Mavzu. Gaz taqsimlash quvurlarda avariyalar sabablari. Reja
Download 26.09 Kb.
|
24 mavzu
7.5.13-rasm. MГ gruntlash va MИAБ izolatsiyalash mashinalari ishpaytida. Barcha vaziyatlar uchun to‘g‘ri keladigan ideal qoplamalar hozirgi kunda mavjud emas.Agar loyiha noqulay ob-havo sharoitlarida yomg‘ir paytida, namlik yuqori bo‘lganda, shudring nuqtasi va hokazo sharoitlarda amalga oshirilsa, loyihaning bajarilish sifatiga sezilarli darajada putur yetishi mumkin.
Eski izolatsiyani yuqori bosim ostidagi suv bilan olib tashlashni diqqat bilan amalga oshirish izolatsiyaning quvur yuzasidan mutlaqo to‘liq holda olib tashlanishini ta’minlaydi. Yaxshilab tozalangan quvur uning yuzasi holatini mos ravishda inspeksiyalash imkonini beradi. Yuzani abraziv ishlov berish bilan tayyorlash operatsiyasini boshlashdan oldin har doim qurshab turuvchi muhitning namligi o‘lchanadi, shudring nuqtasi va quvurning po‘lat yuzasining harorati aniqlanadi. Abraziv ishlov berish bilan tozalash jarayonida namlik yuqori bo‘lgan sharoitlarda nam yuzada o‘tkazilmasligi lozim, aks holda quvurda darhol zang paydo bo‘ladi, yangi qoplamani oplashdan oldin uni yo‘qotish talab qilinadi. Quvur yuzasini tayyorlash darajasi va profil chuqurligi yangi qoplamani qoplashda asosiy parametrlar bo‘lganligi sababli, bu parametrlar abraziv ishlov berishdan keyin o‘lchanadi. Yangidan qoplangan qoplamaning bir jinsliligi va qalinligini tekshirish uchun maxsus o‘lchashlar o‘tkaziladi: endigina qoplangan qoplamaning va qurigan qoplamaning qalinligi o‘lchanadi Eski izolatsiyani olib tashlash, quvurning holatini inspeksiyalash, nuqsonlarni ta’mirlash, quvur yuzasini tayyorlash va yangi qoplamani qoplash ishlari amalga oshirilgandan keyin quvurlar tarmog‘i qaytadan transheyaga yotqizish uchun tayyor bo‘ladi. Quvurlar tarmog‘i quvur yotqizish texnikasi bilan ushlab turiladi va qoplamaning yaxlitligini tekshirish bo‘yicha yakunlovchi inspeksiyalash o‘tkaziladi. Yotqizish tugallangandan keyin transheya ko‘miladi va trassa avvalgi ko‘rinishga keltiriladi. So‘ngra tizimning yaxlitligini tekshirish uchun gidrostatik sinovlar o‘tkaziladi. Sinovlar tugallangandan keyin quvurlar tarmog‘i qaytadan ekspluatatsiyaga kiritiladi. Ta’mirdan chiqarilgan quvurlar tarmog‘i tizimining butunligi endigina ekspluatatsiya qilish uchun topshirilgan yangi quvurlar tarmog‘i bilan teng deb hisoblanadi. Download 26.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling