Mavzu. Gaz taqsimlash quvurlarda o‘rnatilgan jihoz va uskunalarga xizmat ko‘rsatish


Download 16.33 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi16.33 Kb.
#1227038
Bog'liq
22 mavzu


Mavzu. Gaz taqsimlash quvurlarda o‘rnatilgan jihoz va uskunalarga xizmat ko‘rsatish
Reja:
1. Kirish
2. Kapital qurilishni boshqaruvini tashkil qilish
3. Qurilish sohasini boshqarilishi


Kapital qurilishni boshqarishni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Qurilishni boshqarish umumiy iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan umumiy boshqaruv tamoyillariga asoslanadi.
Shu bilan bir vaqtda, moddiy ishlab chiqarishning mustaqil sohasi sifatida qurilish boshqaruv organlari tizimining tuzib chiqilishi va funksiya bajarishida o‘ziga xos xususiyatlarga, shuningdek, qurilish ishlarini tashkil qilishning o‘ziga xos huquqiy shakllariga (pudratchilik va xo‘jalik usullari) ega hisoblanadi.
Qurilish xalq xo‘jaligining barcha sohalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik qurilish ob’yektlarining o‘z belgi - xususiyatlariga va mo‘ljallanilishiga ko‘ra, qurilishning bir qator kenja(nim) sohalarga - ya’ni turar-joylar, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, quvur o‘tkazmalari, melioratsiya va shu kabi ko‘rinishdagi sohalarga bo‘linishini belgilab beradi. Bu ko‘rinishdagi o‘zgarishlar qurilishni boshqarish organlarini qisman tashkil qilib, tuzib chiqilishiga mos keladi, bunda ob'yektning belgilari bo‘yicha alohida qurilish tashkilotlarining ixtisoslashtirilishi kelib chiqadi. Qurilish sohasi hududiy belgilariga ko‘ra guruhlanuvchi ko‘p sonli tashkilotlar, korxonalar va xo‘jaliklardan iborat.
Shunday qilib, qurilish boshqarish organlarining tuzib chiqilishi uchun hududiy va sohaga oid tamoyillar birligidan foydalanish kerak bo‘lib, bu holat qurilish tashkilotlarini boshqarilishini shakllantirishda hududiy darajalar bilan yuqori darajalarning birlashtirilishi hisobga olinadi. Shu bilan birga, qurilish tashkilotlarida tuzilishning texnologik tamoyillari ham o‘z o‘rniga ega.
Qurilish sohasining boshqarilishi bir nechta boshqarish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish va turar-joy kommunal xojaligi bo‘yicha Respublika miqyosidagi agentlik O‘zR VMga bo‘ysunadi va ijro hokimiyatining organi hisoblanib, qurilish sohasida mol-mulkni boshqarish, davlat tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi va TSJlar tizimida davlat siyosatini yuritish funsiyasini bajaradi. Davlat xizmatlari tushunchasi axborot berishga oid, maslahat berish va injiniring xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini belgilaydi.
Standartlash va metrologiya bo‘yicha agentligi loyihalash, qurilish va undan foydalanish me’yoriy hujjatlarini tasdiqlashni amalga oshiradi.
Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi (Davarxitektqurilish) qurilishda me’yoriy hujjatlarning yangi tizimi ishlab chiqilishini ya’ni texnik reglamentlar va milliy standartlarni respublika miqyosida ishlab chiqilishini boshqaradi.
Bu barcha organlar qurilishga bilvosita iqtisodiy va huquqiy richaglar vositasida ta’sir ko‘rsatadi va alohida tashkilotlarning tezkor - taqsimot tavsifidagi faoliyatiga aralashmaydi, biroq u me’yoriy hujjatlari, qarorlar, qurilishning barcha ishtirokchilari uchun majburiy hisoblangan ko‘rsatmalar va qo‘llanmalar doirasida o‘rnatilgan huquqiy vakolatlari chegarasida, idoralarga bo‘ysunishdan mustaqil va xususiy mansublikdan erkin holda funksiya bajarishi belgilangan.
Download 16.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling