Mavzu: G'arbiy yevropa mamlakatlarida "Ma'rifatli absolyutizm" tuzimi vauning amaliy ko'rinishi Reja: G’arbiy yevropa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha guruhlanishi va integratsiya jarayonlari


Download 16.08 Kb.
bet1/2
Sana04.05.2023
Hajmi16.08 Kb.
#1425604
  1   2
Bog'liq
6 ts



Mavzu: G'arbiy yevropa mamlakatlarida "Ma'rifatli absolyutizm" tuzimi vauning amaliy ko'rinishi
Reja:
1. G’arbiy yevropa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha guruhlanishi va integratsiya jarayonlari.
2. Yevropa ittifoqi iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendentsiyalari.
3. Evropa ittifoqi iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’siri va undan chiqish yo’llari.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha guruhlanishi va integratsiya jarayonlari Jahon iqtisodiyotida XX asr o’rtalariga qadar yevropa yetakchilik rolini egallab kelgan bo’lsa, Ikkinchi jahon urushining salbiy oqibatlari tufayli iqtisodiy salohiyat jihatdan AQSHdan ancha ortda qola boshladi. yevropaning qayta tiklanishi va rivojlanishinish asosiy kuchi sifatida bozor, xususiy tadbirkorlik, raqobat, davlat boqaruvi asosidagi o’zaro biri bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni kuzatish mumkin
G’arbiy yevropa 24 ta mamlakatni qamrab oladi va bu mamlakatlarni hududining kattaligi jihatdan quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin: yirik mamlakatlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya Ispaniya, Italiya, SHvetsiya, Finlandiya, Norvegiya; o’rta mamlakatlar Islandiya, Gretsiya, Portugaliya, Irlandiya, Avstriya; kichik mamlakatlar Daniya, Belgiya, Niderlandiya, SHveytsariya; juda kichik "qo’g’irchoq" mamlakatlar Lyuksemburg, Lix tenshteyn, Malta, Andorra, San Marino, Monako, Vatikan.


G’arbiy yevropa yagona iqtisodiy hudud sifatida jahon xo’jaligida sanoat va qishloq xo’jaligi, tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin valyuta zahirasi va halqaro turizmning rivojlanganlik darajasi bo’yicha yetakchi o’rinda turadi. G’arbiy yevropa halqaro mehnat taqsimotida sanoati (mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika) rivojlangan hudud sifatida tan olingan. XX asr boshiga kelib G’arbiy yevropa halqaro mehnat taqsimotida ofis jihozlari, aniq mexanika, optika, telekommunikatsiya, aloqa vositalari kabi tarmoqlar bo’yicha mustahkam o’rin egalladi.
Evropa iqtisodiyotining global raqobatbardoshligini ta’minlab beruvchi tarmoqlar quyidagilar xisoblanadi: a) an’anaviy tarmoqlar: avtomobilsozlik Germaniya, Frantsiya; aviatsiya sanoati Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya; tekstil sanoati – Italiya, Frantsiya. b) yangi tarmoqlar: dasturiy ta’minot Germaniya, Belgiya, Gollandiya; raqamli televideniya – Frantsiya, Germaniya; mobil aloqa SHvetsiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya.
G’arbiy yevropada integratsion jarayonlar 1950 yilda (1952 yildan yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi) Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg tomonidan erkin savdo hududini tashkil etishdan boshlandi. Ushbu mamlakatlar 1957 yilda Rim iqtisodiy hamkorlik shartnomasini imzolashdi. 1958 yili G’arbiy yevropada "Evroatom" birlashmasi tashkil qilindi. Rim shartnomasini imzolagan mamlakatlar yevropa hamkorligi yoki umumiy bozor mamlakatlari, deb atala boshlandi
Valyuta Ittifoqini shakllantirish 1999 yilda tashkil qilingan yevropa valyuta tizimiga (EVT) asoslanadi. Ye. VTga a’zo bo’lish uchun da’vogar mamlakatlar iqtisodiyoti quyidagi Maastrixt kelishuvi mezonlariga javob berishi zarur bo’ladi: davlat byudjeta kamomadi YAIMga nisbatan 3% dan oshmasligi; davlat obligatsiyalari bo’yicha uzoq muddatli foiz stavkalarining inflyatsiya darajasi eng past mamlakatlardagi tegishli stavkalardan 2% ga oshmasligi zarur. inflyatsiya darajasi birinchi uchta mamlakatdagi o’rtacha darajadan 1, 5% ga oshmasligi lozim; davlat tashqi qarzi YAIMga nisbatan 60% dan oshmasligi; kamida ikki yil valyuta kurslari mexanizmida qatnashishi va milliy valyuta kursini shu chegarada ushlab turish
Valyuta ittifoqini tartibga solish tamoyillari Rim kelishuvida ishlab chiqilgan. 1993 yilda Maastrixt shartnomasi imzolangandan keyin ittifoq mamlakatlari 1999 yil 1 yanvardan valyuta ittifoqini tashkil etish majburiyatini olishdi. SHu kundan boshlab yevro jahon moliya bozorlariga o’sha vaqtdagi ye. Ining 15 ta mamlakatidan 11 tasining xisob kitob valyutasi sifatida taqdim etildi, 2002 yil 1 yanvardan boshlab esa yevro hududidga kiruvchi 12 ta mamlakat pul birligi sifatida muomalaga kiritildi. yevro ye. VTda 1979 1998 yillarda foydalanilgan ye. I valyuta birligi e. KYUning o’rniga joriy etildi va hozirda ye. Ining 17 ta mamlakati yevro hududiga kiradi.
Yevropa Ittifoqida immigratsiya muammolari So’nggi paytlarda dunyo hamjamiyatida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyatning yangicha ko’rinish kasb etishi bir qator jarayonlarning aktuallashuviga olib keldi. Ushbu holat bevosita globalizatsiya natijasi bo’lib, xalqaro immigratsiya masalalari ushbu jarayonning ajralmas qismlaridan biri sanaladi. Immigratsiya nafaqat ma’lum mamlaktlarni balki, butun bir mintaqani qamrab olayotgani hech kimga sir emas. Yevropa mintaqasida globalizatsiyaning jadal sur’atlari natijasida vujudga kelgan yirik integratsion uyushma Yevropa Ittifoqi ham ushbu jarayonlardan holi emas. 27 davlatni birlashtirib turgan ushbu Ittifoqda migratsiya, emmigratsiya, immigratsiya masalalari eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Yevropa Ittifoqida ayniqsa immigratsiya masalalarini tartibga solish uchun migratsion siyosat ishlab chiqilgan. Ushbu siyosat zamirida mamlakatlar tomonidan davlat hududiga chet el fuqarolarining kirish va chiqish holatlari yuzasidan nazorat o’rnatish, ishlash uchun yoki siyosiy boshpana izlab kelgan fuqarolarga mamlakat hududida ma’lum muddatga yoki butunlay istiqomat qilishlari uchun shart sharoitlar yaratib berish masalalari ko’zda tutilgan.

Download 16.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling