Mavzu: Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar


Download 24.67 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi24.67 Kb.
#1705707
Bog'liq
21.Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar.


Mavzu: Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar.

Gap bo`lagi sanalmaydigan birliklar haqida ma’lumot


Gap bo`lagi sanalmaydigan birliklarning sintaktik belgilari
Undalma va uning o`ziga xos xususiyatlari
Kirish so`z, kirish birikma va ular ifodalagan ma’no-mazmun xususida
Kirish gap va ularda tinish belgilarining ishlatilishi
Gap tarkibida ba’zan shunday so‘zlar va so‘z birikmalari hatto gaplar qo‘llanadiki, ular gapning
biror bo‘lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu tufayli bunday so‘z yoki so‘z birikmalari
gap bo‘laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday
Undalma
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so‘z yoki so‘z birikmasi
undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat
Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydi. U bosh kelishik
shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o‘xshaydi, biroq u
gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga xos undosh intonatsiyasi, pauza
(to‘xtash) bilan aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh
bo‘lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara ... («Oz-oz
o‘rganib, dono bo‘lur»). Yurak, sensan mening sozim, tilimni nayga jo‘r etding. (U.Nosir).
Undalma ba’zan -ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo‘llanadi: Luqmon hakim o‘g‘liga nasihat qilib
aytdi: - Ey o‘g‘il, odamlr so‘zga ustomonliklari bilan maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz
o‘rganib, dono bo‘lur»).
Undalma vazifasida atoqli otlar, shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi
so‘zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov).
Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka?! (F.Musajonov). Siz mendan ko‘ra qo‘ylaringizni ko‘proq
o‘ylang, cho‘pon aka! (P.Qodirov).
Undalma otlashgan sifat, otlashgan undov so‘z, so‘z birikmasi va shu kabilar bilan ham
ifodalanishi mumkin: O‘ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog‘ing suv bo‘ldi... (O.Yoqubov). -Hoy, biron
gap topib keldingmi? (S.Ahmad). Yaxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o‘rtoq Zargarov (A.Muxtor).
Undalma gap boshida, o‘rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo‘laklaridan,
odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey
rais, bu kitobni avval bir o‘qib ko‘ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib.
(S.Ahmad). Mening etti pushtim bog‘bon o‘tgan, o‘g‘lim. (J.Abdullaxonov).
Undalma kuchli his-hayajon bilan aytilsa, undan so‘ng, undov belgisi qo‘yiladi: -Xolbek!
Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov).
Kirish so‘z va kirish birikma
So‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini bildiruvchi so‘z yoki so‘z
birikmasi kirish so‘z yoki kirish birikma deb yuritiladi.
Kirish so‘z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror bo‘lagiga tegishli bo‘ladi.
Kirish so‘z va kirish birikma:
I. So‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini ifodalaydi:
1 Ishonch yoki tasdiqni (albatta, to‘g‘ri, haqiqatan, darhaqiqat, shubhasiz, so‘zsiz kabilar): Albatta,
mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). To‘g‘ri, til suyaksiz-u, lekin
2 Gumonni (ehtimol, balki, aftidang, chamasi kabilar): Ehtimol, o‘z xatolarini tuzatmoqchi bo‘lib
yurgandir? (P.Qodirov). Aftidan, professorning so‘zlari unchalik quvonishga arziydigan emas shekilli.
3 Afsuslanish, taajjubni (afsuski, attang, essiz, baxtga qarshi kabilar): Afsuski, boya hamma raislarni
mehnatga chaqirmagan ekansiz, Otaqo‘zi aka, - dedi Xolmurodov. (O.Yoqubov).
4 Eslatishni (darvoqe, aytgandek, aytmoqchi kabilar): Aytgandek, sizdan bir nima so‘ramoqchi edim...
(A.Muxtor). Darvoqe, Anvarga ko‘p mehnatim singgan ... (A.Qodiriy).
II. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi (menimcha, sizningcha,
ularning aytishicha, aytishlaricha kabilar): Menimcha, to‘g‘risini o‘z vaqtida aytib, xatoning oldini olgan
yaxshidir. (J.Abdullaxonov). Keksalarning aytishicha, o‘sha suv tog‘ning tirqishidan oqib kelib, manna
shu buloqdan chiqarmish. (P.Qodirov).
Eshitishimcha, Anorxon bilan musobaqalashishga
kelishibsizlarmi? (J.Abdullaxonov). Tadqiqotchi olimlarning fikricha, chinor daraxtini qadim - qadim
davrlarda yurt kezuvchi sayyohlar, savdogarlar ... Eron va unga qo‘shni mamlakatlardan O‘zbekistonga
III. Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan
kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug‘ odamlardek viqor bilan qadam bosib Asadillo paydo bo‘ldi.
(F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblast yosh
yozuvchilarining konferentsiyasi ochiladi. (O.Yoqubov).
IV. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, xullas, ishqilib,
shunday qilib, binobarin, ko‘rinadiki kabilar): Xullas, barcha bilan ahillashib ketganligi ko‘rinib turardi.
(J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomgi suhbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov).
Kirish so‘z ko‘pincha modal so‘z bilan, kirish birikma esa so‘z birikmasi bilan ifodalanadi.
Masalan: Chamasi, o‘n minutcha yurilsa, salqin va so‘lim sayribog‘ bor edi. (F.Musajonov).
Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida yerning nafasini eshitarmishsiz?
Kirish so‘z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelib,
undan oldin vergul qo‘yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham yo‘q ... (F.Musajonov). Achchiq
gapirganingiz ma’qul, albatta. (P.Qodirov).
Kiritma gap
So‘zlovchining asosiy fikr ichida yo‘l–yo‘lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap
deyiladi. Kiritma gap o‘zi kiritilgan gapning biror bo‘lagiga mazmunan aloqador bo‘lib, maxsus pauza
bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin
uning yuragini o‘rtaydi). (F.Musajonov).
Kiritma gap ko‘pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar (u «Oyim» deb
Humayrabonuni ko‘zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi:
Shunday qilib, Asal va Samad - o‘g‘lining ismi shunday ekan – bizning yo‘l uchastkamizda qolishdi.
Download 24.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling