot. 2. Ega va uning ifodalanishi. 3. Kesim va uning ifodalanishi. 4. Ikkinchi darajali bo‘laklar haqida ma‘lumot. Reja: Impression Fly Dein Name
Ega keng ma‘noda predmit tushunchasini bildiruvchi, kesimdan anglashilgan belgi, harakat, holatning kimga yoki nimaga oidligini ko‘rsatadi. Ega bosh kelishikdagi sopz bilan ifodalanib ,Kim? Nima?Qayer? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Ega ikki sastavli gapning bosh bo‘laklaridan birdir. Kesim egaga tobe, opziga bogplanib kelgan so‘zlarga nisbatan hokimdir. Kesim turli sopz turkumlari bilan ifoda qilinadi. Tuslangan fe‘llar ikki sastavli gaplarning kesimi uchun tipik formadir. Odatda,gap bir so‘z orqali ham ma‘lum intonatsiya yordamida ifodalanishi mumkin. Bir sastavli gapda predkatevli struktura jihatidan ko‘pincha kesim orqali ruyobga chiqadi. Demak, kesim egasi maxsus so‘z orqali ifodalanmagan gapda ham mavjud bo‘ladi. Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar orqali ifoda qilingan gapning asosiy mazmuni aniqlab, to‘ldirib, izohlab keladi. Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari 3 ga bo‘linadi. 1. Aniqlovchi 2. To‘ldiruvchi. 3. Hol. Aniqlovchi – gapning ikkinchi darajali boʻlagi. Narsa, hodisa nomiga tobelanib, uning belgisi (xususiyati, sifati)ni anglatadi. Aniqlovchining uch turi mavjud: a) izohlovchi Aniqlovchi (boshqa nomni bildiradi ularga jinsi,mansabi,unvoni,qarindoshchiligi mas, oʻzbek shoiri Furqat); b) sifatlovchi Aniqlovchi (mas, keksa togʻlar); v) qaratuvchi Aniqlovchi– belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigi shaklidagi soʻz bilan ifodalanadi (mas, suvning beti yoki suv beti). Toʻldiruvchi (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan soʻz bilan ifodalanadigan, harakatning obʼyekti boʻlgan predmetni koʻrsatib, asosan kesimga bogʻlanadigan boʻlagi. U oʻzi bogʻlangan soʻz (kesim)ga nisbatan grammatik tobe munosabatda boʻladi. Boshqaruvchi soʻzga bogʻlanish xarakteriga koʻra, to‘ldiruvchi 2 xil boʻladi; vositasiz to‘ldiruvchi va vositali to‘ldiruvchi. Vositasiz to'ldiruvchi belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllar bilan ifodalangan to'ldiruvchidir. Kimni? nimani? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlar bilan birikma hosil qiladigan fe'llar o'timli fe'llardir: Qarilari kutadi mehmon (ot), pazandasi yopadi shirmon (ot) Vositali to'ldiruvchi hokim so'zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi so'roqlarga javob bo'lib keladigan kengaytiruvchilaridir.Vositali to'ldiruvchi jo'nalish, chiqish, ba'zan o'rin-payt kelishiklari yoki uchun, bilan, orqali, xususida kabi ko'makchilarni olgan so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanad: Qizg'ish – pushtidan to'qroq, qizildan ochroq rang. Hol (tilshunoslikda) — gapning ikkinchi darajali boʻlaklaridan biri boʻlib, ish-harakatning belgi-sifatini, uning bajarilish usulini, shu bajarilish bilan bogʻliq boʻlgan oʻrin, payt, sabab, maqsad, shart-sharoit, miqdordaraja kabi xususiyatlarini koʻrsatadi. Hol ravish, feʼl, ot, sifat, son, olmosh kabi soʻz turkumlari bilan, shuningdek, taklidiy soʻzlar bilan ifodalanadi Ravishning barcha turlari hol vazifasida kela oladi. Feʼlning ravishdosh, sifatdosh shakllari hol vazifasida keladi. Masalan, Saida kulib soʻzladi. Anvar jilmaygan holda kirib keldi. Oʻzbek tilida hol mazmun jihatdan 8 xil boʻladi: Tarz hol — ish-harakatning bajarilish holati, usuli va sifatini bildiradi, odatda feʼlga bogʻlanadi: Ular juda sekin yurishdi (Oybek). Foydalanilgan adabiyotlar: 1.A. Nurmatov va boshqalar.Opzbek tilining nazariy sintaksisi. 2. R. Rasulov. So‘z valintligi va sintaksis a‘loqa jurnali. 3. A. Xojiyev. So‘zning morfem tarkibi masalalariga doir"Opzbek tili va adabiyoti"jurnali. 4. F. Ubayeva, R. Saydullayeva. To‘liqsiz gaplar to‘g‘risida ba‘zi bir mulohazalar . E‘tiboringiz uchun tashakkur! Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling