Mavzu: Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlari Tayyorladi: Fathiddinova Shohsanam Mavzu: Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlari


Download 0.64 Mb.
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#212438
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

Yangi mavzu bayoni.

Shundan so’ng quyidagi jadval asosida yordamchi so‘zlar haqidagi nazariy ma’lumot bilan tanishtiriladi:



GAPLARNING IFODA MAQSADIGA KO’RA TURLARI






DARAK GAPLAR

BUGUN HAVO OCHIQ.

SO’ROQ GAPLAR

BUGUN KUTUBXONAGA BORAMIZMI?

BUYRUQ GAPLAR

JOYINGGA O’TIR.

ISTAK GAPLAR

QANIYDI SHAXSIY KUTUBXONAM BO’LSA.


Mustahkamlash.

O‘quvchilar, mana gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida bizda bilim hosil bo’ldi, keling, endi sizlar bilan darslikdagi topshiriqlarni bajarish orqali “Bilag’onlar olami”ga sayohat qilamiz. Buning uchun ikki guruhga bo’linib olamiz va o’zimizga kerakli nom tanlaymiz.



O‘quvchilar sinf sonidan kelib chiqib to’rt guruhga bo’linadilar.

1-guruh “ZIYO” 2-guruh “Zukko”

3-guruh “BIMIMDON” 4-guruh “Bilag’on”

Quyidagi konvertlarga yig’ilgan rag‘bat va jarimalar to’planadi va dars so’nggida jamlanadi.



ZIYO

zukko





Guruhlar o’zlari uchun ajratilgan “So’z daraxti”ni gaplar bilan to’ldiradilar, Qaysi guruh tez va to’g’ri bajarsa, ragbatlar taqdim etiladi.


1-guruh: Darak gap

2-guruh: So’roq gap

3-guruh: Buyruq gap

4-guruh: Istak gap

2-topshiriq. Darslikda berilgan mashqni “Kim tez va to‘g‘ri bajaradi?” usuli yordamida bajaring.

79- mashqda “Yomonlikning jazosi” matni berilgan bo’lib, bu mashqda guruhlardan matnda foydalanilgan darak, so’roq, buyruq va istak gaplarni topishlari lozim bo’ladi.

Mashq bajarilib bo’lingach, yomonlikning ,albatta , jazolanishi haqida fikrlar umumlashtiriladi.

BBB” usuli yordamida o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalari tekshiriladi.



Dars yakunida g’olib guruh aniqlanadi va rag‘batlantiriladi. Bunda quyidagi rag’bat tarqatmalaridan foydalaniladi.



O‘quvchilarni rag‘batlantirish:

Shartni to‘g‘ri bajargan Shartni noto‘g‘ri bajargan

guruhga guruhga

Darsni yakunlash:

Xo‘sh, bilag’on bolalar

O‘rgandingiz nelarni?

Gaplarni ifodalash

Doim shirin so’zlashni.

O‘quvchilar:

Biz o’rgandik bugun ustoz,

Gapni to’gri qo’llashni.

So’roq istak gapni endi

O’z o’rnida qo’llashni

Yana bildik buyruq, darak

Istak gapni neligin

Ular bizga do’st-u or’toq

Hamisha kerakligin

Barakalla, aziz bolajonlar! O‘ylaymanki endi har bir aytgan so’zingizda gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlariga e’tibor qaratasiz va ularning og‘zaki nutqimizda o‘z o‘rni va ahamiyati borligiga yana bir bor amin bo’lasiz.



Uyga vazifa: “Sog‘lom bo’lish sirlari” mavzusida matn tuzing. Unda gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra turlaridan foydalaning.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling